Ilmiy ish asoslari Muminova a o


Download 0.5 Mb.
Sana02.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1146417
Bog'liq
Ilmiy ish asoslari 6 mavzu

Ilmiy ish asoslari

Muminova a.o.

Ilmiy ishga mavzu tanlash va reja tuzish

  • Reja:
  • Tadqiqot mavzusini ilmiy rahbar tomonidan tanlanishi
  • Tadqiqot mavzusini mustaqil tanlash

Tayanch so’z va iboralar:


Har qanday ilmiy tadqiqot ishini o‘tkazish uchun ma’lum bir tartibda ish olib borish kerak bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishning umumiy sxemasi esa quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
1. Mavzuni tanlash va uning dolzarbligini asoslash;
2. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash;
3. Tadqiqotning obekti va predmetini aniqlash;
4. Tadqiqot o‘tkazish uchun tegishli metodlarni tanlash yoki bunday metodlarni ishlab chiqish;
5. Tadqiqot jarayonini o‘tkazish va uni tavsiflash;
6. Tadqiqot natijalarini tahlil qilish (muhokama qilish);
7.Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish.
Tadqiqot mavzusini tanlashda yondashuv
Taklif etilgan mavzuni tanlash qanday amalga oshiriladi?
Bunda ikkita imkoniyat mavjud: birinchisi – ilmiy rahbar yoki kafedra taklif etgan mavzulardan birini tanlash, ikkinchisi – mustaqil tarzda o‘z ilmiy qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tanlash.
Tanlashning birinchi varianti doirasida sizga taklif etilgan mavzularning nomini quyidagi reja asosida tahlil qilish lozim:
• Mavzu nomidagi barcha so‘zlarni atama va atama bo‘lmagan so‘zlarga ajratish;
• Darslik, lug‘at, entsiklopediya, ma’lumotnoma, ilmiy manbalardan foydalangan holda mavzu nomidagi atama bo‘lgan va sizga noma’lum bo‘lgan unsurlarning ma’nosini aniqlash;
• Mavzu nomidagi tayanch tushunchalarni bog‘lovchi munosabatlarni aniqlash;
• Mavzu nomining tarkibida tayanch, asosiy so‘zlarni topish;
• Mavzuning umumiy ma’nosini aniqlash.
Маvzu tanlashda ilmiy ishning barcha turlariga o’ta mas’uliyat bilan yondashish zarur, chunki bajariladigan ishning samarali yakunlanishi ko’p jihatdan mavzuning tog’ri tanlanganiga bog’liq. Mavzuni ko’pincha o’qituvchi tavsiya qiladi. Bu – tabiiy chunki, o’qituvchi ayniqsa, ko’p yillik ilmiy-pedagogik tajribasi bor o’qituvchi o’zi ilmiy tadqiqot olib borayotgan sohaning yutuq va kamchiliklarini yaxshi biladi, shundan kelib chiqib o’z shogirdiga ijobiy natija bilan yakunlanadigan mavzu tavsiya qila oladi. Mavzu tanlashda shogird ham tashabbus ko’rsatishi mumkin.
маshg’ulotlari, shu munosabat bilan o’qib-o’rgangan ilmiy-metodik adabiyotlari talabada ma’lum bir sohaga alohida qiziqish uyg’otgan bo’lishi mumkin. Аnа shunday talaba ma’lum bir mavzu bo’yicha ilmiy ish bajarish istagini bildirsa, bu istakni albatta qo’llab-quvvatlash darkor. Sharti shuki, mavzu to’g’ri, o’z imkoniyati darajasida tanlagan bo’lishi lozim.
Univarsistetda tinglagan ma’ruzalari, bajargan amaliy
O’qituvchi shogirdiga mavzu tavsiya qilishda ushbu mavzuning o’rganilish darajasi haqida, qanday masalalar ozmi-ko’pmi hal etilganu, qanday masalalar o’z yechimini kutayotgani, bu mavzuni bajarish jarayonida duch kelinishi mukin bo’lgan qiyinchiliklar haqida tushuncha berishi lozim shu bilan, rahbar talabaning mavzuni to’g’ri tushunib tanlashiga ko’maklashgan bo’ladi.
Таlaba o’qish davomida qaysi kafedraga biriktirilgan bo’lsa, shu kafedrada tavsiya etish uchun tayyorlangan mavzular ro’yxati bilan tanishib, ulardan birini tanlashi ma’qul. Shu yo’l bilan talaba kafedraning ilmiy tadqiqot yo’nalishiga bog’lanadi, keyinchalik shu aloqani yildan-yilga chuqurlashtirib borishi mumkin. Talaba qaysi kafedraga biriktirilgan bo’lsa, uning ilmiy ishiga shu kafedraning o’qituvchisi rahbarlik qiladi, demak, mavzu kafedraning a’zolari bajaradigan ilmiy yo’nalish bo’yicha tavsiya qilinadi.
Маvzular tilshunoslikning turli sohalari, bo’limlari bo’yicha belgilanadi. O’zbek tilshunosligining yetakchi sohasi hozirgi adabiy o’zbek tilini o’rganish bo’lib, mavzularning ko’pi shu soha bo’yicha tavsiya qilinadi. Таlabaning o’zi ham ko’pincha hozirgi adabiy o’zbek tilini o’rganishga qiziqadi. Talaba o’qish davomida hozirgi adabiy o’zbek tilining tovush tizimi, lug’at boyligi, grammatik qurilishi bo’yicha dastlabki zarur ma’lumotlarni o’quv fanlarini o’zlashtirish jarayonida oladi, bu o’quv fanlaridagi turli-tuman mavzular bilan tanishadi. Talaba ilmiy ishi uchun ana shu tanish mavzulardan birini tanlaydi, uni ilmiy ish darajasida yoritishga harakat qiladi.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, bajarilgan ishning ilmiylik darajasi sahifalarning miqdoriga qarab emas, mazmuniga qarab belgilanadi. Ba’zan yuz sahifadan iborat asarni o’qib, birorta yangi fikr topmaslik, aksincha, bir-ikki sahifadan iborat maqolada yangi fikr aytilganining guvohi bo’lish mumkin. Demak, birinchi galda mazmun uchun kurashish kerak. Bundan qat’iy nazar, kurs ishi 25, diplom ishi 50 sahifa, magistrlik dissertatsiyasi 80 sahifa atrofida bo’lishi lozim.
Таlabaga dastlab, kichik-kichik mavzular tavsiya qilinib, kursdan-kursga bu mavzuni kengaytirib, yiriklashtirib borish ma’qul. Shu yo’l bilan talabaga istiqbolli mavzu berishga erishiladi. Agar mavzu uni kelgusida kengaytirish imkoniyatini hisobga olib tanlangan bo’lsa, bitiruv ishi mavzusi magistrlik dissertatsiyasi darajasiga ko’tariladi.
Ilmiy tadqiqot mavzusining o’ta keng, yoki o’ta umumiy bo’lishi qoralanadi. Tanlangan mavzu imkon qadar aniq maqsadli bo’lishi kerak. Маvzuni bajarishdan kutiladigan natija iloji boricha mavzuning nomlanishida o’z aksini topgani ma’qul. Dastlab ilmiy ishning nomi nisbatan shartli belgilanadi. Таlaba mavzuga chuqur kirib borganidan keyingina mavzuning nomi qat’iy tus oladi. Mavzu hajman o’ta tor bo’lmasligi ham kerak. Agarda mavzu tor bo’lsa, talaba yetarli darajada faktik material to’plashda qiynaladi.
Хullas, mavzu tanlashda talaba, mavzu tavsiya qilishda ilmiy rahbar har tomonlama chuqur o’ylab, ish tutishi kerak, chunki olib boriladigan tadqiqotning samarali yakunlanishi avvalo mavzuning to’g’ri tanlanganligiga bog’liq.
Ikkinchi variant doirasida, tadqiqotchi o‘zida mavjud bo‘lgan tadqiqotlar tajribasi va bilimlar zahirasiga tayanadi. Shu bilan birga unga yuqorida so‘z yuritilgan manbalar ham yordam beradi. Bundan tashqari yirik ilmiy tadqiqot markazlari (masalan, fanlar akademiyasi, universitet va h.k.) ning yetakchi mutaxassislari tomonidan yaratilgan alohida ishlar ko‘rinishidagi ilm-fan yutuqlarining alohida tahliliy sharhlari yordam beradi. Odatda, bu ishlar yechilmagan, hal qilinmagan ilmiy muammolarning ro‘yxati va istiqbolli mavzularni ko‘rsatish bilan yakunlanadi.
Mavzuni mustaqil tarzda tanlash ekspeditsiyalarda (masalan, shevashunoslik, folklor) to‘plangan materiallarni umumlashtirish zaruriyati hamda ilk bor topilgan manbalar (masalan, qadimgi qo‘lyozmalar matni)ni ilmiy tasvirlash, ilmiy muomalada bo‘lgan g‘oyani tasdiqlash yoki rad etish zaruriyati bilan belgilanishi mumkin. Tadqiqot mavzusi qanday sabablarga ko‘ra tanlanmasin, u ilmiy adabiyotlarni o‘rganish bilan uzluksiz bog‘liqdir.

Adabiyotlar:

  • 1. Sodiqova SH. Ilmiy ish asoslari. – T., 2016.
  • 2. Saparniyozova M., Ahmedova N. Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar. – T., 2013.
  • 3. Boqiyeva G.H., Mahkamova G.T., Ahmedova L.T., Qo‘ldoshev A.M. Bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash metodikasi. –T., 2006.
  • 4. Yusupova SH.B. Ilmiy izlanish asoslari (OO‘YU filolog talabalari uchun uslubiy qo‘llanma). – T., 2016.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling