Ilmiy ishga taqriz namunasini yozish
Download 43.5 Kb.
|
Ilmiy ishga taqriz namunasini yozish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati
Ilmiy ishga taqriz namunasini yozish 022-5-guruh talabasi Narzullayeva Dildora Arslon qizi Annotatsiya: Ushbu maqolada oldingi olib borilgan izlanishlarni organib, taqriz namunasini tuzish boyicha izlanishlar olib bordim. Taqriz o’z ichiga tadqiqot ishi, darslik va oquv metodik qollanmalarni oladi. Taqrizlarni yigib bolgach, ularni qayta ishlash va malumotlarni tahlil qilish boshlanadi. Abstract: In this article, I organized the previous researches and carried out the researches to create a review sample. The review includes research work, textbooks and educational methodical manuals. After collecting reviews, their processing and data analysis begins. Аннотация: В этой статье я организовал предыдущие исследования и провел исследования для создания обзорной выборки. В рецензию включены научно-исследовательские работы, учебники и учебно-методические пособия. После сбора отзывов начинается их обработка и анализ данных. Kalit sozlar: bibliografika, rukn, reportaj. Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki taqriz ham boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki T.ga beriladi, biroq, bu Taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U taqriz ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz tadqiqot ishi, darslik va oquv-metodik qollanmalarga beriladigan taqidiy baho bolib, unda mazkur ishning dolzarbligi va zarurati, ishning mazmuni meyoriy hujjatlar talablariga mosligi, muallif erishgan yutuqlar, qollangan yangi metodlar va texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va savodxonlik darajasi tahlil qilinadi, Bunda, albatta, taqrizchi shu soha mutaxassisi bolishi va subektivlikka yol qoymasligi kerak. Taqrizning xarakteriga koʻra xilma-xilligi. Kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqriz larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi taqrizda taqrizchi oʻz fikr-tuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. Taqriz tili. Taqrizning tili va uslubi boshqa janrlardan alohida ajralib turmaydi. Lekin taqriz qilinayotgan asar haqida, uning yutuq va kamchiliklari qay darajada koʻrsatilishidan qatʼi nazar, neytral til vositalaridan tashqari, obrazli, mazmunli, taʼsirchan-ekspressiv buyokdor til vositalaridan ham foydalanilgan holda fikr yuritiladi. Taqriz rukni. Taqrizlarning aksariyat qismida rukn vazifasini „taqriz“ soʻzining oʻzi bajaradi. Taqrizning leksik va grammatik xususiyatlari. Taqrizda uning biror soha yoki kitob, spektakl, kino, jurnallarga bagʻishlanganligiga qarab til vositalaridan turlicha foydalaniladi. Bu, albatta, muallifning asarga boʻlgan munosabatidan ham kelib chiqadi. Taqrizning yana bir harakterli xususiyati, unda kirish soʻz va birikmalarining qoʻllanilishidir. Masalan, „Nazarimda, ayrim yosh ijodkorlar mutolaa, adabiy savod masalasida ham gʻaribroqday. Zotan, sirdaryolik yosh ijodkor Dilmurod Doʻst nazarda tutgan — „quyib qoʻygandek oʻziga oʻxshagan“ sheʼr yozish uchun isteʼdodning oʻzi kamlik qiladi („OʻzA sayti“). Yana bir harakterli holat shuki, Taqrizda taʼkid-munozara tarzida soʻroq gaplardan ham foydalaniladi: „Ikkita qushlar“ degani nima? Sonning oʻzi koʻplikni bildirmaydimi?“ („OʻzA sayti“). Taqrizda ishlatilgan bir necha soʻroq va undov gaplar ham uning taʼsirchan yozilishiga maʼlum darajada hissa qoʻshadi. Ular materialning oʻqilishli qilishga yordam beradi, gazetxonni mulohaza yuritishga undaydi: „…baʼzan ishqiy izhor kimga qaratilgani mavhum, qizgami, yigitgami? Hatto Yaratganga ham murojaat bir xil. Shundan ehtiyot boʻlish kerak emas mi?“ („OʻzA sayti“). Taqrizlarning tili maqola, xabar, reportaj kabilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Chunki ularda ham, taqrizda ham neytral til vositalarining qoʻllanilishi koʻproq koʻzga tashlanadi. Lekin farqli tomoni shundaki, Taqriz da ifodalilikni oshiruvchi til vositalari juda kam qoʻllaniladi. Maqola, reportaj kabilarda ekspressivlikni ifodalash imkoniyatlari birmuncha kengroq, taqrizda esa iboralar, oʻxshatish, metaforalar, baʼzan soʻroq gaplar, ayrim grammatik shakllar ekspressivlikni ifodalashda maʼlum darajada rol o’ynaydi. Frazeologizmlar, xalq maqollari taqrizlarda deyarli ishlatilmasligini ham qayd etish mumkin. Shu bilan birga, soʻnggi yillar mobaynida taqrizlarning tilida taʼ sirchanlikni oshiruvchi vositalar avvalgiga qaraganda koʻproq uchrayotganini ham inkor etib boʻlmaydi. Oʻzbek adabiyotida taqrizchilik. Oʻzbek adabiyotida taqriz 20-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N.Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Sodiqova Sh. Ilmiy ish asoslari. – Toshkent, 2016. 2. Saparniyozova M., Ahmedova N. Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar. – T., 2013. 3. Boqiyeva G.H., Mahkamova G.T., Ahmedova L.T., Qo‘ldoshev A.M. Bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash metodikasi. –T., 2006. Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling