Ilmiy izlanish asoslari


Download 0.89 Mb.
bet1/55
Sana30.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1414597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Ilmiy izlanish asoslari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi

J.M.Qurbonov, Z.E.Mamarasulov


ILMIY IZLANISH ASOSLARI
fanidan

MA’RUZALAR MATNI


Oliy ta’limning


Iqtisodiyot, turizm va xizmatlar sohasi yo‘nalishidagi bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan

Samarqand – 2013


Tuzuvchilar:
J.M.Qurbonov – SamISI «Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni
tashkil etish» kafedrasi mudiri, t.f.d., professor
Z.E.Mamarasulov – SamISI «Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
R.Ibodov – Samarqand Davlat universiteti kafedrasi mudiri, f-m.f.d, professor
J.S.Fayziyev – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti, t.f.n.
«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi yig‘ilishi, № 6 son bayoni bilan tasdiqlangan. 2013 yil 30 yanvar.
Institut o‘quv-uslubiy Kengashi №7-sonli bayoni bilan tasdiqlangan, 13 fevral 2013 yil.
Annotatsiya
Ushbu ma’ruzalar matnida ilmiy izlanishlar asoslarini tashkil etuvchi manba’lar, nazariy va amaliy bilim ma’lumotlari, talabalarning ilmiy izlanishda qatnashishiga da’vat etuvchi va ilmiy hujjatlarni to‘g‘ri olib borish yo‘l-yo‘riqlari, ixtiro tushunchalari, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Ma’ruzalar matni iqtisodiyot, turizm va xizmatlar sohasi ta’lim yo‘nalishidagi bakalavriatura talabalari va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

KIRISH


Yurtimizning mustaqillik yillarida ta’lim tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko‘tarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston hukumati ta’limga islohotlarning barcha bosqichlari uchun ham ustuvor soha deb qarab kelmoqda. Ta’limning bosh bo‘g‘ini, bu fan va uning doimiy rivojlanishidir. Shuning uchun ham, Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismida: fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
Shuning uchun xozirgi ilmiy-texnikaviy jadal rivojlanish davrida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy axborotlarning intensiv ravishda ko‘payib borishi, turli fanlardagi bilimlarning o‘zgarib, yangilanib borish sharoitida, zamonaviy texnologiyalarning barcha sohalarga kirib borish vaqtida, oliy o‘quv yurtida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ayniqsa, ularning mustaqil ravishda har bir ishda ilmiy-ijodiy yondashishlari, olingan yangiliklarni tadbiq eta bilishlari talab etiladi.
“Ilmiy izlanish asoslari” fanining bakalavriatura o‘quv dasturiga kirgizilib o‘qitilishining asosiy maqsadi, talabalarni dastlabki oliy o‘quv yurtidagi taxsil vaqtidan ilmiy izlanish ishlariga jalb etish, uning natijalarini amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil ishlovchi mutaxassislarni tarbiyalashdir.
“Ilmiy izlanish asoslari” fanining bo‘lajak bakalavrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni shundan iboratki, bunda talabalar ilmiy izlanish asoslari haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirib, tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, ilmiy izlanish va tajriba ishlarini tashkil etish va bajarish uslubiy qo‘llanmalariga ega bo‘ladilar, ilmiy izlanish asoslari metodologiyasi, ijodkorlik ilmiy asosini o‘rganish bilan birga, o‘zlarining ijodiy o‘ylovlarini aktivlashtiradilar va har bir masalada erkin ilmiy munosabatda bo‘lishga o‘rganadilar. Shu bilan birga, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tushunchalari asoslari, mualliflik haq-huquqi,
O‘zbekiston Respublikasi sanoat mulkchiligi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi va chet el ilmiy izlanish tashkilotlari strukturasi va boshqalar bilan tanishib nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
Talabalar bo‘lajak oliy o‘quv yurtidagi tahsili vaqtida o‘quv rejasidagi fanlardan kurs ishlari (loyihalari), ilmiy referatlar, ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar, bitiruv malakaviy ishning bajarilishi qoidalari, ularning rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablar bilan tanishadilar.
Ushbu fanning, boshqa fanlardan farqli o‘qitilishi shundaki, bunda ma’ruzalar barcha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir xil uslubda o‘qitilsada, ammo amaliy, seminar mashg‘ulotlar institutning shu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maxsus kafedralarida, alohida-alohida o‘qitiladi. Chunki talabalar, tahsilning birinchi kunlaridan maxsus kafedralar bilan tanishib, ularning ilmiy mavzularining bajarilishlarida qo‘shilib borishlari kerak va dastlabki o‘quv yilida, kelgusida bajariladigan ilmiy bitiruv malakaviy ishlarini tanlashlari kerak. Ayniqsa, ularning talabalar, ilmiy izlanish jamiyatida konstruktorlik byurosida, turli xil institutdagi ilmiy anjumanlarga va seminarlarga, ilmiy to‘garaklarda faol qatnashishlari talab qilinadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling