Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Download 462.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda sodir bo„layotgan bugungi jadal ilmiy-texnik taraqqiyot ta‟lim jarayonida yangilikka bo„lgan ehtiyojni va ta‟limni modernizatsiyalash hamda zamonaviy ta‟limni joriy etish zaruriyatini yaratdi. Turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, Janubiy-Sharqiy Osiyo ta‟lim vazirlari tashkiloti (SEAMEO), ta‟limda aniq va tabiiy fanlarni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o„qitish orqali rivojlantirish hamda foydalanish salohiyatini yuksaltirish, shu orqali barcha sohalarda raqamli iqtisodiyot talab qilayotgan zamonaviy raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga egaligini ilgari surishmoqda. Xususan, pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida fizika fanining amaliy jihatlariga ustuvorlik berish asosida o„qitish bo„lajak o„qituvchilarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish, YUNESKO tomonidan “ta‟lim konsepsiyasini hayot davomida amalga oshirish” tamoyillari alohida ahamiyat kasb etadi. Jahonda oliy ta‟lim sifatini yaxshilash, tabiiy-gumanitar integratsiyalarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni chuqur tadqiq etish, fan va raqamli texnologiyalar sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ta‟lim tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o„rtasidagi aloqalarni izchil kengaytirish bo„yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta‟lim muhitida o„z-o„zini ish bilan ta‟minlash va ijodkorlik, turli xil bilim va innovatsiyalarni o„rganish va mustahkamlash, talaba shaxsini rivojlantirish, ijodiy izlanish va talabalar bilan birgalikdagi ishlarni tashkil qilishni qo„llab-quvvatlash bo„yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e‟tibor berilmoqda. Shu bois pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida talabalarining zaruriy kasbiy ko„nikmalarini shakllantirish orqali didaktik tamoyillarini boyitish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Respublikamizda oliy ta‟lim muassasalarida ta‟lim sifatini tubdan takomillashtirish, talabalarning fanlarni o„zlashtirishlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalar orqali rivojlantirishning me‟yoriy asoslari yaratilmoqda. “Mamlakatimizda ta‟lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko„tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg„or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo„lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish, sohada ta‟lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg„unligini ta‟minlash orqali ta‟lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish” 1 ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa talabalarda fizika bo„yicha maxsus va metakompetentlikni rivojlantirishda aniq fanlarning imkoniyatlarini kengaytirish, refleksiv pedagogik usullar vositasida fanga oid tayanch kompetentlikni rivojlantirishning mazmuni va imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 1 O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta‟lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-4623-son qarori // Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi. – T., 2020. – 28 fevral. 6 O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O„zbekiston Respublikasi oliy ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida” farmoni, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta‟lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”, 2018-yil 5- iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta‟lim muassasalarida ta‟lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‟minlash bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”, 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son “Fizika sohasidagi ta‟lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‟yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta‟minlashda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 462.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling