Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Download 462.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. qo„llanilgan yondoshuv, usullar va
nazariy malumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjuman materiallari, O„zbekiston Respublikasi Oliy ta‟lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ro„yxatiga kiritilgan va boshqa xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, tajriba-sinov ishlarining tahlili, yaratilgan o„quv va o„quv-uslubiy hamda elektron qo„llanmalar asosida mashg„ulotlarni olib borish metodikasi amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati axborot kommunikatsion texnologiyalar orqali fizika ta‟limining yangi mazmuni yaratilganligi, uning asosida talabalar o„zlashtirish darajasi natijalarini baholash hamda pedagogik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo„llarining ilmiy jihatdan asoslanganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati fizika fanining o„quv-metodik ta‟minotining takomillashtirilganligi, fizikaning takomillashtirilgan mazmuni asosida yaratilgan o„quv va o„quv-uslubiy hamda elektron qo„llanmalar yaratilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanishning tashkiliy- metodik aspektlari ta‟lim vositalari integrasiyasiga asoslangan variativ yondashuvlarni fizik ma‟lumotlarni idrok etishga yo„naltirilgan muhitda differensial bosqichlarda qo„llashga oid taklif va tavsiyalardan PPI/APM/2019/1/00004 - raqamli «3D Digital Silk road» mavzudagi Polsha Respublikasining Akademik almashinuvlar agentligi (NAWA) fondi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta‟minlashda foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2022 yil 5-noyabrdagi 04/2956-son ma‟lumotnomasi). Natijada, talabalarda fizika fanining Optika bo„limiga oid tushunchalarni o„zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan; fizika fanini o„qitishda elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish modeli yorug„lik sinishishini tasvirlashga oid akademik topshiriqlar bilan optik asboblarning asosiy elementlariga doir mavzularning differensial optimallashuvini barqaror ta‟minlashga qaratilgan tavsiyalaridan O„zbekiston Milliy universitetining 60530900- Fizika, 60531100-Astronomiya, 60531200-Tibbiyot fizikasi ta‟lim yo„nalishilari uchun “Umumiy fizikadan praktikum (Optika)” nomli o„quv qo„llanmasini yaratishda 9 foydalanilgan (O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug„iga asosan 233-0100-raqamli guvohnomasi). Natijada, optikaga oid mavzularni tushuntirishning metodik ta‟minoti boyitilgan va talabalarning dasturiy vositalarni o„zlashtirish samaradorligini oshirishga ko„maklashilgan; elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish asosida fizika o„qitish samaradorligini oshirish metodikasi fizik masalalarni tushunish va qisqa intervalda bajarilishini ta‟minlovchi ish turlarini talabalarning axborotli faoliyat trayektoriyasiga raqamli tahlil muhitida moslashuvchan takroriy intervalda qo„llashga oid tavsiyalaridan “Fizikadan amaliy mashg„ulotlar” nomli o„quv qo„llanmani yaratishda foydalanilgan (O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-077 raqamli guvohnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta‟lim muassasalari talabalarining dasturiy pedagogik vositalardan foydalanish bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan. Download 462.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling