Tajriba sinov ishlari samaradorligi va natijalari
Download 1,58 Mb.
|
3-bob tajriba sinov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba-sinov ishlari
- Tayyorgarlik bosqichi 2021-2022 o‘quv yilida o‘tkazilib, bu davrda quyidagi ishlar amalga oshirildi
- Ikkinchi bosqich - 2021-2022 o‘quv yilda quyidagilar amalga oshirildi
- Tadqiqotning uchinchi bosqichi - 2022-2023 o‘quv yilida
Pedagogik tajriba sinov ishlarining maqsadi ilmiy tadqiqotimizda ilgari surilgan farazimizning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini isbotlashdan iborat edi. Bu jarayonni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
Nazorat guruhlarida ta’lim jarayoni amaldagi o‘quv reja va dastur, o‘qitish metodikasiga binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, tajriba sinov guruhlarida biz taklif etgan faol ta’lim metodlaridan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Nazorat va tajriba sinov guruhlarining natijalari muntazam tahlil etildi va bir-biriga qiyoslanib, xulosa chiqarildi. Zarur bo‘lgan hollarda bu jarayonda bevosita ishtirok etuvchi o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar atroflicha muhokama etilib, o‘qitish metodikasiga o‘zgartirishlar kiritildi. O‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalari mavzuga doir amaliy masalalarni mustaqil holda ijodiy yechimini topishlarida, o‘rganilayotgan ob’ekt (predmet, jarayon, hodisa, shaxs)larning mohiyatini anglab, maqbul ravishda o‘z mulkiga aylantirish qobiliyatlari orqali aniqlandi. O‘quvchilarda shakllangan bilimlarning sifat ko‘rsatkichlarini baholashda ongli o‘zlashtirish, bilimlarni Davlat ta’lim standartlari doirasida tizimliligi va ulardan ijodiy foydalanish qobiliyati kabilar mezon sifatida foydalanildi. Buning uchun kirish va chiqish nazorat-sinovlaridan foydalanildi. Tajriba - sinov ishlarini olib borishda Qumqo’rg’on tumani 27 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 21 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Denov tumani 84 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari tajriba-sinov maydonchasi sifatida tanlanib ma’lum tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Tajriba-sinov jarayonida 3-4-sinf o‘quv fanlarini o‘qitish mazmuni, o‘rganish shart-sharoitlari, metodlari tanlanib, savol javob, pedagogik kuzatish natijalari, o‘quvchilarni bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari jamlandi. Tajribaviy metodik ishlanmalar, amaliy mashg‘ulot bayonnomalari, tarqatma didaktik materiallar va interfaol ta’lim metodidan foydalanish orqali olingan samaradorlikni yuqori bo‘lishi ham isbotlandi. Download 1,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling