Tajriba sinov ishlari samaradorligi va natijalari


Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va uning natijalarini asoslash


Download 1.58 Mb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1602882
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-bob tajriba sinov

3.2.

Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va uning natijalarini asoslash

Tashkiliy bosqichda Qumqo’rg’on tumani 27 sonli umumiy o‘rta ta’lim, Qumqo’rg’on tumani 21 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Denov tumani 84 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan 3-4-sinf o‘quv fanlarining o‘qitish jarayonida tutgan o‘rnini va darslarni tashkil etish maqsadida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari ochib berish mazmuniga mos ravishda dasturlar, qo‘llanmalar va darsliklarning tahlili va ulardan foydalanishdagi muammolarni aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari mazmuni asosida Qumqo’rg’on tumani 27 sonli umumiy o‘rta ta’lim, Qumqo’rg’on tumani 21 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Denov tumani 84 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari mazmuni asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘quv muassasasi Qumqo’rg’on tumani 27 sonli umumiy o‘rta ta’lim, Qumqo’rg’on tumani 21 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Denov tumani 84 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tanlab olindi.
O‘qitish texnologiyasining zamonaviy usullari va tamoyillariga doir tushunchalarni qanchalik bilishi haqida anketa savollari o‘tkazildi. Anketa savollarinining natijalariga ko‘ra bu o‘quv muassasasida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlari yetarli emasligi va ularni bilim darajasi deyarli bir xil ekanligi aniqlandi.
Bu bosqichda o‘qitish texnologiyasining zamonaviy usullaridan foydalangan holda o‘qitishni tashkil etish, yaratilgan metodik ishlanmalarni o‘quvchilarga samarali yetkazib berish kerakligi maqsad qilib qo‘yildi. Bu maqsadga erishish yo‘lida 5 ta dars ishlanmalari ishlab chiqildi. Shundan so‘ng tajriba sinov ishlarini o‘tkazish maqsadida Qumqo’rg’on tumani 27 sonli umumiy o‘rta ta’limning 2 ta guruhi (3 A sinf va 4 B sinf) tanlab olindi. Ularning biri tajriba guruhi, ikkinchisi nazorat guruhi sifatida qarab chiqildi.
Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichida tanlab olingan guruhlardan tajriba guruhida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari bo‘limiga doir mavzular bo‘yicha yaratilgan dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar asosida o‘qitish ishlari olib borildi.
Nazorat guruhida esa maktab o‘qituvchilarining tajribasi asosida ana’naviy dars mashg‘ulotlar olib borildi.
Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichidan ko‘zlangan maqsad – dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish va bilimlar berishdan iborat.
Taklif etilayotgan Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari ga doir o‘quvchilardan olingan nazorat mashg‘ulotlari va umumlashtiruvchi mashg‘ulotlarning natijalarini sifat va miqdor bo‘yicha tahlil qilindi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling