Aniqlash metodikasi


Download 187.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi187.83 Kb.
#1535150
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZORNI TADQIQ QILISH



BOZORNI TADQIQ QILISH 
YO‘NALISHLARI VA SIG‘IMINI 
ANIQLASH METODIKASI 
REJA 
1.Bozorni tadqiq qilish 
2. Bahoni o‘rganish
3.Sifat va bahoni o‘rganishning adekvat metodlari 
4.Sifatni o‘lchash jarayoni.
Kompaniyalar, firmalar, korxonalar tovarlarini samarali sotish 
imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, 
zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste‟molchilar talabini qondirish 
va yuqori foyda olishni ko„zlab, bozorni marketing nuqtayi nazaridan 
o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadilar. Bu maqsadni amalga 
oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni 
marketing nuqtayi nazaridan tadqiq qilishning vazifasi ishlab chiqarish 
va undan chiqadigan tovarlarning bozor va iste‟molchini yuqori 
talablariga moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, 
raqobatga 
bardoshli 
faoliyati 
asosida 
amalga 
oshishi 
kerak. 
Boshqarishning ma‟muriy-buyruqbozlik va tovarlarning markaziy 
ta‟minoti sharoitida bozorni o„rganish mohiyati o„z ma‟nosini yo„qotadi.
Erkin 
bozor 
munosabatlarining 
rivojlanishi 
bilan 
ishlab 
chiqaruvchilar keng bozor izlanishlari orqali o„z mahsulotlarini sotishni 
ta‟minlaydi, uning natijalaridan ishlab chiqarish va sotish dasturi 
tuzishda asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bozorni o„rganish 
potensial iste‟molchilar ehtiyojlarini, ularning tovarlarga bo„lgan 
talablarini, talab motivini aniqlashga imkoniyat beradi, bu narsalar esa 
korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda katta rol 
o„ynaydi. Xaridorlarning iste‟mol qilish texnologiyasini, ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, 
kelajakdagi ehtiyojni prognozlash va bozorga yangi turdagi mahsulot 


taklif qilish imkoniyatii beradi. Bu tadbirlar sotish hajmini ortishiga va 
bozorning katta ulushiga egalik qilishiga yordam beradi.
Bozor tadqiqotining asosiy usuli - bozorni segmentlash asosida 
tizimli tahlil qilishdir. Marketing qarorlarini qabul qilishda kerakli 
samara va istalgan natijaga erishishda ahamiyatlidir. Bozorni o„rganish 
natijasida ikki xil axborot olinadi: miqdoriy - bozor sig„imi, bozorda 
firmaning ishi va uning raqobatchilari haqida va sifat xarakteridagi 
axborot - bozor strukturasi; sotilayotgan mahsulotning ehtiyojlarga, 
alohida iste‟molchilar o„lchamlariga mos kelish darajasi; ularning sifat, 
turlariga qo„yiladigan talablari; iste‟molchilar foydalanadigan moddiy 
resurslar haqida. Tadqiqot o„tkazish samaradorligini ta‟minlash bir qator 
tadbirlarni amalga oshirish: talab qilinadigan axborotlarni aniqlashda 
muhimligini baholash; axborot yig„ish manbalarini va tahlil usullarini 
tanlash; axborotni yig„ish va tahlil qilish, takomillashtirish yo„llarini 
izlash; izlanish va uning natijalarining samaradorligini nazorat qilishdan 
iborat bo„ladi.
Axborotlarning obyektivligi va aniqligi marketing samaradorligini 
aniqlaydi. Shuning uchun ham mashhur firmalar barcha mamlakat va 
bozorlarda axborot tizimlari tashkil qilishadi. Bu o„rinda Yaponiya 
firmasi «Mitsubisi»ning axborotlar tarmog„ini misol qilsak, u 14 ming 
mutaxassisga ega bo„lgan 120 dan ortiq chet el va 60 yapon idoralaridan 
iboratdir.
Marketing tamoyili asosida ishlovchi yetakchi firmalarning 
(kompaniyalarning) tajribasi shuni ko„rsatadiki, tadqiqot - ishlarining 
samaradorligi quyidagi yo„nalishlar bo„yicha olib borilganda ortadi:

bozor sig„imini aniqlash, bozor «ovqat» (ozig„i)ini topish;

xaridorlar amaliyotini, motivlarini, ularning hulq-atvorlarini 
tahlil qilish;

sotishning umumiy holatlarini tahlil qilish va uni prognozlash;

raqobatchilar strategiyasi va taktikasini o„rganish;

bozordagi raqobatni tahlil qilish.
Bozor o„lchamlapini aniqlash, firma o„zining har bir tovari uchun 
bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga yordam 
beradi. Bu tovar assortimenti va sotish dasturini rejalashtirishda qo„l 
keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, alohida tovarlar 
bozori kuchsiz raqobatning mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin 


bu narsa firma raqobatchilari faoliyatini o„rganishni keragi yo„q degani 
emasdir.

Download 187.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling