Tajriba sinov ishlari samaradorligi va natijalari


Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi


Download 1.58 Mb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1602882
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-bob tajriba sinov

Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi:

        1. Ta’lim jarayonining mazmunini yorituvchi o‘quv-me’yoriy hujjatlarni (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qaror, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi va h.k) o‘rganish asosida ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning zamonaviy usullari va tamoyillaridan foydalanishning mavjud xolatini aniqlashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan fanlar bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘rganish va umumlashtirish.

2.Suhbat (anketa so‘rovnomalari) yordamida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi, ta’lim muassasasida faoliyat yurutuvchi o‘qituvchilarda va o‘quvchilarda asosiy fanlar turkumida nazariy bilim va odob-axloq qoidalarini shakllantirish orqali sog‘lom muhit va tafakkurni yaratish jarayonining mohiyati borasidagi nazariy bilimlari aniqlashtirildi.
2.Pedagogik va mavzuga doir adabiyotlarda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari haqidagi ta’limotlarning qiyosiy o‘rganish shakllari mazmun-mohiyati o‘rganildi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi:
Asoslovchi tajriba bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodik ko‘rsatma va tavsiyalar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini mavjud holatini aniqlashga doir pedagogik faoliyat tashkil etildi. Bunda ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda Qumqo’rg’on tumanidagi 27,21 Denov tumanidagi 84 maktablarning o‘quvchilari ishtirok etishdi.
O‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun pedagogik suhbat, anketa so‘rovlarini o‘tkazish va kuzatish kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo‘nalishi va dasturini muayyan ochib berish imkonini beradi. Tadqiqot mavzusiga oid yetakchi olimlar, pedagogarning ilmiy ishlari tahlil qilindi. Tajriba – sinov ishining birinchi bosqichi amalga oshirildi.
Shakllantiruvchi tajriba bosqichida ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning zamonaviy usullari va tamoyillaridan foydalanishning mavjud xolatini aniqlashtirish jarayonida ta’lim muassasi pedagog xodimlari va o‘quvchilarining hamkorligini rivojlantirishda, ya’ni ob’ekt – sub’ekt emas, balki sub’ekt – sub’ekt shaklini rivojlantirishda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari mavzusini shakllantirish asosida ishlab chiqilgan maxsus dasturlarga binoan amaliy-metodik faoliyat tashkil etildi. Bunda o‘quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida suhbat, anketa-so‘rovi kabi metodlar yordamida o‘quvchilarda pedagogik hamkorlik, milliy muloqotga bo‘lgan munosabatni shakllantirishga qaratilgan umumiy pedagogik ta’sir hamda mustaqil ijtimoiy hayotda erkin fikr yuritish sifatlarining tarbiyalanishiga katta e’tibor qaratildi.
Ta’kidlovchi tajriba bosqichida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini foydalanishni shakllanganlik darajasining holati aniqlandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari o’zlashtirganlik darajasini baholash uchun mezonlar ishlab chiqildi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tadbiq etildi. Tajriba-sinov ishining yakunlovchi bosqichi amalga oshirildi.
Tadqiqot mavzusi yuzasidan shakllantiruvchi pedagogik tajriba-sinov ishlarining o‘quvchilar bilim darajasini tajriba va nazorat guruhlarida aniqlash hamda qiyosiy tahlil qilish bosqichi 2022-2023 o‘quv yili mobaynida amalga oshirildi. Jami 218 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash maqsadida o‘quvchilar tajriba sinov 96 nafar o‘quvchi va nazorat 122 nafar o‘quvchi guruhlariga biriktirildi. Tajriba guruhda magistrant tomonidan tavsiya etilayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishni ta’minlashga yordam beruvchi topshiriqlar asosida amaliy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o‘quv tarbiya ishlari olib borildi.
Tajriba-sinov ishlari o‘qitishning zamonaviy texnologiyasi asosida o‘quvchilarda, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish dasturimizga binoan 3-4-sinf o‘quvchilarida o‘quv fanlardan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanganlik statistik tavsifini tuzish ko‘zda tutilgan edi. Bu maktablarda fanlarni o‘qitish bo‘yicha biz ishlab chiqqan metodika samarali ekanligini baholash imkonini beradi.
Ana shu asosdan kelib chiqib o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatini shakllantirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari ular bilan do‘stona muloqotni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan munosabatlarni baholashning quyidagi mezonlarini aniqladik.
Bilishga oid (kognitiv) mezonlar: Axborot, resurs,integratsiya, texnologiya, texnika.
Faoliyatli mezonlar: Axborot, resurs, integratsiya, texnologiya, texnika.gummonizm.
Shaxsiy mezonlar: Axborot, resurs, integratsiya, texnologiya, texnika.gummonizm, innovatsiya, integrative jarayonlar.
Tadqiqot olib borish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarini o‘qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyasini shakllantirish texnologiyalari mavzusni diagnostikasini darajalash usuli qo‘llanildi. Pedagogik hamkorlik asosida talabalarda milliy muloqot madaniyatini rivojlantirish darajasini baholash uchun yuqoridagi mezonlarga asoslanib, yuqori, o‘rta, past darajalar aniqlab olindi.
Yuqori daraja: Darslarni o’qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyani shakllantirish texnologiyalari; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalarini tushunib yetgan; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalaridan o’quv faoliyatda foydalanishni amalga oshirish; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalari turlari va ularning o’ziga xosliklarini lozim darajada idrok etib, o’quv jarayonida mustaqil ta’lim olishga intilish bilan ifodalanadi.
O‘rta daraja: Darslarni o’qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyani shakllantirish texnologiyalari; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalarini tushunib yetgan; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalaridan o’quv faoliyatda foydalanishni amalga oshirishning yetarli emasligi; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalari turlari va ularning o’ziga xosliklarini taqribiy tarzda ifodalanadi.
Past darajada: Darslarni o’qitish orqali axborot resurslari va innovatsion integratsiyani shakllantirish texnologiyalari; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalar to’g’risidagi bilimlarning yetishmasligi; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalari haqidagi turkum adabiyotlardan yetarli darajada habardor emasligi; axborot resurslari va innovatsion integratsiya, texnologiyalari turlari va ularning o’ziga xosliklarini farqlay olmasligi yoki umuman tashunchaga ega emasligi.
Nazorat guruhlarida o‘qitish jarayonida an’anaviy metod asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, tajriba sinov guruhlarida biz taklif etgan metoddan foydalangan holda o‘tkazildi. Nazorat va tajriba sinov guruhlarining tajriba boshida va tajriba oxirida olingan natijalar muntazam tahlil etib borildi va ular bir-biriga qiyoslanib, xulosa qilindi. Tajriba sinov guruhida ishlab chiqilgan metodni qo‘llashning samaradorligi nazariy asoslanib, amaliy jihatdan isbotlab berildi.
Nazorat ishlarining natijalarini baholashda tarkibiy tashxisiy tahlildan foydalanildi. Tajriba va nazorat guruhlari o‘quvchilari tomonidan o‘quv materiallarini qay darajada o‘zlashtirilganligi haqidagi to‘laroq ma’lumotni, ularda hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘laligi, doimiyligi, ta’sirchanligi, ixchamligi kabi sifat ko‘rsatkichlarini bera oladi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini matematik statistika usuli bilan qayta ishlash asosida o‘quvchilarning tajriba materiallarini o‘zlashtirishdagi samaradorligi haqida xulosalar chiqarildi. Bu guruhlardagi o‘quvchilarning bilim va ish-harakat usullarining shakllanganlik darajasidagi farqini aniqlash uchun biz o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi natijalarining statistik tavsifini tuzdik. Shunday qilib, bu guruhlardagi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini qoniqarli, yaxshi va a’lo kabi baholarni qo‘llash imkonini beradi. Buning uchun biz yuqorida ko‘rsatib0o‘tganimizdek ikkita mustaqil guruhlar oldik (har bir guruh a’zolarining soni ham bir-biriga bog‘liq emas) va past, o‘rta va yuqori kabi uch mezonli shaklda tanlandi.
Treningning muvaffaqiyati trenerlarning orientatsiyasi va ichki faoliyatiga, ular faoliyatining tabiatiga bog‘liq bo‘lgani uchun, bu faoliyatning tabiati, mustaqillik va ijodkorlik darajasi metodni tanlashning muhim mezoni bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu tasnifda beshta o‘qitish metodini ajratib ko‘rsatish taklif etiladi:
1. Tushuntirish va tasviriy metod - o‘quvchilarning ma’ruzada, o‘quv yoki uslubiy adabiyotlardan, tayyor shakldagi ekranli qo‘llanma orqali bilim olish usuli;
2. Reproduktiv metod - o‘rganilganlarni qo‘llash namuna yoki qoida asosida amalga oshiriladigan metod;
3. Muammoni taqdim etish usuli - turli manbalar va vositalardan foydalangan holda, o‘qituvchi materialni taqdim etishdan oldin, muammo tug‘diradi, bilim vazifasini shakllantiradi, so‘ngra dalillar tizimini ochib beradi, nuqtai nazarlarni taqqoslaydi, turli yondashuvlar muammoni hal qilish yo‘lini ko‘rsatadi;
4. O‘qitishning qisman izlanuvchan yoki evristik usuli - o‘qituvchi rahbarligida yoki evristik dastur va ko‘rsatmalar asosida mashg‘ulotlarda ilgari surilgan (yoki mustaqil shakllantirilgan) bilim vazifalarining yechimlarini faol izlashni tashkil etishdan iborat.
5. Tadqiqot metodi - materialni tahlil qilish, muammo va vazifalarni belgilash va qisqacha og‘zaki yoki yozma ko‘rsatma berishdan so‘ng o‘quvchilar adabiyotlarni, manbalarni mustaqil o‘rganadilar, kuzatishlar va o‘lchashlar o‘tkazadilar va boshqa qidiruv harakatlarini bajaradilar.
Ko‘p bosqichli ta’lim modelining psixologik-pedagogik xususiyatlari. Turli qobiliyat, qiziqish va prognozli kasblarga ega bo‘lgan bolalarning mavjudligi har bir o‘quvchi ko‘p bosqichli ta’lim olish uchun adaptiv muhit yaratish masalasini ko‘taradi. Pedagogik jarayonda turli darajalarni joriy etish o‘quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondashuvni qo‘llash imkonini beradi, bu juda katta ahamiyatga ega, chunki har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘z ehtiyojlari, mayllari, imkoniyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari va motivlari, temperament, fikrlash va xotiraning xususiyatlari bilan farq qiluvchi shaxslar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, har bir o‘quvchining bilish qobiliyati, qobiliyatiga mos ravishda o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasiga yetishini ta’minlash, lekin minimal darajadan past bo‘lmasligi, aloqadorligi darajasiga asoslangan va bevosita rivojlanish zonasiga mos faoliyatga kiritilishi uchun pedagogik shart-sharoitlar yaratiladi. Yaratilgan yangi dastur va darsliklarning yarmiga yaqini ta’limning ilg‘or darajasiga qaratilgan bo‘lsa, iqtidorli bolalarning ulushi 8% dan, ta’lim imkoniyatlari yuqori bo‘lganlar esa - 13-17% dan oshmaydi.
O‘tkazilgan tajriba ishlarida o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishni baholash bir qator olimlarning matematik statistik ma’lumotlarni qayta ishlab chiqishga oid usullaridan foydalanish orqali o‘rganib chiqildi va tajriba sinov natijalariga tadbiq qilindi.




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling