Ilmiy kengash chirchiq davlat pedagogika universiteti arziqulov zayniddin qo
resurslar vositasida o„qitishni takomillashtirish metodikasi
Download 462.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat-Arziqulov Z.Q.
resurslar vositasida o„qitishni takomillashtirish metodikasi” deb nomlanib, unda
elektron resurslar asosida fizika fanini o„qitishga oid metodikalar tahlili, fizikani “Optika” bo„limini o„qitishda interfaol dasturiy ta‟minot resurslaridan foydalanish texnologiyasi, optika bo„limi bo„yicha laborotoriya mashg„ulotlarini tashkil etishda zamonaviy elektron vositalarni qo„llash metodikasi bo„yicha tavsiyalar bayon qilingan. Elektron resurslar asosida fizika fanini o„qitishga oid V.I.Seldyaev ta‟limda kompyuter fizikasi eksperimentini o„tkazish talabalarga kelajakdagi ixtisoslik yo„nalishini tanlashda yordam berish, nazariya, eksperiment, kompyuterlashtirish va 12 kelajakda zarur bo„lgan ko„nikmalarni individual shakllantirish orqali ham ularning kasbiy niyatlariga ta‟sir qilishi haqida ilmiy izlanish olib borgan bo„lsa, N.Yu.Koroleva kompyuter yordamida o„tkaziladigan tabiiy fizik eksperiment samaradorligini yangi innovatsion texnologiyalarni instrumental qo„llash bilan birgalikda oshirish tajribani yangi sifat darajasiga ko„taradi va o„z-o„zini tashkil etish orqali talabalarning eksperimental faoliyatini optimallashtiradi deya ta‟kidlaydi. Kompyuter modellaridan foydalanish fizika darsida hal qilinadigan vazifalar sonini oshiradi: ular fizik eksperimentni loyihalash, texnik yoki kundalik mazmunga ega dizayn topshirig„ini bajarish imkoniyatini ochadi. Bularning barchasi charchoqni kamaytirish, hissiy ko„tarilish, e‟tiborni kuchaytirish va natijada materialning jismoniy mohiyatini chuqurroq o„zlashtirishni ta‟minlashga imkon beradi. Yuqorida qayd etilgan metodikalar tahlili kompyuter simulyatsiyasi fizikada kompyuter texnologiyalari, elektron ta‟lim resurslari, virtual laboratoriyaning eng keng qo„llanilishi samarali hamda alohida e‟tiborga sazovor ekanini isbotlaydi. Talablar va vazifalarni ijobiy hal etish maqsadida tadqiqot doirasida elektron ta‟lim resurslari orqali umumiy fizikaning optika bo„limini o„qitish metodikasini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi (1-rasmda keltirilgan). Pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida Optika bo„limini o„qitishda talabalarda AKT kompetentligini rivojlantirish modelining maqsadi o„z ichiga ta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni oladi. Modelning vazifasi o„z ichiga talabalarni dasturiy mahsulotlarda fizik mazmundagi ma‟lumotlarni idrok etish va ularni qayta ishlashga o„rgatish, talabalarning tanqidiy fikrlash, fizik mazmundagi dasturiy mahsulotlarning yashirin ma‟nosini anglash, AKT tomonidan fizika fanini o„zlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish, AKT ning fizik mazmundagi ma‟lumotlarini mashg„ulotlar mazmuniga kiritish yo„llarini topish, talabalarni kerakli ma‟lumotlarni topish, tayyorlash, yetkazib berish va ko„chirib olish, turli xil texnik vositalardan (kompyuterlar, modemlar, proektor, multimedia va boshqalar) foydalanish ko„nikmalarini shakllantirish, talabalarning og„zaki nutqni tasvirlarga va tasvirlarni og„zaki nutqga aylantirish mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayon metodlari o„z ichiga hamkorlikdagi ta‟lim, shaxsga yo„naltirilgan ta‟lim, blended learning, interfaol ta‟lim metodlarini oladi. Pedagogik jarayon mazmuni me‟yoriy hujjatlar (malaka talablari, fan dasturi, ishchi dastur, va kalendar reja), adabiyotlar va manbalar, qo„shimcha vositalar, topshiriqlardan iborat. Pedagogik jarayon ta‟lim shakllari: ma‟ruza, laboratoriya ishi, seminar, amaliy mashg„ulot, mashg„ulot - tadqiqot, mashg„ulot - kompyuter laboratoriyasi ishi, keyingi kompyuter tekshiruvi bilan muammolarni hal qilish mashg„uloti, ta‟limning tashkiliy shakllari: onlayn, offlayn, aralashdan iborat. Fizikaning “Optika” bo„limini o„qitishda AKTdan foydalanish orqali talabalarning bilim, ko„nikma, malakalari “a‟lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” “qoniqarsiz” darajalar bilan baholandi va pedagogika oliy ta‟im muassasalarida fizika fanini o„qitish jarayonida (asosan, mashg„ulotning mavzu bayoni, topshiriqlar qismida) qo„llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling