Interaktiv yondashuv asosida boshlang`ich ta`limda fanlararo aloqadorlikni takomillashtirish metodikasi
Download 14.63 Kb.
|
Narzullayeva Parvina Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Interaktiv yondashuv asosida boshlang`ich ta`limda fanlararo aloqadorlikni takomillashtirish metodikasi Narzullayeva Parvina Akmalovna Buxoro shahar Xalqaro Osiyo Universiteti Ta`lim va tarbiya nazariya va metodikasi magistratura talabasi Annotatsiya: ushbu maqolada interaktiv yondashuv asosida boshlang`ich ta`limda integratsiyalashgan darslarni tashkil qilish va bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuviga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish to’g’risida yozilgan. Kalit so’zlar: interaktiv , interfaol, integrativ yondashuv, boshlang’ich sinf, kasbiy tayyorgarlik, pedagog, psixologik, ilmiy-metodik, individual, ekologik tarbiya, estetik tarbiya. Аннотация:В данной статье на основе интерактивного подхода проводится организация интегрированных занятий в начальных классах и совершенствовании профессиональной подготовки будущих учителей начальных классов, разработка научно методических рекомендаций относительно педагогико- психологического подхода к интеграции начальных классов.Ключевые слова: интерактив, интегративный подход, начальная школа, профессиональная подготовка, педагог, психологическое, научно-методическое, индивидуальное, экологическое воспитание, эстетическое воспитание.Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlashga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu yerda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat. Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi, natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xolatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Shu bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi. Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir. Zamonaviy dars berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo’lib, hozirda uning chala tarjimasi ko’p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, “interaktiv” atamasi aslida inglizcha “interaktiv” so’zidan olingan bo’lib, “o’zaro ta`sirlashish” ma`nosini bildiradi va biror faoliyat yoki metodda o’zaro baxs munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki hamjixatlik bilan hal etish tushuniladi. Interaktiv (“inter”-vzaimniy, “akt”-deystvie-“o’zaro ta`sir” ma`nosini bildiradi) uslubiy yondashuvda o’quvchilar bilish va o’rganish jarayoniga butunlay sho’ng’ib ketadilar, ular o’zlari bilgan va o’ylayotganlari xususida baxslashishlari ham mumkin. Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun yetarli zamin yaratadi. O’qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo’yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o’quvchi o’zlashtirayotgan material bilan o’zaro bog’liq bo’ladi). O’quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interaktiv mashq va topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi. Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o’rganilgan material nafaqat mustaxkamlanadi, balki yana yangi ma`lumotlar ham olinadi. Hozirgi paytda zamonaviy pedagog dars berish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanib, har bir fanni boshqa fanlar bilan bog`lashi juda muhim hisoblanadi. Chunki , bir fan ikkinchi fandagi savollarni, masalalarni yechishda bir vosita hisoblanar ekan. Ana shunday bog`lanishi lozim bo`lgan fanlardan biri ona tili va o`qishdir. Bularga qo`shimcha tarzda tasviriy san’at, tabiatshunoslik fanlarini ham uyg`unlashtirish fan doirasini kengaytiradi. Qayerda ikkita fanning o`zi emas, balki ko`proq fanlar integratsiyalansa, fanlarning aloqalar rivoji kuchayadi. Bunday darslar o`quvchilarni so`zga, ranglarning turfa olami, tovushlar sehriga chuqur kirib borishga ko`maklashadi, savodli, og`zaki va yozma nutqlari shakllanishiga yordam beradi. Demak, integratsiya bu u differentsiatsiya jarayonlari bilan birga yuzaga keladigan fanlarning yaqinlashuvi va aloqadorlik jarayoni va ta'limning sifat jihatidan yangi bosqichida sub'ektlararo aloqalarni amalga oshirishning yuqori shakli bo'lib, yangi butun blok, bilim qotishmasini yaratishga hissa qo'shadi. dunyoqarashning asoslarini yaratadigan, insonga butun umr hamrohlik qiladi. O'qituvchilarga integratsiyalashgan tadqiqotlarni o'z amaliyotiga mazmunli olib kirishga yordam berish uchun tadqiqotchilar sifatli fanlararo ta'limning beshta asosiy jihatini ta'kidladilar: U fanlararo tarzda o'qitishga arziydigan mavzularni tuzadi, o’quvchilarga bunday mavzularni tushunishga imkon beradigan intizomiy vositalarni aniqlaydi. Fanlarni samarali tarzda birlashtiradi, o'quv tajribalari ketma-ketligini o'z ichiga oladi va o’quvchilarning fanlararo ishlarini baholaydi. Ushbu asos fanlararo tadqiqotlar va sinf amaliyotini ko'p yillik empirik o'rganish asosida qurilgan. Xulosa qiladigan bo’lsak,Integratsion yondashuv jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual psixologik xususiyatlari hisobga olinsa, boshlang‘ich ta'limga integratsion yondashuvning yaxlit pedagogik tizimi ishlab chiqilsa va boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuviga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa, o`quvchilarimiz har tomonlama dunyoqarashi keng, har tomonlama tarbiyali( ekologik tarbiya ,estetik tarbiya), mantiqiy fikri kuchli bo`lgan insonlar bo`lib yetishib ta'lim jarayonida samaradorlikka erishish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI: 1.R.A. Mavlonova N.H.Rahmonqulova ,,Boshlang`ich ta`limning integratsiyalashgan pedagogikasi” Toshkent - .ILM ZIYO. - 2009 2. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. – Toshkent, Universitet, 1998 3. Hasanboyev J., To’raqulov X.A., Ravshanov O.A., Kushvaktov N.H. Milliy pedagogikamiz tarixiy ildizlari va barkamol avlod tarbiyasi. – Jizzax: 2007. 4. Kutlimuratova, N. R. BOSHLANG'ICH SINFLARDA INTEGRATSIYON O'QITISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI . Download 14.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling