Ilmiy kengash f. M. Dostoyevskiy nomidagi omsk davlat universiteti
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi
Download 33.6 Kb.
|
лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning vazifalari
- Tadqiqot usullari
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi F.M. Dostoyevskiy nomidagi Omsk davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq «Tarix fanlari va arxeologiya” bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash taʼlim loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi 1831 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda Qozog‘istonda muzey ishining shakllanishi va rivojlanishi jarayonini, uning hozirgi holatining xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: muzeyni madaniyat muassasasi va uning ijtimoiy-madaniy vazifalari sifatida ko‘rib chiqish; muzey jarayonlaridagi hozirgi tendensiyalarni aniqlash; ayrim Yevropa davlatlari misolida muzey ishini tartibga solishning zamonaviy xorijiy amaliyotini tahlil qilish; Qozog‘iston muzey tarmog‘ining shakllanishi va rivojlanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash; Qozog‘iston muzeylarining tasnifi va tipologiyasini ishlab chiqish; Qozog‘iston muzey fondini tahlil qilish; Qozog‘iston muzeylarining madaniy-maʼrifiy faoliyatini tavsiflash; muzeylarning ilmiy-tadqiqot va ko‘rgazma faoliyatini tahlil qilish; muzey ishi sohasida xalqaro hamkorlikning jihatlarini ko‘rib chiqish; Qozog‘istonda muzey ishini tartibga solishning huquqiy asoslarini tahlil qilish; Qozog‘istonda muzey ishini rivojlantirish bo‘yicha dastur va rejalarni ko‘rib chiqish; Qozog‘istonda muzey ishini rivojlantirish muammolari va istiqbollarini aniqlash. Tadqiqotning ob’eti sifatida Qozog‘istondagi muzey ishi jarayonlari belgilandi. Tadqiqotning predmetini Qozog‘istonda muzey ishi, muzey kolleksiyalari, ularning shakllanish tarixi, qaysi manbalar natijasida to‘planganligi, ilmiy o‘rganilishi, saqlanishi, ekspozitsiyaga qo‘yish va targ‘ib qilinishi tashkil etadi. Tadqiqot usullari. Dissertatsiya integratsiyalashgan yondashuv, muammoli-xronologik va tipologik usullar, tarixiylik va izchillik tamoyili, qiyosiy va statistik tahlil kabi tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Qozog‘istonda muzey ishining madaniy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining tarixiy-tadriji 1831-1917 yillarda muzey ishining mahalliy aholi uchun begonaligi, potensial auditoriyaning juda kamligi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi, 1918-1990 yillarda aholida savodxonlikning o‘sishi, muzeyni ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida institusionalizasiya va tizimlashtirish bilan bog‘liq sakrash yuz berganligi va 1991 yildan hozirgi kungacha Qozog‘istonda muzeylarning kuchli markazlashtirilganligi, davlat nazorati hamda faoliyatining mafkuraviy yo‘naltirilganligi bilan asoslangan; Qozog‘iston muzeylari memorial, sanʼatshunoslik, sanoat, muzey-qo‘riqxonalar, tarixiy, tabiiy fanlar, universal va boshqa profillar bo‘yicha 9 yo‘nalishga ajratilganligi, muzeylarni maqomi bo‘yicha (asosiy muzeylar, muzeylar filiallari va muzey-qo‘riqxonalar), muayyan mulkdorga (davlat, idoraviy, davlat va xususiy) tegishliligi bo‘yicha, davlat maqsadlari bo‘yicha (ilmiy-tadqiqot, ilmiy-maʼrifiy va taʼlim), saqlanib qolgan merosning xususiyati bo‘yicha (to‘plam va ansambl turi), faoliyat ko‘lami bo‘yicha (milliy, viloyat, tuman, shahar va qishloq muzeylari), xodimlar soni bo‘yicha (1-20, 21-50, 51-100, 100 dan ortiq xodimlar) faoliyat yuritganligi dalillangan; madaniyat va texnika taraqqiyoti muzey jarayonlari doirasida bo‘lgan muzeylar sonining ko‘payishi, ashyolarni raqamlashtirish, virtuallashtirish, elektron maʼlumotlar bazalarini yaratish, materiallarni vizuallashtirishning yangi shakllari, texnologiyalar, elektron qo‘llanmalar, interaktiv dasturlari kabi zamonaviy tendensiyalarining ochib berilishi globallashuv, axborotlashtirish, jamiyatning harakatchanligi va dinamikligi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, etnik va ijtimoiy jarayonlar, zamonaviy jamiyatdagi munosabatlar kabi omillarning muzey rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatishi Qozog‘iston sharoiti misolida aniqlangan; Qozog‘iston muzeylarida maʼmuriy munosabatlar tizimi muzey – hokimlik – vazirlik fonida ekanligi va muzeylar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning samarasiz faoliyati natijasida Qozog‘istonda muzeylar tarmog‘ini sifatli rivojlantirish uchun turli darajadagi muzeylar va turli mintaqalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish mexanizmiga ega tizim yaratilishi zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Qozog‘istonda muzey ishini yanada rivojlantirish, bu boradagi davlat madaniyat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; muzeyni madaniyat muassasasi va uning ijtimoiy-madaniy vazifalari, muzey jarayonlaridagi hozirgi tendensiyalari, ayrim Yevropa davlatlari misolida muzey ishini tartibga solishning zamonaviy xorijiy amaliyoti va Qozog‘iston muzey tarmog‘ining shakllanishi va rivojlanishining asosiy tendensiyalari aniqlangan; oliy taʼlim muassasalarida tarix va muzeyshunoslik ixtisoslik fanlari doirasida qo‘llanma maʼruzalar tayyorlashda foydalanish imkoniyatini bergan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqotda zamonaviy muzeyshunoslik, shuningdek, tarix fanida eʼtirof etilgan yondashuv va usullar qo‘llanilganligi, muzey sohasiga doir ko‘p turdagi adabiyotlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar vakillarining tadqiqotlari, turli xarakterdagi manbalardan foydalanilganligi, Qozog‘iston muzeylariga doir yangi prinsipial qoidalar va normativ hujjatlar, hamda muzeylarning arxiv materiallari kabi birlamchi manbalarga asoslanilganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarining vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ish natijalari Qozog‘istonning zamonaviy rivojlanish davridagi muzey ishi tarixi sohasidagi bilimlarni kengaytirishi, undan monografiyalar, ilmiy maqolalar tayyorlashda, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun davriy nashrlarda chop etishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati nazariy xulosalar va tadqiqot natijasida olingan maʼlumotlardan Qozog‘istondagi muzey ishini yanada o‘rganish va rivojlantirish uchun, asosiy xulosa va takliflardan muzey ishini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari, konsepsiya va rejalarini ishlab chiqishda, shuningdek, o‘quv jarayonida muzeyshunoslik fanlarini, birinchi navbatda, Qozog‘iston muzeyshunosligining rivojlanish tarixini o‘rganishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qozog‘iston muzey ishi tarixi (1831-2020) masalalarini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘sinda joriy etilgan: Qozog‘istonda muzey ishining madaniy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining tarixiy-tadriji 1831-1917 yillarda muzey ishining mahalliy aholi uchun begonaligi, potensial auditoriyaning juda kamligi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi, 1918-1990 yillarda aholida savodxonlikning o‘sishi, muzeyni ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida institutsionalizasiya va tizimlashtirish bilan bog‘liq sakrash yuz berganligi va 1991 yildan hozirgi kungacha Qozog‘istonda muzeylarning kuchli markazlashtirilganligi, davlat nazorati hamda faoliyatining mafkuraviy yo‘naltirilganligi bilan asoslangan materiallardan muzey ishini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi tomonidan foydalanildi. Jumladan, Qozog‘istondagi muzey xodimlari uchun «Zamonaviy muzeyning vazifalari ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida”, «Muzey jarayonlaridagi zamonaviy ilg‘or tendensiyalar”, «Muzey ishlarini tartibga solish bo‘yicha xorijiy tajriba”, «Qozog‘iston muzeylar tarmog‘ining shakllanishi va rivojlanishi tarixi”, «Qozog‘iston muzeylarining tasnifi va tipologiyasi” va «Qozog‘iston muzey fondi” kabi maʼruzalarga asos bo‘lganligi dalillangan (Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi Madaniyat qo‘mitasining 2022 yil 2 avgustdagi 09-11/997-sonli maʼlumotnomasi). Natijada Qozog‘istondagi barcha muzey xodimlarining kasbiy va malaka oshirishiga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda; Qozog‘iston muzeylari memorial, sanʼatshunoslik, sanoat, muzey-qo‘riqxonalar, tarixiy, tabiiy fanlar, universal va boshqa profillar bo‘yicha 9 yo‘nalishga ajratilganligi, muzeylarni maqomi bo‘yicha (asosiy muzeylar, muzeylar filiallari va muzey-qo‘riqxonalar), muayyan mulkdorga (davlat, idoraviy, davlat va xususiy) tegishliligi bo‘yicha, davlat maqsadlari bo‘yicha (ilmiy-tadqiqot, ilmiy-maʼrifiy va taʼlim), saqlanib qolgan merosning xususiyati bo‘yicha (to‘plam va ansambl turi), faoliyat ko‘lami bo‘yicha (milliy, viloyat, tuman, shahar va qishloq muzeylari), xodimlar soni bo‘yicha (1-20, 21-50, 51-100, 100 dan ortiq xodimlar) faoliyat yuritganligi dalillar asosida L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti tarix fakultetida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayoniga joriy etilgan. (L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universitetining 2022 yil 22 iyundagi 606-sonli maʼlumotnomasi). Ilmiy natijalarning taʼlim tizimiga joriy etilishi talabalarning malakasini oshirish imkonini berdi va Qozog‘istonning zamonaviy muzey ishidagi kam o‘rganilgan jarayonlarni qamrab oluvchi yangi manbalari talabalar dunyoqarashini boyitishga imkon bergan; madaniyat va texnika taraqqiyoti muzey jarayonlari doirasida bo‘lgan muzeylar sonining ko‘payishi, ashyolarni raqamlashtirish, virtuallashtirish, elektron maʼlumotlar bazalarini yaratish, materiallarni vizuallashtirishning yangi shakllari, texnologiyalar, elektron qo‘llanmalar, interaktiv dasturlari kabi zamonaviy tendensiyalarining ochib berilishi globallashuv, axborotlashtirish, jamiyatning harakatchanligi va dinamikligi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, etnik va ijtimoiy jarayonlar, zamonaviy jamiyatdagi munosabatlar kabi omillarning muzey rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatishi bo‘yicha ilmiy xulosalar, shu jumladan Qozog‘istonda muzey ishini rivojlantirish muammolari va istiqbollari to‘g‘risidagi maʼlumotlar 2030 yilgacha bo‘lgan davrda madaniy siyosat konsepsiyasining yangi loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi (Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi Madaniyat qo‘mitasining 2022 yil 2 avgustdagi 09-11/997-sonli maʼlumotnomasi). Natijada muzey fondidan o‘rin olgan, ilmiy jihatdan o‘rganilgan eksponatlar yordamida yangi mavzuli ko‘rgazma va ekspozitsiyalar yaratishga, muzey fondi materiallarini tadqiq etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan; Tadqiqot natijalarini aprobasiyasi. Tadqiqot natijalari 7 ta ilmiy konferensiya, jumladan, 5 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti mavzusi bo‘yicha 17 ta maqola, shu jumladan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalari chop etilishi kerak bo‘lgan taqrizlangan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda uchta maqola, Scopus maʼlumotlar bazasi kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda bitta maqola nashr etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, to‘rt bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 155 betni tashkil qiladi. Download 33.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling