Sarlavha (Title)
Mavjud bo’lgan muammo olinadi
Muammoni yechimini ko’rsating
Shu muammo bo’yicha g’oyangizni bildiring
G’oyangizni faktlar orqali tekshiring
Uning hozirgi bosqichdagi murakkabligi ko’rsatiladi
G'oya va faktlarni boshqalar bilan muhokama qiling
O’z xulosangizni bering
Mualliflar haqida ma’lumot (INFORMATION about authors)
Barcha mualliflar maqolani o'qib chiqishlari va unda tilga olinishiga rozilik berishlari kerak.
Ishning rahbari yoki martaba va lavozim bo'yicha eng yuqori muallif oxirgi o'rinda turadi
Birinchi muallif - bu tadqiqotni amalga oshirish va maqolani yozishga eng katta hissa qo'shgan tadqiqotchi. Qolganlar qo’shgan hissasiga ko’ra yoziladi
Mavzu (sarlavha) – bu shior, so’zlar to’plami
Mavzu - muvaffaqiyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir
Ta’rif emas, balki ma’nosi bo’yicha xulosa chiqara olinsin
Mavzuingizni dunyoning barcha yetakchi olimlari o‘qiydi
Mavzu iloji boricha ijobiy bo’lsin
Iloji boricha qisqa bo’lsin
Sarlavha maqolaning mohiyatini aks ettirishi kerak
Annotatsiya (Abstract)
Uchunchi shaxs nomidan yoziladi
Birinchi satr muammoni tasvirlasa, oxirgi satr muammoga yechimni ko’rsatsin
Bu kirish va xulosa qismlarini nusxalash emas
Agar siz kirishni yaxshi yozgan bo'lsangiz, maqolaga qanday ma'lumotlarni kiritish kerakligini va nima qilmaslik kerakligini aniq bilasiz
O’quvchi tadqiqotingizni tushunish uchun abstarktni o'qiydi
Faqat ushbu maqolaga tegishli ma'lumotlarni taqdim eting
Usullar (Materials and Methods)
O'quvchida o’tkazilgan tajriba bo’yicha hech qanday savol qolmasligi kerak
Tajriba tavsifiga ko'ra, har kim uni takrorlashi mumkin bo’lsin
Boshqa usullarga havola (ssilka) berish
Natijalar (Results)
Ishning maqsadi va usullariga ko'ra ketma-ket tasvirlanadi
Jadvallar va raqamlar natijalarning bir qismi bo’lsin
Munozara bilan aralashmang
Faqat maqola mavzusiga mos keladigan natijalarni taqdim eting
Hech qachon yolg’on ma’lumot bermang
Natija o’ylagandek chiqdi, deb tasdiqlamang
Texnik muammolarni berkitmang
xatolarni kamaytirish va farqlarning ahamiyatlilik darajasini oshirish kabi statistikani o’zgartirmang
Do'stlaringiz bilan baham: |