Ilmiy matnlarning funksiyalari va turlari


Tuzatish paytida o‘zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi1.27 Mb.
#223745
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAQOLA QANDAY YOZILADI-PDF

Tuzatish paytida o‘zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak:

• Matnning butun mazmuni bosh mavzuga tegishlimi?

• Unda qo‘shimcha axborot talab etiladigan joylar yo‘qmi?

• Asosiy fikrni ta’kidlash uchun qaysidir so‘zlarni qo‘shish/tushirib qoldirish kerak emasmi?

• Fikrlar aniq yoki yuzaki bayon qilingan emasmi?

• Matn mantiqan tuzilganmi?

• Kirish qismi aniq yozilganmi?

• Xulosa ishonarlimi, u mohiyatga mosmi?

• Yakuniy qism matnning boshlanishi bilan bog‘langanmi?



3-bosqich

Tahrir qilish yoki korrekturani o‘qish

Ushbu yakunlovchi bosqich matnning qoralama vaiantini tuzish va tuzatishdan

keyin boshlanadi. Sizning vazifangiz matnda orfografik, grammatik va uslubiy

xatolar bo‘lmasligidan iborat. Buning uchun Siz o‘zingizga quyidagi savollarni

berishingiz kerak:

• Hamma so‘zlar ham to‘g‘ri yozilganmi? (Yozilishiga ishonchingiz komil

bo‘lmagan so‘zlarning tagiga chizing va ularni lug‘atga qarab tekshiring).

• Hamma gaplar ham tugallangan fikrni bildiradimi?

• Cho‘zilib ketgan gaplar yo‘qmi, ularni alohida gaplarga bo‘lish kerak emasmi?

• Tinish belgilari: vergullar, tire, ikki nuqta, nuqtali vergullar to‘g‘ri qo‘yilganmi?

• Barcha xatboshilarda chekinish qo‘yilganmi? (Har qanday yangi fikr xatboshidan

boshlanishi kerak).





Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling