Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘qitish sifatini oshirish, shu jumladan, o‘quv-
chilarning past o‘quv ko‘rsatkichlari sabablarini aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq 
masalalarni  o‘rgatish  maqsadida  tashkil  etiladi.  Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomil-
lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Pq-1875-sonli qarorining
4
 ijrosini ta’minlash maq-
sadida, umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshi rish 
har haftalik kurslari tashkil etildi. 
2015-2017-yillar davomida tashkil etilgan har haftali maqsadli kurslarda xalq ta’li-
mi tizimida faoliyat yuritayotgan 19100 nafardan ortiq chet tili o‘qituvchilarining kasbiy 
mahoratlari oshirildi
5

Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarning uzluksiz malakasini oshirish 
ta’limi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) va bilvosita (ta’lim dasturlari-
siz o‘qitish) shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) malaka oshirish quyida-
gi shakllarda amalga oshiriladi:
– malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish; 
– qisqa muddatli kurslarda o‘qitish;
– “Ustoz-shogird”  usuli bo‘yicha ta’lim muassasasida o‘qitish; 
– mustaqil o‘qib bilim orttirish;
– masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim;
–  stajirovka  shaklida  (ta’lim  muassasalarida,  ta’limning  boshqaruv  organlarida 
(xorijda) tajriba orttirish.
Xalq  ta’limi  tizimi  rahbar  va  mutaxassis  xodimlarining  malakasini  oshirishning 
(kursdan kursgacha) bilvosita shakllari quyidagilardan iborat:
– ta’lim muassasasining ilmiy (pedagogik) kengashi qaroriga binoan ilmiy tadqiqot 
ishi bilan shug‘ullanish;
– rahbarlik va mutaxassislik bo‘yicha ochiq o‘quv mashg‘ulotlari (master klass);
–  ilmiy,  ilmiy-metodik  va  ilmiy-amaliy  seminarlarda,  konferensiyalarda,  avgust 
o‘qishlarida va shu kabilarda ma’ruzalar bilan qatnashish;
–  darsliklar,  o‘quv  metodik  qo‘llanmalar,  dars  ishlanmalari,  maqola  va  tezislar 
nashr ettirish.
Malaka oshirish ta’limini ta’lim dasturlari asosida tashkil etish shaklida uning dav-
riyligi,  muddati  va  o‘quv  soatlar  hajmi  qonunchilik  bilan  belgilab  beriladi. Ta’kidlash 
joizki, malaka oshirishning bunday shakli odatda malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslash-
tirilgan ta’lim muassasasida amalga oshiriladi.
qisqa muddatli kurslar tinglovchilarning asosiy ish faoliyatidan ajralmagan holda 
(o‘qituvchilarning ta’til davri va ishdan bo‘sh vaqtlarida) amalga oshiriladi va ularning 
davomiyligi 18 akademik soatdan 72 akademik soatgacha hajmda belgilanadi. Tegishli 
qisqa muddatli kurs davomiyligining aniq miqdori ushbu kurs o‘quv rejasiga asosan 
belgilanadi.
Ta’lim dasturlarisiz malaka oshirish rahbar va mutaxassis xodimlarning kursdan 
kursgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. Albatta, xalq ta’limi tizimi xodimlari malakasini 
oshirish kurslari va kursdan keyingi faoliyatlari davomidagi ta’lim uzviyligi va uzluk-
sizligini ta’minlanishi rahbar va mutaxassis kadrlarning bilimlarini ortishiga, kelgusida 
4
 “Xalq so‘zi” gazetasi, 11.12.2012 y., 240 (5660)-son
5
 Ma’lumotlar “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish har 
haftalik kurslari” yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobot asosida berildi. 


87
esa, o‘quvchilarning bilim salohiyatlari o‘sishini ta’minlaydi. Yuqorida ta’kidlab o‘tga-
nimizdek malaka oshirish ta’limining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash uchun mala-
ka oshirish ta’limi va undan keyingi davrdagi mustaqil ta’lim faoliyati o‘rtasida “qayta 
aloqa” mexanizmlarini takomillashtirish hamda bir-biriga bog‘langan tizimli monitoring-
ni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda, xalq ta’limi hududiy boshqaruv organ-
lari tomonidan malaka oshirish buyurtmalarini shakllantirishda rahbar va mutaxassis 
xodimlarning mustaqil ta’lim faoliyatida erishilgan yutuqlari ko‘rsatkichlari hisobga oli-
nishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda xalq ta’limi tizimida malakali 
va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb masala bo‘lib, tizim xodimlarining ma-
lakasini oshirish ta’lim muassasalariga ulkan vazifalar yuklamoqda. Xalq ta’limi rahbar 
va mutaxassis xodimlarining malakasini oshirish kurslari va undan keyingi davrdagi 
uzluksiz ta’lim jarayonlarini tizimli monitoringini tashkil etish, ularning kasbiy va bosh-
qaruv kompetensiyalari rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan tadqiqot ishi 
doirasida quyidagi takliflar shakllantirildi:
– malaka oshirish ta’limi va undan keyingi davrdagi mustaqil o‘qib, bilim olish fao-
liyati o‘rtasidagi integratsiyani yanada chuqurlashtirish orqali uzluksiz malaka oshirish 
ta’limi samaradorligini oshirish;
–  malaka  oshirish  ta’limi  va  undan  keyingi  faoliyatning  uzluksizligini  ta’minlash 
hamda tizimli monitoringini tashkil etish;
– rahbar va mutaxassis xodimlarning malaka oshirish ta’limi sifatini baholashda 
ularning kursdan kursgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati samaradorligini hisobga olish.
keltirilgan  takliflarni  amaliyotga  joriy  etilishi,  xalq  ta’limi  xodimlarining  kasbiy 
mahoratlarini va malaka oshirish ta’limi mazmunini sifatini takomillashtirishga xizmat 
qilishi bilan birga, malaka oshirish ta’limini zamonaviy texnologiyalar asosida baho-
lash, ta’limni innovatsion yondashuvlar asosida boshqarish imkonini beradi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling