“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
rejalari va dasturlarini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, har bir tuman
o‘z mehnat bozoridan kelib chiqqan holda kasblarni erkin tanlashi kerak. O‘ICHM va
korxona hamkorlikda kasb-hunar ta’limi jarayonini ta’minlashi, korxona va O‘ICHM o‘r-
nashgan joyi va ishlash vaqti turli xil bo‘lsa-da, bir-biri bilan hamkorlik qilishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
O‘ICHMga klaster tizimini joriy etishda bir qator rivojlangan davlatlar tajribasidan
foydalanish amaliy natijalar beradi. quyida rivojlangan davlatlarda klaster tizimini joriy
etilishini ko‘rib chiqamiz.
Integratsiyalashuvning kichik darajasi mamlakatlar iqtisodiyotida yangi xo‘jalik yu-
ritish tizimini shakllantirish yo‘li hisoblanib, o‘zaro provard mahsulot ishlab chiqaradi-
gan va geografik yaqin bo‘lgan korxona va tashkilotlarni o‘z ichiga olgan “klaster”lar
yaratishdir. klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat ichida
joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo‘lgan
ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xiz-
matlarni uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobat-
bardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iborat.
Shuningdek, “klaster” tanlanma tadqiqotlarning bir usuli sifatida ham ifodalanadi.
quyida klasterning turli sohalarda qo‘llanilishi bo‘yicha ma’nolarini ko‘rib chiqamiz.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |