Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Ta’limda
klaster Bir tomondan, sanoat korxonalari bilan tarmoqqa oid xususiyat va sheriklik munosabatlarini birlashtirgan o‘zaro bog‘liq kasb ta’lim muassasalari majmuini tashkil etadi; ikkinchidan, fan-texnologiya-biznesning innovatsion zanjirida, asosan gorizontal bog‘langan zanjirda joylashgan, o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish va o‘z-o‘zini aniqlash vositalaridir. “klaster” nazariyasining asosi bo‘lib, Alfred Marshallning XIX asr oxirida yozilgan “ Iqtisodiyot prinsiplari” nomli asarida (1890) ixtisoslashgan tarmoq-sohalarning alohida hududlarda uyg‘unlashishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari hisoblanadi. Uning ilmiy xulosa- lari bo‘yicha ixtisoslashgan faoliyat yurituvchi subyektlarni hududiy uyg‘unlashuvi: – malakaviy mehnat resurslarining borligi; – ta’minotchi va qo‘shimcha sohalarning o‘sishi; – har xil firmalarni ishlab chiqarish jarayonining turli bo‘g‘inlariga ixtisoslashuvi- ning mavjudligiga asoslanganligi. “klaster” nazariyasini o‘rganish jahon hamjamiyatida tez sur’atlarda o‘sib bormoq- 109 da va uni amaliyotda qo‘llash esa milliy va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda. “klaster”nazariyasining ko‘p jihatliligi, unga nisbatan turli xil nazariy yondashuvlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. 1980-yillardan keyin “klaster nazariyasi”ning rivojlanishida 3 ta muhim (AqSH, Britaniya va Skandinaviya) ilmiy maktablar yutuqlarini ko‘rishimiz mumkin. AQSh olimlari: M.Porter “Raqobat ustunligi nazariyasi”, M.Enrayt, S.Rezenfeld, P.Maskell va M.Lorensenlar “Mintaqaviy klasterlar konsepsiyasi”, A.Marshall “Sanoat hududlari nazariyasi”, P.Bekatin “Italyan sanoat okruglari nazariyalari”, M.Storper “Ide- al” hududiy klaster” nazariyalarini yaratgan. qo‘shimcha qiymat va “klasterlar zanjiri uyg‘unligi, mintaqalarni o‘qitish konsepsiyalari” ham shu guruhdan o‘rin olgan. Aynan shu olimlar nazariyalarida klasterlar – ishlab chiqaruvchilar raqobat ustunligini oshirish- da yuqori samarali bo‘lib, ularning hududdagi ta’lim, fan, texnologik, iqtisodiy va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati bilan uyg‘unlashgan tizimi ekanligi ta’kidlanadi. Britaniya nazariyotchilarining (J. Danning, k.Brimen, Shmit, J. Xamfrilar) fikricha, klaster – o‘zaro hamkorlikdagi institutlar tizimi sifatida iqtisodiyotning asosini belgilovchi institutsional nazariyalardir. Bu holatda “klaster”ning o‘ziga “zamonaviy institut” sifatida qaralmoqda. Ular mazkur tizim qatnashchilarining o‘zaro munosabati turlicha – rasmiy va norasmiy bo‘lganidek, klasterlarning ham tashqi doirasi keng bo‘ladi demoqchilar. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling