Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Ta’lim klasteri bu – bir tomondan, sanoat korxonalari bilan tarmoqqa oid xusu-
siyat va sheriklik munosabatlarini birlashtirgan o‘zaro bog‘liq kasb-hunar ta’lim mu- assasalari majmuini tashkil etadi; ikkinchidan, fan-texnologiya-biznesning innovatsion zanjirida, asosan gorizontal bog‘langan zanjirda joylashgan, o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish va o‘z-o‘zini aniqlash vositalaridir. Ta’lim tizimiga klasterli yondashishni qo‘llashda quyidagi nazariy va metodik qoi- dalarga rioya qilish kerak: – klaster – innovatsion texnologiyalar asosida atrof-muhitni muhofaza qilish va ish- lab chiqarish vazifalarini bir-biriga bog‘liq holda hal etish, bir vaqtda, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan turli sohalarga mansub geografik jihatdan zich yashayotgan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi bozor subyektlarining tizimini anglatadi; – “klasterlar korxona va tashkilotlarning yaqinligi jamoatning muayyan shakllari mavjudligini va o‘zaro ta’sirning chastotasi va darajasini oshiradigan geografik min- taqada kuzatiladigan tarmoq shaklidir”; – klasterning oxirgi ta’rifi, tarmoq shakli sifatida, klasterlar fenomenining muhim ji- hatini tavsiflaydi, bu klasterlarni identifikatsiyalashda va ularning tizimini shakllantirish- da amaliy ahamiyatga ega; – klasterlar turli darajadagi yetuklik rivojlanish bilan tavsiflanadi. Ularni “kuchli”, “barqaror”, “potensial” va “yashirin” klassifikatsiyalarga ajratish mumkin; – “kuchli klaster” ishlab chiqarish aylanishining eng muhim bosqichlarini, raqobat- bardoshlik va barqaror raqobat afzalliklarini yaratuvchi ishtirokchilar o‘rtasidagi faol raqobatni aks ettiruvchi samarali tuzilma bilan tavsiflanadi. Demak, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatiga klaster tizimini joriy etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: – kasb-hunarlar bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini takomil- lashtirish; – o‘quvchilarning kasb-hunar o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; – ishlab chiqarish korxonalari va O‘ICHM o‘rtasida uyg‘unlashgan hamkorlikni ta’minlash; – O‘ICHMni bitirgan o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga yoki ishlab chiqa- rish, xizmat ko‘rsatish faoliyatiga yo‘naltirishga ko‘maklashish; – “kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda O‘ICHMlarning huquq va majburiyatlarini belgilash; – zamonaviy kasb-hunar bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, elektron vositalar yaratish; – amaliy mashg‘ulot, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun mustahkam moddiy-texnik bazani tashkil qilish; – mohir ustalar, hunarmandlar, ishbilarmonlar, tikuvchilar, novvoylar va boshqa kasb egalarining ish tajribalaridan foydalanish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling