Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi bes-
hiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabar-
ruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib 
chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan 
dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng 
yuqori bosqichga ko‘tarilishida yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning 
xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. 
Ma’lumki, ko‘pgina mamlakatlar o‘z ona tiliga ega. Tillarning ayrimlari xalqaro ma-
daniy aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bunday tillar xalqaro, mil-
latlararo va davlatlararo madaniy aloqalarni o‘rnatishda ahamiyatli ravishda o‘z his-
sasini qo‘shadi. Bu orqali xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar yanada 
rivojlanadi,  axborot  almashinuvi  kengayib,  xalqaro  diplomatik  munosabatlar  yanada 
faollasha boradi. Tili, an’ana va urf-odatlari bir-biriga yaqin qardosh xalqlar o‘rtasidagi 
hamkorlikning tobora mustahkamlanishida madaniy aloqalarning o‘rni alohida ahami-
yat kasb etadi
1
.
Til va madaniyatni o‘rganish – ta’limda bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan qism bo‘lib, 
bugungi kunda til o‘rganish sohasi doimo muhim ahamiyat kasb etadigan, maqsadga 
yetaklaydigan birlamchi asos hisoblanadi va u ham xitoy tilini chet tili sifatida o‘rgatish 
sohasida katta e’tibor qaratadigan asosiy nuqtaga aylantiradi. 
Madaniyat keng va murakkab tushunchadir, til – madaniyatning bir qismi bo‘lib, 
chuqur ijtimoiy tasavvurga ega. Til orqali madaniyatni tushunish, bu – tilni tushunish va 
to‘g‘ri qo‘llash, madaniy savodxonlikda muloqot qilishda to‘g‘ri chiziqni shakllantiradi. 
Umuman olganda, madaniy ta’limning afzalliklari til va madaniyatning kommunikativ 
xulq-atvor orqali tabiiy integratsiyasi natijasi hisoblanadi.
XX asrning 80-yillaridan buyon mamlakatimizda G‘arb tili va madaniyatini o‘qitish 
nazariyasidan ta’sirlanib, tilni o‘qitish orqali madaniyatga ham qiziqish orta boshladi.
Xitoylik olim Shu Jongven lingvokulturologiyani o‘rgatuvchilarning eng birinchilar-
dan  biri  bo‘lib,  u  chet  til  bilan  muloqot  qiluvchi  xitoy  talabalarining  pragmatik  kam-
chiliklarini tahlil qildi, beshta til bilan bog‘liq madaniy to‘siqlarni o‘rganib chiqdi va tilni 
o‘qitishda madaniyatni ajratib bo‘lmasiligini takidladi
2
.
1987-yildan  keyin  chet  tilda  muloqotni  o‘qitish  nazariyasi  yurtimizga  kirib  keldi, 
aynan  shu  paytda  “Lingvokulturologiya”  –  chet  tilda  muloqot  qilish  vazifalarini  ilmiy 
tushunishga qiziqish to‘xtovsiz ravishda rivojlandi. 
1988–1990-yillarda xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitishda muammo va vazifalarni 
o‘rganuvchi ilmiy tadqiqot boshqarmasi tashkil qilindi va shundan keyin xitoy tilini chet 
tili sifatida o‘qitishda madaniyatlararo muloqot nazariyalari o‘rganila boshlandi.
Tilni o‘rganish tilning madaniy bilimlarini tushunish bilan uzviy bog‘liqdir. Suhbat-
doshning madaniy qobiliyatini tushunish, aloqalarning o‘zaro bog‘liqligi bilan samarali 
amalga oshirishga ko‘mak beradi.
Buni quyidagicha tadqiq etish mumkin:
Birinchidan, xitoy tilining o‘zini olib qaraganda uning rivojlanish tarixi uzun, boy 
madaniy merosi va madaniy axborotni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchidan, o‘rganuvchilar nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, xitoy tilini chet 

karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008, 22-b.

Yuan Xua. Xitoy tilini chet til sifatida xitoy madaniyatini ham o‘rgatish. // Pekin pedagogika ilmiy 
jurnali, 2003-yil, 30-b. 


115
tili sifatida o‘qitadigan maxsus guruh bo‘lib, ular xitoy tilini o‘rganishdan oldin o‘zlari-
ning  milliy  madaniyatidagi  xulq-atvor  va  madaniy  psixologiyasi  shakllanganligi,  shu 
sababli  xitoy  madaniyati  va  psixologiyasi  bilan  farqli  yoki  ziddiyatlarga  ega  bo‘lishi 
mumkinligi yuzaga chiqadi.
Madaniyatning xilma-xil rivojlanishiga qaraydigan bo‘lsak, ko‘p millatli davlatlarda 
madaniyatlararo hamkorlik birdamlik va birgalikda rivojlanmoqda. Millatlarning mada-
niyatlari ham turlicha, turli madaniyat o‘rtasidagi almashinuv, muloqot va o‘zaro aloqa-
lar jamiyat va madaniy taraqqiyotning rivojlanishini tashkil etuvchi asosiy motivatsiya-
lardan biridir. 
Insoniyat  tarixining  rivojlanish  tajribasiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  insoniyat 
jamiyatning uzluksiz rivojlanishi mumkin bo‘lgan turli etnik madaniyatlari bilan o‘zaro 
bog‘liq. 
Xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitish uzoq davrga borib taqaladi va bunda asosan 
tilning leksika, grammatika va lug‘atlariga e’tibor qaratilgan, tilni o‘qitishda madaniyat 
va madaniy muloqotga e’tibor qaratilmagan. 
O‘tgan asrning 70-yillarining oxiridan boshlab ijtimoy tillar, pragmatikalar, mada-
niy lingvistika va madaniyatlararo muloqot, xitoy madaniyati va tilini uyg‘unlashgan 
holda o‘rgatish kabi nazariyalar ta’siri ostida qizg‘in muhokamalar jadal ravishda ri-
vojlandi. 
Xitoylik olim Shi Jongying madaniyat haqida quyidagicha fikr bildirgan: “Madani-
yatning minglab tariflari bor, xitoy tili va madaniyati turli yondashuvlarda o‘rganuvchi 
davlatlar turli davrlar, turli fanlar va turli odamlar turli fikrlarga ega bo‘lishgan”
3

O‘qitish amaliyotida xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitishda madaniy ta’lim ikki yo‘nalish-
da olib boriladi: biri madaniy ta’limni mahorat darsiga to‘g‘ri kelishi, ikkinchisi esa, max-
sus madaniy yo‘nalishni tashkil etishdir. 
Jao Sianxouning fikricha, xitoy tilini chet til sifatida o‘qitishda madaniyatni tatbiq eti-
lishida ta’riflanishi kerak bo‘lgan prinsiplar “bosqichlilik, darajalilik, me’yoriylik va ilmiylik”-
ni o‘z ichiga oladi va bundan keyin xitoy tilini chet til sifatida o‘qitish uchun madaniyatni 
joriy etish xitoy tilini chet tili sifatida o‘rgatishning organik qismi sanaladi. “Umumiy tu-
shunchasi, taqqoslash tushunchasi, qo‘llash tushunchasi va o‘tish tushunchasi” madani-
yatni boshlang‘ich nuqtaga aylantirish, til va madaniyatni integratsiyalashtirib o‘qitishning 
boshlanish nuqtasi sifatida qabul qilishimiz kerak
4

1996-yil Lin Guoli madaniy omillarni belgilab berdi, birinchidan, til va madaniyat-
ning quyi va yuqori aloqalarini ta’kidlaydi va tilni madaniyatning ajralmas qismi deb hi-
soblaydi, bundan tashqari, madaniy omillar ham tilning bir qismi, ikkinchidan, madaniy 
omillar tilda fonetika, grammatika va leksika darajasidek muhim o‘rinda baholanadi
5

 Ju Jang xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda “Madaniyatni har tomonlama ehti-
yojni qondirish uchun kengroq va ko‘proq madaniyat tushunchasini yaratish o‘rinli deb 
hisoblagan”
6
.  
Xitoy tilini o‘qitish boshqarmasining fikriga ko‘ra, “madaniy omillarni xitoy tilini chet 
tili sifatida o‘qitishning roli”, “xitoy madaniyati va chet el madaniyatining ikki tomonlama 
3
 Shi Jongying. Madaniy xarakterni o‘rgatish. Shan Si o‘quv nashiryoti, 2003-yil, 83-b.
4
 Jao Sianjou. Xitoy tilini chet til sifatida o‘qitishdagi muhokama. Xitoy tilini o‘rganish jurnali, 1994-yil, 
54-b.
5
 Jang Ying. Xitoy tilini chet til sifatida o‘qitishda madaniy materiallarni tadqiq qilish. 2004-yil, 55-b.

Lin Guolin. Xitoy tilini chet til sifatida o‘qitishda madaniy omillarning sifatini va ko‘lamini aniq-
lashni tadqiq qilish. 1996-yil, 100-b. 


116

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling