“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
yoki ko‘p tomonlama o‘rganish”, shuningdek, “xitoy tili va xitoy tilini o‘qitishda xorijliklar-
da xitoy madaniyatini qabul qila olishi va xitoy madaniy bilimlarini shakllantirish jarayo-
nidagi roli”ni nazariy asos sifatida o‘rganishni aniqlab olish maqsadga yaqinlashtiradi.
7
Xulosa qilib aytganda, til va madaniyat o‘rtasida tabiiy munosabat mavjud bo‘lib,
til rivojlanishining tarixi ham madaniyatga bog‘langan. Xitoy tilini chet til sifatida o‘qitish
til o‘qitishning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, xitoy tilini o‘qitishda madaniyatni ajratib
o‘rgatib bo‘lmaydi. Bu ilmiy jihatdan juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, zamo-
naviy davrda nafaqat xorijliklarga, balki o‘zbek o‘quvchilariga ham xitoy tilini o‘qitishni
yangicha yondashuv deyish mumkin. Madaniyat nuqtayi nazaridan xitoy tilini o‘qitish-
ga qaraydigan bo‘lsak, xitoy tilini o‘qitishdagi rivojlanish tarixi tajribasidan ham bilish
mumkinki, xorij va xitoyda ham xitoy til va madaniyatini o‘qitish davr talabi hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham xitoy tiliga bo‘lgan qiziqish kuchayib, yoshlar orasida juda
katta qiziqish paydo bo‘lmoqda. O‘quvchilar xitoy tilida muloqot qilish uchun til ortida
turgan madaniyatni ham o‘rganishi natijasida muloqot vaqtida ziddiyatlar bo‘lmasligi-
ning oldi olinadi. Xitoy tili va chet tillarni o‘qitishning asosiy maqsadi yoshlarning ko‘p
madaniyatli dunyoda kundalik, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va kasbga oid hamda xalq xo‘ja-
ligining boshqa sohalarida faoliyat va muloqot olib borishda erkinlik va teran fikrga ega
bo‘lishini shakllantirish va rivojlantirish mujassam.
Do'stlaringiz bilan baham: |