Murodjon AXMЕDOV,
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti doktoranti (Phd)
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI RAHBAR
vA MUTAXASSIS XODIMLARINING MALAkA
OSHIRISH TIZIMINI TAkOMILLASHTIRISH
Y
urtimizda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning
bosh maqsadi intellektual salohiyatli, yetuk malakali kadrlar tarkibini shakl-
lantirishdan iborat. Ayniqsa, keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi rahbar va mu-
taxassis xodimlarining kasbiy mahoratlarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar
o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, tizimda amalga oshirilgan islohotlar samarasi
o‘laroq, xalq ta’limi tizimining pedagog kadrlari oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil
etilgan markazlarda, rahbar va mutaxassis kadrlar esa, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi
tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institu-
tida o‘z malakalarini oshirmoqda.
Bugungi kunda ta’limi tizimi zimmasiga ulkan vazifalar yuklatilgan. Shu nuqtayi
nazardan tizim oldida turgan strategik vazifalarning bajarilishida yuqori malakali rah-
bar va mutaxassis xodimlarga ehtiyoj yanada oshdi. Bu esa, mazkur kadrlarning bilim
saviyasini doimiy oshirib borishni talab etadi.
Bu borada A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tayanch ta’lim muassasasi sifatida,
Do'stlaringiz bilan baham: |