Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

Annotatsiya


85
ularning uzluksiz malaka oshirishi uchun mas’ul ta’lim muassasasi hisoblanadi. Maz-
kur institutga yuklatilgan vazifalar orasida rahbar va mutaxassis xodimlarning uzluksiz 
ta’limi sifatini oshirish kun tartibida birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo‘lgan masa-
lalardan hisoblanadi. 
Uzluksiz  ta’lim  muammolarini  tadqiq  etishga  oid  adabiyotlarda  “uzluksiz  ta’lim” 
tushunchasini bir-biridan farqlanuvchi bir necha jihatlarini keltirib o‘tishadi
1
. Ular o‘rta-
sida alohida farqlanuvchi quyidagi uch yo‘nalishni keltirish mumkin.
1.  Hayot davomidagi ta’lim (life-long learning, LLL).
2.  katta yoshlilar ta’limi (adult education).
3.  Uzluksiz malaka oshirish ta’limi (continuing vocational education and training).
Hayot davomidagi ta’lim – bu ta’limning davomiyligi inson hayoti mobaynida amal-
ga oshirilishini nazarda tutadi. Hayot davomidagi ta’lim olish turli shakllarda, ya’ni dav-
lat tomonidan belgilangan (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy, oliy ta’lim-
dan  keyingi  ta’lim  va  malaka  oshirish)  ta’lim  va  hayotiy  ko‘nikmalarni  shakllantirish 
maqsadida mustaqil ta’lim bo‘lishi mumkin.
Bizning tadqiqot obyektimiz katta yoshlilar ekanligini hisobga olib, uzluksiz ta’lim-
ning “katta yoshlilar ta’limi” va “uzluksiz malaka oshirish ta’limi” yo‘nalishlari bo‘yicha 
atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
katta yoshlilar ta’limi – bu yangi bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish maqsadi-
da tizimli va doimiy mustaqil o‘qib bilim orttirishdir
2
. Uzluksiz ta’lim jarayonlarining “kat-
ta  yoshlilar  ta’limi”da  ta’lim  oluvchilarning  kontengenti  xususiyatlari  hisobga  olingan 
holda o‘qitish va ta’lim sifatini baholash texnologiyalari ajralib turadi. katta yoshlilar 
ta’limining eng asosiy jihati shundaki, ular amaliy ish tajribalariga, malaka va ko‘nikma-
larga ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan katta yoshlilarning bilim olish istagini va mus-
taqil yo‘naltirilgan bo‘lishini hisobga olib, bilim berishda ularning ehtiyojlarini hisobga 
olish talab etiladi
3
. Bundan tashqari katta yoshlilar ta’limini tashkil etishning o‘ziga xos 
xususiyatlari bo‘lib, asosiy ishidan ajralmagan holda yoki belgilangan o‘quv soati va 
belgilangan muddat doirasida amalga oshiriladi. Masalan, bugungi kunda xalq ta’limi 
rahbar  va  mutaxassis  xodimlarining  an’anaviy  shaklda  malakasini  oshirish  muddati 
bir oyni, uning davriyligi uch yilni tashkil etib, o‘quv rejadagi 144 soatga mo‘ljallangan 
bilimlarni o‘zlashtirishlari talab etiladi. 
Uzluksiz malaka oshirish ta’limi (UMOT). UMOT termini ta’lim oluvchilarning pro-
fessional  vazifalari  doirasidagi  bilimlarini  muntazam  oshirib  borishni  nazarda  tutadi. 
Tadqiqot ishimiz misolida, xalq ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi rahbar va mutaxassis 
xodimlarning boshqaruv va kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borilishi jumladan, 
qisqa muddatli maqsadli, muammoli va mualliflik o‘quv kurslarini tashkil etish, ularning 
bilim sifati va samaradorligini yanada ortishiga va tizimda malakali xodimlar salmog‘ini 
ortishiga xizmat qilmoqda. 
Jumladan, qisqa muddatli maqsadli kurslar – xalq ta’limi xodimlariga o‘qitishning 
yangi usul va texnologiyalarini, Davlat ta’lim standartlarini, o‘quv reja va dasturlarni, 

Г.а.ключарев. М. формирование общества, основанного на знаниях. новые задачи выс-
шей школы. Доклад всемирного банка. – М.: весь мир, 2003; непрерывное образование и по-
требность в нем // наука, 2005. Faure, E., Herrera, F., kaddoura, AR. Petrovsky, Av, Rahnema, M. 
and Ward, FC. Learning To Be: The world of education today and tomorrow, UNESCO, – Paris, 1972. 
346 p.
2
 Merriam, Sharan B. & Brockett, Ralph G.
 The Profession and Practice of Adult Education: An 
Introduction. Jossey-Bass, 2007, p. 7. ISBN 978-0-78790-290-2
3
 Adult Education. The Canadian Encyclopedia. Retrieved. 19 October, 2014.


86

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling