Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Gulasal AHMEDOVA,
Andijon viloyati Izboskan tumani 10-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O‘qITISHDA ZAMONAvIY TEXNOLOGIYANING AhAMiYATi 89 o‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi, o‘qituvchi- ning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishi nazar- da tutilganligini aytish mumkin. Zamonaviy texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, o‘quvchilarni bilimli hamda yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiri- tish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol – o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Dars jarayonida bir nechta metodlardan o‘rinli foydalanish darsning samaradorli- gini oshiradi, o‘quvchini faollashtiradi. Ta’lim shakli, metodlari sinfdan sinfga o‘tgan sari oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borilishi, quyi (2-4) sinflarda ko‘proq rasm- lar, narsa-buyumlardan foydalanish, slaydlar, audio va videolavhalardan foydalanish, darslarda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biroq ulardan o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda foyda- lanish lozim. Ta’limiy o‘yinlarni qo‘llashda me’yorni bilish kerak, ularni haddan ziyod ko‘paytirib yuborish o‘quvchini dars maqsadidan chetlashtirib qo‘yishi mumkin. Ona tili darslarida grammatik jadvallar, test, rasmlar, muhokamali topshiriqlar, har xil mantiqiy vaziyatlar, boshqotirmalar, yozuvchi va shoirlarning hayoti, ijodi, ularning boy madaniy merosini tushuntirish uchun multimedia vositalaridan, videoroliklardan, elektron darsliklardan foydalanish yaxshi natija beradi. Boshlang‘ich sinflarida ona tili darslarida grammatik jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bunda grammatik jadvallarni innovatsion shaklda ishlab chiqish juda dolzarbdir. Masalan, 4-sinf o‘quvchilari boshlang‘ich ta’lim daraja- sidan kelgusida yuqori sinfga qadam qo‘yish davrida bo‘lib, ularda har bir predmetni quyi sinflarda o‘rgangan bilim darajasiga bog‘lagan holda tasavvur qilishini nazarda tutish lozim. Bunda esa grammatik jadvallar o‘quvchilarning tasavvur va fikrlash qobiliyatini oshi radi. Grammatik jadvallarning eng muhim jihati o‘quvchi undagi ma’lumotlarni ko‘rish orqali xotirasida saqlaydi. Biz o‘quvchining eshitganidan ko‘ra ko‘rgani ko‘proq yodida qolishini hisobga ol- gan holda, quyida 4-sinf “Ona tili” darslarida o‘tiladigan “So‘z turkumlari”ni (1-jadval) o‘rganishda samarali bo‘lgan grammatik jadvallardan namunalar keltirib o‘tamiz. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling