Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
Lingvistika fani – lingvistlar kommunikatsiyani nutqiy faoliyat va tilning kommuni-
kativ vazifasi sifatida tushunishadi. Pedagogika fani – pedagoglar kommunikatsiyani ta’lim jarayonining subyektlari (pedagoglar, o‘quvchilar)ning o‘zaro hamkorligidagi o‘ziga xos shakli, ijtimoiy tajribani berish va qabul qilib olishdagi so‘zlashuv va boshqa belgilar tizimi sifatida o‘rganishadi. Shuningdek,pedagogika tashqi muhit bilan ko‘pgina kommunikatsiyalar orqali bog‘liq bo‘ladi. Tashqi muhit va mavjud munosabatlar pedagogik tizimning harakat- lanishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Axborotlarning pedagogik tizimga kelib tushishi va undan qayta uzatilishi tizim komponentlarining o‘zaro va butun bir tizim bilan hamda tizimning tashqi muhit bilan aloqa qilish uslublari hisoblanadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan talqinlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, har sohada, yo‘nalishda kommunikatsiya o‘ziga xos jihatlarni aks ettiradi. Lekin barchasidagi aso- siy birlamchi vazifa – o‘zaro muloqot va bog‘liqlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lganligi sababli ham fanlar predmetidan kelib chiqadigan tabiat, borliq, jamiyat, insonning o‘zaro ham- korlikda bir-biri bilan bog‘liq holda tasavvurga namoyon bo‘lishi va reallikka aylanib borishi bilan yuzaga keladi. Shu sababli ham kommunikatsiya o‘z ichiga o‘ziga xos murakkab tarkibiy qismlarni qamrab olgan jarayon sifatida tadqiq etiladi. Jamiyatda har bir inson o‘z qarashlari bilan individuallikka, insoniyat sifatida umu- miy xarakterga ega bo‘lib boradi. Aynan mana shu jarayonda kommunikatsiyaning va- zifasi – bir tarafdan ikkinchi tarafga xabarning o‘tkazilishi, individlar orasidagi ma’lumot almashinuvida namoyon bo‘ladi. Bugungi kundagi “kommunikatsiya” atamasining zamonaviy talqini: 97 – moddiy yoki ma’naviy dunyoning turli obyektlari (aloqa); – muloqot, bir shaxsning ikkinchi shaxsga ma’lumoti; – omma (jamoa)ga ta’sir qilish (jamiyatda). “Kommunikatsiya” borasidagi ilmiy nuqtayi nazarlar: Amerika olimi A.Faberning “kommunikatsiya” tushunchasiga yondashuvi: kom- munikatsiya jarayoni va uning davomidagi harakat insonlar orasidagi rivojlanuvchi hamkorlik modelini yaratishga xizmat qiladi. Professor S.L.Rubinshteyn yondashuvi: kommunikatsiya boshqa shaxsni tu- shunish va anglashga bo‘lgan ehtiyoj asosida paydo bo‘lgan. Ya’ni insonlarning o‘za- ro muloqotga kirishishi natijasida maqsad yotadi yoki aksincha, maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun shaxslar bir-birini anglashga ehtiyoj sezadilar. kommunikatsiya insonlar orasidagi aloqani o‘rnatish va ri voj lantirishning murak- kab va ko‘p tabaqali hamda o‘z ichiga ma’lumot almashinuvini qamrab oluvchi, ham- korlikning barcha uchun umumiy bo‘lgan strategiyasini ishlab chiquvchi hamkorlik fa- oliyatidagi jarayondir; 2 Umuman olganda kommunikatsiyani bu kabi anglash jamoat va shaxslararo mu- nosabatlarning uzliksizligini tan oladigan metodologik qarashlarga asoslangan bo‘lib, buning o‘zi ham kommunikatsiyaning xarakterini ochib beradi. Bu xususida, M.M.Alekseyeva o‘z fikrini bildirib, kommunikativ jarayonni yuzaga keltiruvchi omillarni uchga bo‘lib o‘rganilishi kerak deb ta’kidlaydi: 3 Birinchidan, kommunikativ jarayon bevosita muloqot, kommunikatsiya hara- katlaridan tashkil topgan bo‘lib, unda kommunikantlar (muloqot qiluvchilar) ishtirok etishadi. Odatiy hollarda ishtirokchilar soni ikkitadan kam bo‘lmasligi lozim. Ikkinchidan, kommunikantlar mana shu, biz muloqot deb nomlagan harakatni amalga oshirishlari, ya’ni nimadir qilishlari (so‘zlash, destikulyatsiya, o‘zining tash- qi ko‘rinishidan aniq bir hissiyotlarni, masalan, taqdim etilayotgan xabarga bo‘lgan emotsional bahosini “o‘qib” olishlari uchun sharoit yaratish) shart. Uchinchidan, aniq bir kommunikativ aktda aloqa kanalini aniqlash darkor. Yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyatlarga ega bo‘lish, boshqa insonlar bilan aloqa bog‘lash va uni muntazam ushlab turishda deb hisoblaydigan bo‘lsak, bir qator tad- qiqotchilar, xususan, Yu.M. Jukov, L.A. Petrovskayalar tomonidan kommunikativ kom- petensiya bu – qobiliyat deb ajratib belgilab berildi. Aytish mumkinki, kommunikatsiyani tavsiflash masalalarida fikr va qarashlar bir-bi- rini inkor etmaydi, aksincha, kommunikatsiya ijtimoiy hamkorlik sifatida o‘rganiladi. O‘z navbatida, kommunikatsiyaga parallel bo‘lgan muloqot tushunchasi haqida to‘xtalamiz. “Muloqot” (kommunikatsiya) – bu insonning o‘zaro munosabatlar va hamkorlik sharoitida yashash uslubidir. Muloqot jarayonida insonlar ma’lumot – fikr, g‘oya va tuyg‘ular almashishadi, buning natijasida insonlar orasida aniq bir o‘zaro munosabat- lar shakli yo‘lga qo‘yiladi. Insonning psixikasi, uning rivojlanishi, aqliy takomillashishi va madaniy axloqining shakllanishida muloqot katta mohiyat kasb etadi. O‘rganishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga psixologik rivojlangan shaxslar bilan muloqot orqali, inson o‘zining barcha oliy sermahsul qobiliyatlari va sifatlariga ega bo‘ladi. Barkamol 2 Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии – СПб: Питер, 2002. – С. 451. 3 алексеева М.М., Яшина в.И. Методика развития речи и обучения родному языку дошколь- ников. Учеб. пособие для студ. высш. и сред. пед. учеб. заведений. – 3-е изд., стереотип. – М.: академия, 2000. – С. 400. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling