Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
shaxslar bilan faol muloqot orqali o‘zi ham yetuk shaxsga aylanib boradi.
“Muloqot” – insonlar orasidagi aloqani o‘rnatish va rivojlantirishning murakkab va 
ko‘p bosqichli jarayoni bo‘lib, bunga o‘z ichiga kamida uch turdagi boshqa jarayonni 
qamrab olgan hamkorlikdagi faoliyat ehtiyojini yaratadi:
– kommunikatsiya (ma’lumot almashinuvi);
– interaksiya (harakat almashinuvi);
– ijtimoiy persepsiya (partnyorini his qilish va tushunish).
Dastlab  muloqot  tushunchasining  pedagogik  jihatini  ko‘rib  chiqadigan  bo‘lsak, 
muloqot pedagoglarning o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish jarayonida ham, ular bilan 
bevosita  muomala  qilishda  ham  amalga  oshiriladi.  Boshqarish  vositasi  bo‘lgan  mu-
loqot, faoliyatdan oldin bo‘ladi va albatta, pedagoglar bu faoliyatga o‘quvchilarni jalb 
qiladilar. Bunday xolda muloqot orqali o‘quvchilarning faoliyatini tashkil etish yuzasi-
dan muayyan yo‘l-yo‘riq beriladi va uni amalga oshirish jarayonida munosabat norma-
lari kiritiladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muloqot o‘quvchilarning faoliyatiga hamrohlik 
qiladi. U orqali pedagog faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish usullariga tuzatishlar 
kiritadi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarning, umuman, jamoaning kuch-g‘ayratini faoli-
yat ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarini muvoffiqlashtiradi. Shu-
ni ta‘kidlash kerakki, muloqot vazifalarini qulay tarzda amalga oshirish uni pedagogik 
muomala, ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan muloqotning yuqori darajasi 
deb ta‘riflash imkonini beradi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi xuddi shunday darajaga eri-
sh mog‘i lozim. 
Muloqot orqali ta’sir etish, muloqotga kirishish zarur. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
pedagogik jarayonning borligi o‘qituvchiga munosabatni ijodiy hissiyotlar asosida tash-
kil etishga, bolalar bilan psixologik muloqot o‘rnatishga imkon beradi. O‘qituvchi o‘quv-
chilarga  biron-bir  narsani  o‘rgata  olishi  uchun  ular  bilan  muloqotga  kirishishi  shart. 
Umuman olganda muloqot odamlar o‘rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan ke-
lib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishning ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda 
faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayriboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunday ax-
borot  ayriboshlanishi  muloqotning  kommunikativ  jihati  sifatida  ta‘riflanishi  mumkin. 
Muloqotning ikkinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati 
nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar, xatti-harakatlar bilan ham 
ayriboshlashdan  iborat.  Muloqotning  uchinchi  jihati  munosabatga  kirishuvchilarning 
bir-birlarini  idrok  eta  olishlarini  taqozo  qilishdir.  kishi  birgalikda  faoliyat  ko‘rsatayot-
ganda zaruriyatga ko‘ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishi, 
ya‘ni aloqa o‘rnatishi, o‘zaro hamjihatlilikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob 
tariqasida axborot berishi lozim. 
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va qobilyatlarini ri-
vojlantirish har bir kishi uchun dolzarbdir. Xususan, kishining o‘z “Meni” ham atrofda-
gilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Avvalo, shaxsning hayot yo‘llari 
oilada keyinchalik bog‘cha, maktab, oliygoh, ishxona, keksalar orasda ya’ni guruh va 
jamolarda  rivojlanadi.  Biz  guruh  va  jamoaga  kirar  ekanmiz,  doim  unda  turli  rollarni 
bajarishga to‘g‘ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o‘ynasak, kasalxonada bemor, 
do‘konda xaridor, oilada ota yoki ona, ota-ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz. 
Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishidirki, uning yordamida 
odamlar bir-birlari bilan o‘zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o‘zaro axborot alma-
shadilar, bir-biriga ta’sir o‘tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar. 
shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha 


99
sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, 
motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan turli 
xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog‘liq bo‘lib, 
shaxslararo  munosabat,  barkamol  avlod,  komil  inson  g‘oyalarini  anglatadi.  Muloqot 
muvaffaqiyatining  negizi  shaxsning  ruhiy  dunyosi,  ehtiyojlar  motivatsiyasi,  xarakter 
xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifat-
lari namoyon bo‘lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning 
tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari, ko‘nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, 
ta’sir o‘tkazish uslubi tarkib topishi mumkin.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o‘zini o‘zi tuzatish, qayta tarbiyalash, 
shaxsiy imkoniyatini ro‘yobga chiqarish uchun zamin hozirlab, komillik sari yetaklay-
di. Odamlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar jarayonida g‘ayritabiiy ijtimoiy holat 
yoki hodisaga ongli tayanish o‘zini o‘zi mukammallashtirish, o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqa-
rish, baholash va o‘ziga o‘zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot 
bosqichidir. Shuningdek, muloqotga kirisha olmaslik holati ham mavjud bo‘lib, uning 
asosiy sababi bu – o‘zini ortiqcha yoki past baholash tufayli uni qurshab turgan odam-
larga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabatdir. Buni oldini olishda quyidagilarga ahamiyat berish 
orqali ijobiy samaraga erishish mumkin:
– hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zo-
lari o‘rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqos-
lash imkoniyatini yuzaga keltirish;
– muloqotda ichki munosabatlar tizimida a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga 
qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
– insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to‘g‘risida axborotni 
egallashga oid maxsus mashg‘ulotlarni uyushtirish;
–  shaxslararo  munosabatlar  va  muloqot  usullariga  mo‘ljallangan  ishbilarmonlik 
o‘yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
“Muloqot” tushunchasi ham “kommunikatsiya” tushunchasi kabi turli fan yo‘nalish-
larida o‘rganiladigan va tasvirlanadigan kategoriyalardan biridir.
Bir qancha psixolog olimlar muloqotning ijtimoiy muammolarini o‘rganishib, unda 
shaxsni rivojlantirishda muloqotning imkoniyatlarini aniqlab olishni yuqori bosqichga 
olib chiqishadi. Pedagoglar esa bir tarafdan muloqotni tarbiya jarayonining tarkibiy qis-
mi deb, ikkinchi tarafdan pedagogning kasbiy madaniyati tavsifi sifatida o‘rganishadi. 
kommunikatsiya  nazariyasi  asoslari  bo‘yicha  madaniyat  va  kommunikatsiya  o‘zaro 
munosabatlari,  madaniyat  va  xulq-atvor,  etika  va  madaniyat  muammolariga  diqqat 
qaratilgan madaniyatlararo kommunikatsiyaning tadqiqotlari natijasi sanoqli manbalar 
guruhini tashkil etadi. Sanab o‘tilgan fan yo‘nalishlarining har biri “muloqot” tushun-
chasining  turli  nuqtalaridan  o‘rganadi,  shu  sababli  bu  tushunchaga  berilgan  ta’riflar 
orasida farq bo‘lishi mumkin, lekin ulardagi kommunikatsiyaning maqsadi uyg‘unlikda 
kechadi, buni L.S.vigodskiy, A.A.Leontev, T.Parsons, k.Cherri kabi olimlarning “kom-
munikatsiya” va “muloqot” sinonimik xarakterga ega bo‘lishi va ular o‘zaro almashinishi 
mumkin, degan qarashlarni ham isbotlaydi.
Atamashunoslik lug‘atlarida muloqot ikki yoki undan ortiq kishilarning aqliy yoki 
hissiy ma’lumotlar, tajriba, bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar almashinuvidan iborat bo‘lgan 
hamkorlikdagi faoliyati deb ta’riflanadi.
4
Boshqa bir pedagogikaga oid lug‘atda muloqot – boshqa bir inson yoki insonlarga 

Давыдов Ю.н. Современная западная социология: Словарь. – М., 1990. С. 432.


100

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling