TA’LIMDA IQTISoDIYoT vA MoLIYALASHTIRISH
h
ar qanday davlatning rivojlanishi o‘sha davlatda olib borilayotgan ta’lim-tar-
biya natijasiga bog‘liq ekanligi ma’lum. Ta’lim-tarbiyani takomillashtirmay
turib ma’naviy boy va barkamol insonni tarbiyalash mushkul. Bozor iqtisodi-
yoti sharoitida va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish
muhim vazifa sanaladi. Shu bois bu sohada pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda.
Hayotda yangi sifat o‘zgarishlari yuz berishi uchun yoshlarga fanning turli soha-
lariga, xususan, iqtisodiy bilimlarga katta qiziqish uyg‘otish lozim. Buning uchun esa
barcha moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy shart-sharoitlarni yaratish va ta’lim-tarbiya ishlarini
tashkil etish ota-onalar, o‘qituvchilar va shu sohaga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarning
bevosita burchi hisoblanadi.
Annotatsiya
Maqolada o‘quvchilarda iqtisodiy bilimini shakllantirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib,
iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy tarbiya mazmuni, yoshlarda iqtisodiy tafakkurning shakllanti-
rilishi, tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob kabi
sifatlarning paydo bo‘lishini ta’minlashi to‘g‘risida mulohazalar bildiriladi. O‘z o‘rnida iqtisodiy
tarbiya mazmunini yoritib beruvchi Abu Nasr al-Farobiy, Ahmad Yugnakiy, Ibn Sino, Abdulla
Avloniy qarashlaridan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar. Iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy tarbiya mazmuni, yoshlarda iqtisodiy tafak-
kur, iqtisodiy hisob-kitob, iqtisodiy kompetentlik.
Статья посвящена вопросам формирования экономической грамотности у учащихся.
автор на основе взглядов абу насра аль-фараби, ахмада Югнаки, Ибн Сины и абдуллы
авлони на экономическое воспитание отмечает, что его сущность заключается в
формировании экономического мышления, бережливости, трудолюбия, инициативности,
навыков предпринимательств, экономического учёта у молодёжи.
Do'stlaringiz bilan baham: |