Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

Shoira NIZAMOVA,
Guliston Davlat universiteti huzuridagi Sirdaryo viloyati
XTXqTMOHM katta o‘qituvchisi
O‘qUvCHILARGA IqTISODIY BILIM BERISHDA 
TA’LIM vA TARBIYA UZvIYLIGI


102
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
Hozirgi yoshlarga iqtisodiy bilim berishda ta’lim va tarbiya uzviyligi juda muhim 
sanalanadi. Ana shu jihatdan olib qaralganda, bugungi o‘quvchilarning iqtisodiy savod-
xonligini oshirish dolzarb masalalardan biridir.
Buning  uchun  esa  ta’lim-tarbiyani  izchil  yo‘lga  qo‘yish  zarur. Ayniqsa,  iqtisodiy 
ta’lim-tarbiya  bo‘yicha  darsdan  tashqari  fakultativ  kurslar,  amaliy  mashg‘ulotlar,  turli 
tadbirlar tashkil etish ijobiy samara berishi mumkin. Iqtisodiy tarbiya natijasida ta’lim 
oluvchilarda  mehnatsevarlik,  tashabbuskorlik,  ishbilarmonlik,  uddaburonlik,  iqtisodiy 
hisob-kitob yuritish ko‘nikmalarini kamol toptirish nazarda tutiladi. 
Iqtisodiy tarbiya – ijtimoiy tarbiyaning bir turi bo‘lib, iqtisodiy malaka va ko‘nikma-
larni egallashning mazmuni, usuli hamda tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Iqtiso-
diy tarbiya iqtisodiy bilim va iqtisodiy savodxonlik asosida olib boriladi. Iqtisodiy bilim 
– ishlab chiqarish jarayonining mohiyati hamda iqtisodiy munosabatlar mazmunini yo-
rituvchi asosiy ma’lumotlar majmuidir. Iqtisodiy savodxonlik – ishlab chiqarish, xo‘ja-
lik faoliyati, iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar borasidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga 
ega bo‘lish. 
Iqtisodiy  ta’lim-tarbiya  jarayoni  shaxsni  maqsadga  muvofiq  takomillashtirish 
 uchun,  ya’ni  iqtisodiy  malaka  va  ko‘nikmalarni  egallashi  uchun  uyushtiriladi  hamda 
tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Iqti-
sodiy ta’lim jarayonida ta’lim oluvchining ongi (ta’lim jarayonida), hissiyoti (darsda va 
sinfdan tashqari ishlarda), irodasi (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayoni-
da)ga muntazam ta’sir etiladi. Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan 
nazariy-iqtisodiy bilimlarga tayangan holda ularda muayyan sifat (tejamkorlik, tadbir-
korlik, oqillik, uddaburonlik, kommunikativlik, vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, mehnat-
sevarlik, ishchanlik va boshqalar) hamda iqtisodiy mustaqil bilim olish, iqtisodiy ta’lim, 
qayta o‘zlashtirish, ijtimoiy buyurtma, maqsad, shakl, metod, tashkil etish, boshqarish 
sharoiti, imkoniyat, shaxsning iqtisodiy jihatdan shakllanish jarayoni – bularning ham-
masi ilm rivojlanish darajasining yangi pog‘onalarini ko‘rsatmoqda. 
Turli xil iqtisodiy masalalarni boshqa o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlar va real 
hayotdan olingan misollar asosida o‘rganish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini yanada 
rivojlantiradi.  Darsdan  tashqari  iqtisodga  oid  mashg‘ulot  va  har  xil  tadbirlar  nafaqat 
o‘quvchilarning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularni axloqiy jihatdan tarbi-
yalash omili ham hisoblanadi.
Iqtisod nafaqat nazariy, balki ko‘proq amaliy fanlardan biridir. U bevosita amaliyot-
ga tayanadi, aniq manbalar, raqam va hisob-kitoblardan foydalanadi. Shuning uchun 
iqtisodiy bilimlarni o‘rgatish, tafakkurni shakllantirish, haqiqatlarni namoyon etish, aniq 
jarayonlar asosida amalga oshirib kelinadi. Bunda amaliy vaziyatlarni o‘quvchilarga 
o‘yinlar vositasida ko‘rsatish alohida ahamiyatga ega. Ish o‘yinlari iqtisodiy bilimlarni 
o‘zlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. Iiqtisodiy o‘yinlar o‘quvchilarni bevosita iq-
tisodiy hodisa va voqealarning ishtirokchisiga aylantiradi. Buni esa dars jarayonlarida 
kuzatish mumkin.
Bozor  iqtisodiyoti  juda  murakkab  jarayon.  U  muntazam  izlanish  va  o‘rganishni 
taqozo etadi. Inson o‘z-o‘zidan tadbirkor yoki ishbilarmon bo‘lib qolmaydi. kelgusida 
farovon hayot kechirishi uchun mehnat qilishi va xo‘jalik yuritish sir-asrorlarini bilishi 
lozim.  Buning  uchun  albatta,  o‘quvchilarda  hozirgi  sharoitda  iqtisodiy  munosabatlar 
ko‘nikmasini shakllantirish, ta’lim va tarbiya orqali ta’minlanadi. Shuning uchun mam-
lakatimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’ul bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning iqtisodiy savod-
xonligini rivojlantirish va tafakkurini o‘stirish muhim masalalardandir.


103
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ish-
bilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olishni kamol topti-
rish demakdir. Bu esa o‘z o‘rnida yoshlarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga olib 
keladi. Avvalo, o‘quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to‘la tushunchaga ega 
bo‘lmog‘i darkor. 
Iqtisodiy tarbiya mazmuni haqida sharq mutafakkiri Abu Nasr al-Farobiy insonga 
yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligini va bularni vujudga keltirish yo‘lida bosh-
qa shaxslarga murojaat etish zarurligini e’tirof etadi. Bu o‘rinda olim iqtisodiy aloqa 
zaruriyatini  ko‘rsatib  o‘tgan  edi.  U  o‘zining  “Baxt-saodatga  erishuv  yo‘lida”  asarida 
shunday  yozadi:  “Inson  o‘z  mablag‘ini  to‘g‘ri  sarflashni  bilishi  kerak.  Pul  sarflashda 
qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni bebosh-
likka yetaklaydi”. 
ko‘rinib  turibdiki,  o‘tmish  mutafakkirlari  maktab va oila  sharoitlarida  bolalarning 
iqtisodiy  tafakkurini  kengaytirish,  ularni  tejamkorlikka,  ishbilarmonlikka,  iqtisodiy  hi-
sob-kitobga o‘rgatish, hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e’tibor ber-
ganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi.
Ahmad Yugnakiyning  “Hibatul  haqoyiq”  asarida:  “Mol-mulksiz  kishi  uchun  bilim 
– bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim – xatosiz hisobdir” degan fikridan 
shuni anglash zarurki, inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‘nikmala-
rini shakllantiradi va o‘z hayotini oqilona tashkil qiladi. 
Bola maktabga borgach bu borada puxta bilimlar ola boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino 
o‘z asarlarida shu xususda alohida to‘xtaladi: “Oila a’zolari kunlik oziq-ovqatlar” uchun 
yetarli mahsulotlarni oldindan tejamkorlik bilan sarf qiladi. Har bir kishi bug‘doy, guruch 
va mevalarni saqlash yo‘llarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga tejamkorlik bi-
lan munosabatda bo‘lishi lozim. Ota-ona uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidan 
nasixat yo‘li bilan o‘rgatadi”. 
Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o‘rgatish kerak deb ko‘r-
satadi: “Inson hunarni puxta o‘rganishi shart. Chunki hunar unga kelajakda ro‘zg‘or 
tebratish uchun asqotishini aytib o‘tadilar. Darhaqiqat, oilada iqtisodiy tarbiya zamirida 
bolada mehnatevarlikni shakllantirish yotadi. Buni shunday olib borilish kerakki, bola 
o‘z mehnatining natijalarini ko‘ra bilsin. Shundagina bola o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘ri foydalanayotganini anglaydi. Hunar egallash yoshlarni mustaqilikka o‘r-
gatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tashab-
buskorlik xususiyatlariga ega bo‘ladi”. 
Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va ki-
yim-kechakni yamash, ro‘zg‘or asboblari hamda uydagi jihozlarni ta’mirlash sohasida 
bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarini bolalarga ularning jis-
moniy, ruhiy, aqliy imkoniyatlarini  hisobga olgan holda topshirishlari  kerak. Ota-ona 
ishni topshirish bilan cheklanmay bola uni qanday bajarayotganligini tekshirishi, lozim 
bo‘lsa maslahat berishi, ko‘maklashishi, bolaning ruhlantirib turishi maqsadga muvo-
fiqdir. Tarbiyaning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va 
mehnat jamoalarining bahamjihat kuch-g‘ayrat sarflashlariga va o‘quvchilarga nisba-
tan qo‘yiladigan talablari bir xil bo‘lishiga bog‘liq.
 Iqtisod nafaqat nazariy, balki ko‘proq amaliy fanlardan biridir. U bevosita amaliyot-
ga tayanadi, aniq manbalar, raqam va hisob-kitoblardan foydalanadi. Shuning uchun 
iqtisodiy bilimlarni o‘rgatish, tafakkurni shakllantirish, haqiqatlarni namoyon etish, aniq 
jarayonlar asosida amalga oshirib kelinadi. Bunda amaliy vaziyatlarni o‘quvchilarga 


104

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling