Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
o‘yinlar vositasida ko‘rsatish alohida ahamiyatga ega. Ish o‘yinlari iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. iqtisodiy o‘yinlar o‘quvchilarni bevosita iq- tisodiy hodisa va voqealarning ishtirokchisiga aylantiradi. Buni esa dars jarayonlarida kuzatish mumkin. “Iqtisod” tushunchasiga mashhur o‘zbek adibi, xalq pedagogikasining namoyon- dalaridan biri bo‘lgan Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: “Iqtisod deb – pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda, so‘mni ayamas”. Yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini tejamkor bo‘lishga undaganlarini maqollar, rivo- yatlar, o‘lanlar, ertaklar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Xalq ongiga singib ketgan “Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo‘lmaslar” degan naql bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: “kirimiga qarab chiqimini tuta bilma- gan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xo‘rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy bo‘lmasa-da, o‘zini faqirlikdan saqlay oladi” 1 . Demak, iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta’lim-tarbiya berish kerak. Bugun maktab partalarida o‘tirgan yoshlar ertaga shaxsiy va ijtimoiy turmush ma- salalarini, shuningdek, vatan mudofaasi, xalqaro munosabatlar va tabiat injiqliklari bilan bog‘liq ravishda tug‘iladigan muammolarni to‘g‘ri hal etish yaroqli bo‘lgan qobili- yatini, jumladan, tejash va tejamkorlikni shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Umum- ta’lim maktablarida o‘qituvchilarga minerallar, mineral o‘g‘itlarning iqtisodiy ahamiyati yaqqol misollar bilan ko‘rsatadilar. Fan kashfiyotlari qanday iqtisodiy foyda keltirish mumkinligi haqida bahslashadilar. Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari texnologiya darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog‘lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, shunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar. O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish maqsadida biz keng va to‘g‘ri yo‘naltirilgan yo‘lni o‘z oldimizga qo‘yishimiz kerak. Iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodiy tarbi- yaga oid mavzularni chuqurroq tushuntirish; hozirgi kunda o‘quvchilar nutqidan o‘rin olayotgan atamalarni kasblarga bog‘lab o‘rgatish lozim. Iqtisodiy tarbiya borasida iq- tisodiy geografiya darslarining ikkita yo‘nalishi alohida kasb etadi. Birinchi yo‘nalish 8-sinf uchun “O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kitobida Tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, Aholi va inson omili, O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining tuzilishi, O‘zbekistonning tarmoqlararo majmualari, Rekreatsi- ya xizmati, Milliy iqtisodiyot tarmoqlari geografiyasining umumiy masalalari mavzu- larni o‘tish barobarida o‘quvchilar iqtisodiy kompetentlikka ega bo‘ladilar va kasbga yo‘naltiriladi. 9-sinf uchun “Chet el mamlakatlari iqtisodiy geografiyasi” kitobida Jahon xo‘jaligining tuzilishi mavzusida va o‘rganilayotgan har bir mamlakat haqida ma’lumot berilganda shu davlatlarning O‘zbekiston bilan hamkorligini alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak. Barkamol inson, avvalo, iqtisodiy tarbiya olmog‘i shart. Chunki iqtisodiy tarbiya- siz, unga bog‘liq ko‘nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukammal inson bo‘lishi mumkin emas. U eng avvalo o‘z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tat- biq qilishning ta’limiy asoslarini ilmiy bilmog‘i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo‘llash jarayo- 1 Yuz bir hadis. – T.: Mehnat, 1991. 105 nida o‘z ifodasini topadi. Bu muammo esa o‘quvchilarda o‘ziga xos tarzda, ya’ni sodda shaklda tashkil etiladi. Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qo‘llanilib kelingan milliy qadriyat sifatida tajribalarga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan, o‘zbek oilalarida bolalarni tejam- korlik ruhida tarbiyalab kelishgan, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishmagan. Bu ishni o‘qituvchi bevosita maktab ta’limi dars berish davomida o‘quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir. Demak, yuqoridagi taklif va tavsiyalarga amal qilgan holda jamiyatning o‘sib ke- layotgan aqlan teran, sog‘lom fikrli, tejamkor, barkamol adlodlarini yanada yuksaltirish biz o‘qituvchilarning oliy maqsadimiz hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston iqtisodiyoti qadamba-qadam rivojlanishda ekan, iqtisodiy tafakkurni tarkibiy qismlari ham takomillashib boradi. Islohot, uning aso- si bo‘lgan inson omili va unga nisbatan e’tibor doim birinchi o‘rinda turadi. Shu o‘rinda yuqoridagi tamoyillarni takomillashtirish har bir davlatning bosh maqsadi bo‘lib qolishi lozim. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling