Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
bo‘lgan u yoki bu munosabatni izhor qilish imkoniyati sifatida ta’riflanadi. 
Yuqorida ta’kidlangan fikr-mulohazalarga tayangan holda shuni belgilab qo‘yish 
lozimki, muloqot tushunchasining fanlararo kategoriyasi ko‘p qirrali hamkorlik jarayoni, 
harakat, ma’lumot va holat almashinuvi tariqasida o‘rganiladi. Eng muhim ijtimoiy fao-
liyat o‘laroq, muloqot inson shaxsini shakllantirish va takomillashtirish vositasi hisob-
lanadi. Muloqot insonlarning amaliy hamkorligi (hamkorlikdagi mehnat, o‘yin o‘ynash, 
o‘qish)  tarkibiga  kiradi,  ular  faoliyatini  rejalashtirish  va  nazorat  qilib  borish  imkonini 
beradi. Shu bilan birgalikda, insonning boshqa bir inson bilan muloqot qilishdek muhim 
bir ehtiyojini qondiradi. Ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘lgan bu ehtiyojni 
qondirish, insonlarning muloqotga bo‘lgan intilishidir. 
Muloqotga  bo‘lgan  ehtiyoj  insonlarda  hamkorlik  qilishga  istak  uyg‘otadigan  sa-
bablarni shakllantiradi. Barcha shakldagi muloqot turlarining haqiqiy vositalari sifatida 
nafaqat ma’naviy faoliyatning natijalari – g‘oya, qadriyat, ideallar, tuyg‘ular va kayfiyat-
lar, balki moddiy narsalar – inson mehnati qurollari va vositalari, ijtimoiy qadriyatlar va 
insoniyat tajribasi obyektlari ham bo‘lishi mumkin. 
Demak, keltirib o‘tilgan fikrlar, tahlillar natijasiga ko‘ra “kommunikatsiya” va “mu-
loqot” sinonimik xarakterga ega va ular o‘zaro almashinishda bo‘ladi, degan talqinni 
yuzaga keltirish mumkin.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling