Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

Annotatsiya


107
o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quv-
vatlandi. O‘quvchilarning ma’lum miqdordagi ijtimoiy-kasbiy bilim va tushunchalar bi-
lan qurollantirish, shaxsni mehnat va ijtimoiy jarayonlarning subyekti sifatida tushun-
chalariga  ko‘maklashish,  o‘zlarini  anglashlari  va  o‘z  imkoniyatlarini  amaliy  tekshirib 
ko‘rishlari uchun qulay pedagogik sharoit yaratish o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirish 
jarayonining asosiy vazifalaridandir. Shu bois o‘quvchilarning kasb tanlash muammosi 
maktab ta’limida katta o‘rin tutadi.
kasbni to‘g‘ri tanlash mehnat va ijtimoiy faoliyatda eng yuksak ko‘rsatkichlarga 
erishishga yordam beradi, mehnat jarayoni va uning natijalaridan qoniqish esa shaxs-
da ijodkorlik, hissiy ko‘tarinkilik va jamiyat hayotida farovonlikni ta’minlashga ko‘mak-
lashadi.
Fan, ishlab chiqarish, texnika va texnologiyalarning rivojlanish barobarida jami-
yatning o‘z a’zolariga qo‘ygan talablari ortib bormoqda. Bu esa o‘quvchilarni kasbga 
yo‘llash jarayonini ijtimoiy-pedagogik jihatdan takomillashtirishni talab etmoqda.
2017–2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, 
mehnat bozorining talablariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom 
ettirish, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, bu sohada ilm-fan 
yutuqlarini  amaliyotga  tatbiq  etishning  samarali  mexanizmlarini  yaratish  orqali  o‘rta 
maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimini  tubdan  isloh  qilish  maqsadida  O‘zbekiston  Res-
publikasi Prezidentining 2017-yil 18-mayda “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini 
yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika komissiyasini 
tuzish to‘g‘risida”gi PF№4941-sonli Farmoyishi e’lon qilindi. 
Ushbu  farmoyishda  quyidagi  yo‘nalishlarda  vazifalarga  asosiy  urg‘u  berish  na-
zarda tutiladi: ish beruvchi korxonalar, ota-onalar, o‘quvchilar va boshqa manfaatdor 
tomonlar  vakillari  o‘rtasida  ijtimoiy  tadqiqotlar  o‘tkazish  asosida  kasb-hunar  ta’limi 
dasturlarini o‘qitish muddati 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan, universal kasb-hunar ta’lim 
dasturlaridan chuqur ixtisoslashtirilgan, murakkab ta’lim dasturlarigacha tabaqalashti-
rish; kasb-hunar kollejlarini ularda joriy qilinadigan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari 
asosida toifalash, tuman (shahar) xaritalarida joylashishini belgilab chiqish, bitiruvchi-
larni ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishini davom ettirishining huquqiy asoslarini 
belgilash;  ta’lim  olish  va  kasb  o‘rganish  tamoyili  asosida  O‘zbekistonda  shakllana-
yotgan tajribani tizimlashtirish, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga hunar o‘rgatish 
bo‘yicha nodavlat sektorini davlat uzluksiz ta’lim tizimi bilan integratsiyalash; hududlar 
bo‘yi cha kasb-hunar kollejlariga qabul kvotalarini prognozlashtirishda iqtisodiyotdagi 
tarkibiy o‘zgarishlarni, mehnat bozori kon’yukturasini inobatga olgan holda ehtiyojini 
aniq lashni o‘z ichiga oladi.
Ushbu ehtiyojdan kelib chiqqan holda kasb-hunar kollejlari hududlar kesimidan 
va mehnat bozori talabalaridan kelib chiqib optimizatsiyalashtirildi. Bu esa o‘z navba-
tida barcha 9-sinf bitiruvchilarini qamrab ololmaydi. Uzluksiz ta’lim tizimi umumiy o‘rta 
ta’lim bo‘g‘ini 9-sinfdan 11-sinfga o‘zgartirildi. 10 va 11-sinf o‘quvchilari orasida kasb 
tanlash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bulardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi 868-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassalarining 
10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv ishlab chiqa-
rish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu 
qarorda  O‘quv-ishlab  chiqarish  majmualarida  (O‘ICHM)  o‘quvchilarga  o‘rtagatilayo-
tgan  kasblarning  dastlabki  ro‘yxati,  kasblar  bo‘yicha  malaka  talablari,  mashg‘ulotlar 


108

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling