Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
licha: shaxsning psixologik xususiyatlarini bevosita tushuntirish, kompyuter o‘yinlari, 
musobaqalar,  shakllanish  va  rivojlanishning  natijaviyligining  ko‘rgazmaliligi  va  shu 
kabilar bo‘lishi mumkin. Tadqiqot davomida maqsadga muvofiq va talabalarning tay-
yorlik darajasini hisobga olgan faoliyat obyektini ishlab chiqish zarur. O‘qitish jarayo-
nida o‘zaro ta’sir amalga oshiriladi. 
Ta’lim jarayonida talabada kasbiy bilim va ko‘nikmalarning shakllanganlik dara-
jasini hisobga olish lozim. Talaba o‘zida shakllangan bilim va ko‘nikmalar darajasiga 
ko‘ra kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishi mumkin. 
Talabalarda  kasbiy  bilim  va  ko‘nikmalarni  shakllantirishning  quyi,  o‘rta,  yuqori 
darajalarini  farqlash  mumkin.  Metodik  va  maxsus  metodik  tayyorgarlikning  o‘zaro 
aloqadorligi masalasi alohida ko‘rib chiqishni talab qiladi. Talabani shaxsiy kompyu-
terdan  ta’lim  vositasi  sifatida  foydalanishga  tayyorlashning  butun  tizimida  maxsus 
metodik tayyorgarlik alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni axborot-kommuni-
katsiya  texnologiyalaridan  foydalanishga  tayyorlash  texnologiyasi  talabalarda 
tadqiqot chilik  ishi,  ijodiy  mustaqillik  hamda  ilg‘or  pedagogik  tajribani  o‘rganish  va 
umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish vazifasini o‘z ichiga oladi. 
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini ta’minlash uchun peda-
gogik  amaliyot  jarayonida  pedagogik  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 
integratsiyasiga asoslangan samarali texnologiyalardan foydalaniladi. Bunday tex-
nologiyalarning tayanch asosi elektron ta’lim vositalari hisoblanadi. Elektron ta’lim 
vositalarini yaratishda ularning sifatiga qo‘yiladigan talablar majmuasi ishlab chiqi-
lib, ularga rioya qilish elektron ta’lim vositalarini yaratish texnologiyasining asosiy 
elementidir. 
kasb  ta’limi  o‘qituvchilari  axborot  madaniyatini  shakllantirishdagi  asosiy  vazi-
falardan biri – axborotlarni topish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli 
kompyuterlarning axborot bilan ta’minlovchi didaktik vosita sifatida qo‘llanilishi alohi-
da dolzarblik kasb etadi. Ma’lumki, kompyuterlar axborotlarni yig‘uvchi, saqlovchi va 
uzatuvchi qurilma sifatida ishlaydi. 
Ma’lumotlar talab darajasida qayta ishlanib, hajm jihatidan qanchalik keng, aniq, 
asosli va foydalanish uchun qulay shaklga keltirilsa, ilmiy imkoniyatlardan foydala-
nish samaradorligi va erishiladigan ijodiy yutuqlar soni ham ortib boradi. Bu boradagi 
komyuterlar imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish maqsadida talabalar axborot ma-
daniyatini shakllantirishni amalga oshirishda axborot tizimlaridan foydalanish yuqori 
samara beradi. 
kasb  ta’limi  o‘qituvchilari  axborot  madaniyatini  shakllantirishdagi  politexnik 
yo‘nalishini ta’minlashda kompyuterlarni qo‘llashning imkoniyatlari uning ta’lim sifa-
tini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita bo‘lishi bilan birga, talabalarda ushbu 
texnika imkoniyatlari to‘g‘risidagi tushunchalarning tegishli masalalarni yechish jara-
yonida hosil qilinishi bilan ham belgilanadi.
Ta’lim tizimini axborotlashtirish mamlakatimizning istiqboldagi iqtisodiy, ilmiy va 
madaniy taraqqiyotining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish-
ning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarniig intellektual faoliyatini faollashtirish, yuqori 
darajada axborotlashgan jamiyat talablariga to‘laroq javob beruvchi mutaxassislarni 
tayyorlashdan iborat.


121
Biz qaralayotgan muammoni umumlashgan tahlil asosida uning tarkibiy omilla-
rini aniqlab oldik, bular:
1. Ta’lim oluvchi.
2. Sinovchi.
3. Baholash mezoni.
4. Sinash vositasi.
5. Natija.
6. Natijani umumlashtirish tizimi.
Ta’limni axborotlashtirish jarayoni aynan shaxs omiliga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning 
bilim olishdagi ehtiyojlari, qiziqish va moyilliklari hamda kasbiy intilishlariga javob ber-
gan holdagina bu jarayonning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. 
Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
– fanning barcha sohalarini axborotlashtirishni;
– o‘quv faoliyatini intellektuallashtirishni;
– integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
– ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga 
olib keladi. 
Buning natijasida talabaning kasbiy bilimlarni puxta egallashiga, o‘rganilayotgan 
hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasining chuqur o‘zlashtirilishi-
ga, o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati 
kengayishiga, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vo-
sitasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib 
keladi.
Ta’lim  jarayonida  texnik  vositalardan  foydalanish  juda  muhim  o‘rin  egallaydi. 
Ushbu  vositalar  yordamida  mashg‘ulotlarni  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan 
tarzda olib borish hamda ta’lim oluvchilarning diqqatini jalb etishda keng foydalanish 
mumkin. Ta’lim beruvchi texnika vositalari, ya’ni kompyuterlar, elektron darsliklar, in-
ternet tizimi va boshqa vositalar o‘quv axborotini o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan ma’lu-
motlarni  ta’lim  oluvchilarga  yetkazib  beruvchi  texnik  vositalardir. Axborot  beruvchi 
texnika vositalariga turli elektromexanik asboblar, mashg‘ulotda ko‘rgazmali tasvir-
larni ko‘rsatishga mo‘ljallangan demonstratsion ostsillograflar va ularning o‘lchov as-
boblari, shuningdek, televizor, vidioproektor, smartfon mobil aloqa vositalari, tovushli 
multimedia texnologiyalari va boshqa vositalar kiradi.
Elektron  pedagogik  dasturiy  vositalar  –  kompyuter  texnologiyalari  yordamida 
o‘quv  jarayonini  qisman  yoki  to‘liq  avtomatlashtirish  uchun  mo‘ljallangan  didaktik 
vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning shakllaridan biri 
bo‘lib, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ta’lim 
jarayonida ishlatilmoqda.
Talabalar  axborot  madaniyatini  shakllantirishda  yangi  axborot  texnologiyalari-
ning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi fikrlarimizni quyidagicha xulosalaymiz:
– kompyuter talabani ta’lim muammolarini yechish jarayonida qaror qabul qili-
shida axborotlar bilan ta’minlaydi va hisoblash ishlarini bajaradi, murakkab holatlar-
da aqliy-irodaviy sifatlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirishga xizmat qiladi;
– kompyuterlar oddiy holatlarda zarur qarorlarni dastur asosida qabul qiladi va 


122

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling