Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
lan to‘liq ta’minlanishga qaratib kelmoqda. Shu maqsadni amalga oshirishda O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida uzluksiz ta’lim tizimini ya-
nada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyo-
jlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsiya yutuqlari-
ni amaliyot ga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish va boshqa vazifalar 
ta’lim tizimi sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy etishi ham-
da  bu  taraqqiyot  natijalarining  oddiy  insonlar  hayotiga  juda  qisqa  muddatlarda 
keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan 
biri, bu shubhasiz, yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning 
hech  bir  jabhasini,  jumladan,  ta’lim  tizimini  ham  yangi  axborot  texnologiyalari 
hamda uning asosi bo‘lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Bugungi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri – zamonaviy ta’lim tizimi-
ga yuqori sifatli texnologiyalarni tatbiq etib, uning samaradorligini oshirish, tizimni 
takomillashtirish,  ta’lim  jarayoniga  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalarini 
keng  ko‘lamda  joriy  etishdan  iborat.  Shaxsning  mukammal  shakllanishi  uchun 
ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liqlikda olib borilishi kerak. 
Dunyoviy bilimlarni shaxs tomonidan mukammal o‘zlashtirilishi uchun hozirgi 
kunda kompyuter va axborot texnologiyalarining o‘rni salmoqli bo‘lib, inson faoli-
yatini shu texnologiyalarsiz tasavvur qilish ancha mushkul. Shaxsning individual 
xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoniga yondashish an’ana-
viy pedagogika sohasida juda yaxshi o‘rganilgan.
Bugungi axborotlashgan, texnologiyalar jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan za-
monda ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini, elektron dasturiy 
vositalarni to‘g‘ri qo‘llash shaxsning mukammal shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug‘ul-
lanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat 
turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish 
majmuasi yangi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. 
Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat 
faoliyatining ko‘plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qay-
ta  ishlash  bilan  bog‘liq  bo‘lmoqda.  Shu  sababli,  bugungi  kunda  yoshlarni  axborot 
davrida  yashash  va  ishlashga  o‘rgatish,  ularda  axborotlarni  yig‘ish,  tartib  va  tahlil 
qilish, uni uzatish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o‘z 
navbatida talabalarning ko‘plab qobiliyatlarini, shu jumladan, ijodkorlik qobiliyatlarini 
rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o‘taydi, chunki har qanday yangi g‘oyani 
taklif qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil o‘rganib chiqish, yangi axborotlar-
ni topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan bog‘lashni o‘rganish lozim bo‘ladi. 
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bo‘lsa, albatta, oddiy inson xotirasida saqlab 
bo‘lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab etiladi. Yangi 
axborot texnologiyasi imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o‘quv-axborot 
tizimlari, bilimlar va ma’lumotlar banki vositasida oson va samarali hal qilish imkoni-
yatini yaratadi.


119
Bo‘lajak  kasb  ta’limi  o‘qituvchilarini  tayyorlashda  kompyuterlarni  qo‘llashning 
shakl va usullarini belgilashda, avvalo, ular yordamida dars berish jarayonida emas
balki ko‘rgazmalilikni ta’minlashdagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va uni 
amalga oshirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalanishini e’tiborga olish 
lozim. Bundan kelib chiqqan holda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy tay-
yorgarligini takomillashtirishdagi vazifalar tahlili asosida, bu jarayonda kompyuterlar-
ni qo‘llashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldik:
1. Ta’lim  jarayonining  aniq  masalalarini  hal  qilishga  yordam  beruvchi  didaktik 
vosita sifatida.
2. Talabalar ilmiy-texnika ijodkorligining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini 
oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida.
3. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashdagi politexnik yo‘nalishni amal-
ga oshirishni ta’minlovchi vosita sifatida.
Axborotlar va operatsion kadrlar o‘rgatuvchi dasturning qadamini tashkil etadi. 
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aqliy tushunchalar bir qancha namunalarning idrok 
qilinishi va bu jarayonda ularni doimiy ravishda taqqoslab borishda sodir bo‘ladi. In-
son bilim va malakalarni ongli ravishda egallashi uchun bu to‘g‘rida uzluksiz axborot 
olib turishi va shu yo‘l bilan o‘z harakatlarini boshqarishi kerak. Shu maqsadda, das-
turlashtirilgan ta’limda ikkitadan kam bo‘lmagan obyekt – talaba va o‘rgatuvchi vosita 
qatnashishini hisobga olib, ular o‘rtasida to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatildi.
Bunda o‘qituvchi yoki kompyuterdan talabaga yuboriladigan axborot oqimi to‘g‘ri 
aloqa hisoblanadi. Talabaning o‘quv materialini o‘zlashtirganlik darajasi to‘g‘risidagi 
o‘qituvchiga yuboriladigan axborot esa teskari aloqa hisoblanib, u bevosita muloqot 
yordamida va tashqi vositalar yordamida amalga oshirilsa, ichki teskari aloqa deyi-
ladi.
Talabalarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiya-
lari vositasida shakllantirish jarayoni vaziyatini yaratishda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qi-
tuvchilari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, uning tarkibiy qismlari mazmuni, kom-
pyuterni talabaning faoliyat obyekti sifatida jalb etish holatlari kuzatiladi. 
Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  vositasida  o‘qitishda  o‘rganilayotgan 
pedagogik hodisa yoki jarayonning axborot modeli ham talaba faoliyatining obyekti 
hisoblanadi. Talabalarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalari vositasida shakllantirish pedagogning mazkur jarayonga tayyorligini bil-
diradi. 
O‘qituvchi  o‘quv  fanini  kompyuter  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  o‘r-
ganish asosiga qurilgan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish dasturiga ega 
bo‘lishi kerak. U quyidagi sifatlarga ega bo‘lsagina, bunday dasturni yarata oladi: 
– kasb ta’limi o‘qituvchisining yuqori pedagogik ma’lumotga ega ekanligi, kasbiy 
mahoratining yuksakligi
– bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining muhim kasbiy sifatlari, kasbiy ko‘nikmala-
ri, kasbiy qobiliyati va ularni ta’lim jarayonida shakllantirish hamda rivojlantirish haqi-
da ma’lumotga egalik. 
Shuningdek, ta’lim oluvchining o‘zi ham kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlanti-
rishga tayyor bo‘lishi muhimdir. kasbiy bilim (madaniyat)ni shakllantirish usullari tur-


120

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling