Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
mehnat ta’limidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liqdir. Bularga quyidagilarni kiritamiz: – eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatishda ta’lim bosqichla- ri va turlari o‘rtasidagi bog‘liqlik zamon talablari darajasida emasligi; – ularga o‘rgatilayotgan kasb-hunar turlari mehnat bozori talablari o‘rtasidagi no- mutanosiblik; – eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mehnat ta’limi bo‘yicha darsliklarning yetishmasligi; – eshitishida nuqsoni bor bolalar psixologik-jismoniy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun kasb turlarining cheklanganligi; – mehnat ta’limi mazmuni va foydalanilayotgan asbob-uskunalar zamon talabidan keskin orqada qolganligi; – eshitishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarning maktabni tamomlaganidan so‘ng kasb-hunar kollejida ta’limni davom ettirishidagi muammolar; – eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘rgatilayotgan kasb turlari mazmunini takomillashtirishda O‘zbekistonning mahalliy va etnogrfik sharoitlari, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlari va ularning qiziqishlari hisobga olinmaganligi; – eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha il- miy-nazariy va metodik qo‘llanmalarning yetarli emasligi. Bularning barchasi eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda kasb-hunar haqida chuqur bilim, ko‘nikma va malakalarining yetarli darajada shakllanmasligiga olib keladi. Yuqorida qayd etilgan muammolardan kelib chiqib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar texnologiya fanini mazmunan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish orqali ularni ijtimoiy moslashuvini ta’minlash vazifasi dolzarb bo‘lmoqda. Muammoni hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni tahlil qilishda biz rossiyalik olim Natalya Yaroshevich tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishini alohida e’tiborga mo- lik ekanligini ko‘rsata olamiz. Mazkur tadqiqotning muhim tomoni eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning ijtimoiy va mehnat moslashuv muammolarini muvaffaqiyatli hal etish maxsus (korrek- sion) maktab bitiruvchilarining kasb-hunarga maqsadli tayyorgarligi, shu jumladan, ularning ishga joylashishi uchun nazariy va amaliy tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratilganligidadir. Buning uchun eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-in- ternatlarda maxsus dastur – “karera” xizmatini o‘quv rejasiga kiritish, jamoat tashkilot- lari bilan hamkorlikda ish olib borish lozimligi taklif etilgan. Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni kasb-hunarga tayyorlash muammosi ilmiy jihatdan pedagogika fanlari doktori, professor M.F.Xakimova tomoni- dan tadqiq etilgan. U maxsus maktablarda olib borilayotgan mehnat va kasb ta’limining muvaffaqiyati maxsus maktab o‘quvchilari shaxsining shakllanishiga qanchalik ta’sir etayotganligini aniq baholash orqali belgilash, maxsus maktab o‘qituvchilarini peda- gogik-psixologik asosda nazariy va amaliy jihatdan mukammal qurollantirish lozimligini ta’kidlagan. Shuningdek, maxsus maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga nisbatan qiziqishni ho- sil qilish, o‘qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog‘liqligi, mehnat ta’limini turmush bilan bog‘lash va uyg‘unlashtirishda jismoniy hamda ruhiy rivojlanishida nuq- soni bo‘lgan o‘quvchilarning individual-tipologik, yosh davri xususiyatlari, texnik qobi- 127 liyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara berishini asoslagan. M. Xakimova ta’limni oqilona tashkil qilish va olib borish turli yoshdagi mak- tab o‘quvchilarida mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirib, kasb-hunarga nisbatan qiziqish hissini uyg‘otishini e’tirof etadi. Bundan tashqari biz eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv samaradorligini oshirish maqsadida maktab-internatlarda texnologiya fanini zamon talablari darajasida optimallashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimligini ta’kidlaymiz: – texnologiya fani samaradorligini oshirish, mazmunini takomillashtirish uchun eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlari yuqori sinflari uchun texnolo- giya fani bo‘yicha dastur va darsliklar ishlab chiqish; – hududiy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda, shuningdek, zamonaviy, mehnat bozori talablari asosidagi kasb turlarini maxsus (korreksion) maktab-internatlar o‘quv rejasiga kiritish hamda ular uchun uslubiy qo‘llanmalar nashr etish; – maxsus (korreksion) maktab-internatlardagi ijtimoiy-maishiy yo‘nalish xonalarini kerakli uskuna va texnik vositalar (eshitish va audiogramma apparatlari, turli kasb-hu- nar dastgohlari va h.k.) bilan ta’minlash. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarning amalga oshirilishi eshitishida nuqsoni bo‘l- gan shaxslarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling