Ўзбек мусиқаси тарихи 5-mavzu. Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati


Download 32.57 Kb.
bet1/2
Sana28.01.2023
Hajmi32.57 Kb.
#1135431
  1   2
Bog'liq
5-mavzu.


Ўзбек мусиқаси тарихи



5-mavzu. Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati (VII-X asrlar)


Reja:

  1. Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati.

  2. Islom va musiqa xususida.

  3. “Soflik birodarlari...” tashkilotining faoliyati.

Ma’lumki, Islom badiiy va ilmiy ijodiyotga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ushbu fenomenni tafakkur etish, doimo o’ziga xos muammoli masala bo’lib kelgan. Ammo, shunday bo’lsa-da bu haqda mavjud manbalarga asoslangan holda fikrlar (ilmiy farazlar, taxminlar) bildirilgan va yozilgan. Har bir tegishli manbada an’anaviy musulmon madaniyati o’ziga xos tarzda talqin etilgan. Islom va musiqa muammolarini chuqur o’rganishda ba’zan manbalar va materiallarning talab darajasida emasligi (ya’ni, masalalar echimiga qoniqarli javob beruvchi ma’lumotlarning yetishmasligi) ham bu mavzuni atroflicha yoritish murakkablashtiradi.


Islom va musiqa muammosi ikki yo’nalishda o’rganilishi mumkin. Birinchisi «rasmiy» Islom, ya’ni mazhablari va talqinlari, ikkinchisi esa din ichida vujudga kelgan tasavvuf oqimidir. Ana shu ikki dunyo miqyosida musiqa turli badiiy va falsafiy-estetik shakllarga ega bo’ldi. Bunda musiqa shakllarining ko’lami, musiqa tinglash va uni o’rganishish man etilishidan tortib, toki musiqa yordamida «Ollohga yetishish kabi jarayongacha bo’lgan tushunchalar bilan belgilanadi.
Birin-ketin vujudga kelgan bu ikki dunyo murakkab tarzda bir-biri bilan «qorishib» ketgan.
O’rta asrlarda yashagan inson «oddiydan – murakkabga» tomon Islom qonunlarini o’rgangan. Ya’ni, Islom asoslari, so’fiylik shariati, tariqati va hokazo. Tasavvuf Islom dini qonunlari, g’oyalari va timsollarini chuqur falsafiy, ramziy-estetik ma’no va mazmun bilan boyitadi.
Ma’lumki, qur’oni Karimda musiqa san’atiga bo’lgan munosabat to’g’ridan-to’g’ri (ochiq) bildirilmagan. Musiqa mavzusi ko’proq xadislarda yoritilgan. Musiqa tarafdorlari va qarshilar aynan shu manbaga tayangan holda ish ko’rishgan.
Turli xil ilmiy izlanishlardan shu narsa aniqlanadiki, musiqaga bo’lgan qarshilikning ikkita asosiy sababi mavjud. Har bir sabab ma’lum bir tarixiy davrga to’g’ri keladi va siyosiy-mafkuraviy hamda madaniy rivojlanish bilan bog’liq bo’ladi.
Dastlabki musiqaga bo’lgan qarshilik, VII-VIII asrlarga to’g’ri keladi. Islom dini xristianlik, yahudiylik zardushtiylikka nisbatan qarshiligi bo’lmasa-da, o’zining «ichki dushmanlari» bo’lmish «butparastlik», «ko’pxudolik»ka qarshi ayovsiz kurash olib borgan. Ana shu «unsurlar» arablarda (Islom dini joriy bo’lishidan avval) tovush, so’z, tasvir kabi materiallarda aks ettirilgandir. Masalan, musiqa butparastlar diniy marosimlarida qo’llanilib, ularning afsonalari bilan yo’g’rilgan. Mavjud ma’lumotlar (ilmiy farazlar,taxminlar)ga ko’ra aynan shu sababli Islom dini nozil bo’lganida musiqa man etilgan.
Musiqa bilan bog’liq tasvirlar devorlarga ham chizilgan O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlaridan topilgan musiqachilarning terrakota haykalchalari bu yerlarda musiqa ancha yuqori mavqega ega bo’lganidan dalolat beradi. Zardushtiylik va buddaviylikda musiqadan keng foydalanilgan. Ular marosimlarda murakkab tizimli musiqiy timsollarga tayanishgan. Buddizm ramziga mashhur «Ayritom peshtoqlari»ni bog’lash mumkin. Bu davrda musiqa ham tasviriy san’at singari Islomdan bo’lak dinlarning ruhi va g’oyasini ifodalab, ularning timsollarini o’zida namoyon etgan.
Ammo musiqa va tasviriy san’atga nisbatan qo’llaniluvchi huquqiy tartibot o’sha paytda hali yo’q edi. Uning joriy etilishiVIII-IX asrlarga to’g’ri keladi. Boisi, bu davrda xadislar joriy bo’lib, Islomning to’rt asosiy mazhablari – xanbaliy, molikiy, shofeiy va xanafiy tashkil topdi (ushbu mazhablar ularning asoschilari nomi bilan atalgan). Mazkur mazhablarning bevosita musiqaga doir fikrlari keyinchalik yozib qoldirilgan qonunga oid, tasavvuf va ba’zan musiqashunoslikka oid manbalarga iqtibos tarzida kiritilgan.
Islom dinida musiqaning ta’qiqlanishiga sabab, boshqa dinlarga o’xshamaslik, ya’ni islom ahlini musiqa bilan chalg’itib, dinning ta’sir kuchini susaytirmaslikda edi.
Islomdini o’z marosimlarini har qanday «dunyoviy unsurlar» bilan buzishdan saqladi. Bu holat musiqadan voz kechishning ikkinchi sababidir. IX-XI asrlarda Islom ahli madaniyatida «dunyoviy» rag’bat hukmronlik qila boshlagan. SHaharlarda musiqa yetakchi o’ringa ega bo’ladi. Musiqa hissiyot rohati uchun vosita hisoblangan.
Musiqa mann etilishining ikkinchi sababiga «mutriblar» ham o’z hissasini qo’shishgan. Mutriblar, ya’ni musiqachila rassosan ziyofatlarda, mayxo’rliklarda qatnashib, musiqa chalishgan (yoki kuylashgan) va evaziga haq olishgan.
Ahloqan buzuq musiqachilarga qarshi musiqa san’atining yirik namoyandalari ham qarshi chiqishgan. Bunday toifa musiqachilarga o’z navbatida Alisher Navoiy ham «munosib ta’rif» bergan.
O’sha davrlarda qonunshunoslar inson hayotida musiqa bilan to’qnashadigan turli vaziyatlarni hisobga olgan holda qonunlar ta’sis etardilar.
Asosan diniy va tasavvufga oid kitoblarda musiqa 4 turli qoidalarg abo’ysungan holda ijro etilishi belgilangan: halol (shariatga muvofiq ravishda), harom, muboh va makruh.
Din bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni qur’oni Karimni qiroat bilan o’qish, azon chaqirish, harbiy musiqa kabilar esa qonuniy ravishda ruxsat etilgan bo’lib, musiqa san’atining shakllari sifatida tan olinardi. Allomalardan biri Al-Faruqiyning ta’kidlashicha, «Islom hech qachon musiqa san’atiga qarshi bo’lmagan. Din faqat ayrim holatlardagina ma’lum bir shakllarni qabul qilmagan. Bu holatlar insonga musiqaning salbiy ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liqdir».
Islom dini va musiqaning o’zaro munosabatlari sulolalarning almashuvi bilan ham bog’lik.
SHuningdek, jamiyatning har bir tabaqasi dinga turlicha munosabatda bo’lganligi sababli, musiqaga bo’lgan munosabat ham albatta shu holat bilan bog’liq bo’lgan.
Ayn ivaqtda musiqa bobida Islomning nazariy qonunlari zamonaviy jamiyat bilan to’qnasha boshladi. Bu holat XIX-asrning oxirlarida yorqin namoyon bo’la boshlagan. Demokratiya, ma’rifatparvarlik kabi harakatlar dinga nisbatan yangicha bo’lgan munosabatni yuzaga keltirdi. Odamlar siyosat, texiika, evropacha ilm kabi sohalarga intilib, dinning ko’pgina qonunlarini ba’zan ixtiyoriy, ba’zan ixtiyorsiz ravishda buzdilar. Bunday holat dinni ma’lum darajada islohotga uchrashiga sabab bo’ldi.
Ma’rifatparvarlikharakatimusiqamadaniyatisohasigahamo’zta’siriniko’rsatdi. Masalan, yangichanodirmusiqiydurdonalarningyaratilishi, yangi cholg’ular, musiqiy texnika vositalari, yangicha musiqiy ilm va hokazo. Bunday yangiliklar «Islom va musiqa» muammosini yanada murakkablashtirdi. .
XX asr, “Islom va musiqa” muammosiga o’zgarishlar olib keldi. «Musiqiy sekulyarizatsiya» (musiqani din ta’siridan xalos etish) jarayoni turli vaqtda, turli shakllarda islom dunyosining yirik markazlarida kecha boshladi (arab mamlakatlari, Turkiya, Eron va b.).



Download 32.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling