Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
ichidagi mavzularning aloqasini ham ifodalasa bo‘ladi. Shuni eslatish lozimki, bu me- todda o‘rganilayotgan hodisani sifatli pedagogik tahlil qilishni asosiylar qatorida qoldir- gan holda matematikadan har taraflama foydalaniladi. O‘quvchilar ijodkorligini o‘rganish metodi – tajribali o‘qituvchiga turli o‘quv pred- metlardan uyga vazifa, sinf (yoki auditoriya) ishi, sinfdan tashqari ishlar, insholar, refe- ratlar, hisobotlar, estetik va texnik ijodkorlik natijalari bo‘yicha ko‘pgina narsalar berishi mumkin. O‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, havaslari va qiziqishlari, o‘qishga, ish- ga va o‘zlarining majburiyatlariga munosabatlari, tirishqoqliklarini rivojlanish darajasi, quntlari va boshqa sifatlari, faoliyatni motivlari kabi ta’lim va tarbiyaviy aspektlaridagi tajribalarda o‘qituvchi va tadqiqotchilar ushbu metodni muvaffaqiyatli foydalanishlari mumkin. Suhbatlarda, munozaralarda, muloqotlarda odamlarning munosabatlari, ular- ning sezishlari va mo‘ljallari, baholari va holatlari aniqlanadi. Sanalgan barcha an’anaviy tadqiqot metodlari zarur joylarda bir-birlarini to‘ldiradilar va ko‘pincha pedagogik tadqiqot mobaynida ulardan majmuaviy foydalanish maqsadga muvo- fiq bo‘ladi. Zamonaviy pedagogik tadqiqot metodlaridan biri – pedagogik eksperiment (tajri- basinov)dir. Hozirgi zamon pedagogik muhitida ko‘proq test sinovi metodi keng ommalashgan. Pedagogik test sinovini o‘tkazish biror maqsadga yo‘naltirilgan, barcha tekshiriluvchi- lar uchun bir xil bo‘lgan va qat’iy nazorat sharoitlarida o‘tkaziladigan, pedagogik jara- yonning xarakteristikalarini haqqoniyligi, soddaligi, osonligi, avtomatlash mumkinligi bilan farq qiladi. “Eksperiment” so‘zi – lot.. experimentum – “sinash”, “tajriba”, “tekshirish” kabi ma’nolarga ega. Eksperiment – bu mohiyatan qat’iy nazorat qilinadigan pedagogik kuzatishdir. Bunda tadqiqotchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga va qat’iy reja asosida amalga oshiradigan va kuzatish natijalarini o‘lchaydigan tekshirishdir. “Pedagogik eksperiment” tushunchasi metodist-olimlar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinadi. Ba’zi metodist-olimlarning “pedagogik eksperiment”ga bergan tariflar- dan namunalar keltiramiz. Pedagogik eksperiment – pedagogik hodisalar, dalillar, tajribalar tadqiq qilinadi- gan bilish metodidir (M.N. Skatkin). Pedagogik eksperiment – bu avvaldan ishlab chiqilgan nazariy taxmin yoki faraz- larni tekshirish va asoslash maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik faoliyatini maxsus tashkil etishdir (I.F. Xarlamov). Pedagogik eksperiment – bu aniq hisobga olinadigan sharoitlarda pedagogik jara- yonni o‘zgartirish uchun ilmiy qo‘yilgan tajribadan iborat (I.P. Podlasiy). Pedagogik eksperiment – bu tadqiqotchining qonuniyat ochish va mavjud ama- liyotni o‘zgartirish maqsadida o‘rganilayotgan pedagogik hodisaga faol qo‘shilishidir (Yu.Z. kushner). Yuqorida keltirilgan barcha “Pedagogik eksperiment” tushunchasining ta’riflari fik- rimizcha, mavjud bo‘lishga haqli, chunki ularda pedagogik eksperiment – bu yangi pedagogik bilimni ochishga, avvaldan ishlab chiqilgan ilmiy holatlarni, farazlarni tek- shirish va asoslashga qaratilgan ilmiy asoslangan va yaxshi o‘ylangan pedagogik jara- yonni tashkil etishga qaratilgandir. Odatda, metodist-olimlar eksperiment yo‘li bilan, masalan, amaliyotga o‘quv-tarbi- ya faoliyatining yangi usul, uslub, shakl, tizimlariga yo‘l ochadilar. 55 Pedagogik eksperiment o‘quvchilar guruhini, sinfni, guruhni, ta’lim muassasa- sini yoki bir necha ta’lim muassasasini qamrab olishi mumkin. qo‘yilgan mavzu va maqsad ga ko‘ra tadqiqot uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Pedagogik eksperiment ko‘pincha ta’limda va tarbiyada paydo bo‘lgan yoki oldindan qo‘yilgan farazni tekshirish uchun o‘tkaziladi. Eksperimental xulosalarning ishonchliligi eksperiment sharoitlariga qat’iy rioya etishga bevosita bog‘liq. Tekshirilayotganlardan tashqari barcha omillar hijjalab teng- lashtirilishi kerak. Agar, masalan, tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan yangi usul sa- maradorligi tekshirilayotgan bo‘lsa, u holda tekshirilayotgan usuldan tashqari o‘qitish sharoitlari eksperiment guruhida ham, nazorat guruhida ham bir xil, ya’ni teng bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Pedagog-olimlar tomonidan o‘tkaziladigan eksperimentlar turli-tumandir. Ularni turli belgilari – yo‘nalganligi, tadqiqot obyekti, o‘tkazish joyi va muddati va sh.k.larga ko‘ra sinflarga ajratiladi. Pedagogik eksperimentlar turlicha bo‘lishi mumkin. Eksperiment mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra: 1) Ta’kidlovchi – eksperiment mobaynida ta’lim amaliyotida qaralayotgan muam- moning holatini tahlil va tashxis etish uchun qo‘llaniladi; uning naijalari keyingi tadqiqot uchun dastlabki ma’lumotlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bunda, hayotda real mav- jud pedagogik nazariya va amaliyot masalalari o‘rganiladi. Bu eksperiment o‘rganila- yotgan muammoning ijobiy ham, salbiy tomonini ham aniqlash maqsadida tadqiqot boshida o‘tkaziladi; 2) Izlovchi yoki aniqlovchi – eksperiment yangi omilni kiritish bilan yangilik kiritil- gan maqbul mazmun, metodlar, texnologiyalar, sharoitlar, usullar, shakllar, vositalarni kuzatish maqsadida (to‘g‘rilash uchun) o‘tkaziladi. Bunda muammoni o‘ylab ko‘rish jarayonida yaratilgan faraz tekshiriladi; 3) Shakllantiruvchi (yoki o‘zgartiruvchi) – eksperiment pedagogik yangilik kiritil- ganlarni aprobatsiyasi va uni tadqiq qilinayotgan parametrga ta’sirini baholash uchun foydalaniladi. Eksperimentning ushbu bosqichida yangi pedagogik texnologiyalar tu- ziladi (masalan, ta’lim va tarbiyaning yangi mazmuni, shakli, metodlari kiritiladi, inno- vatsion dasturlar, o‘quv rejalar va boshqalar joriy etiladi). Agar natijalar samarali bo‘lib, faraz tasdiqlansa, u holda olingan ma’lumotlar ilmiy-nazariy tahlil qilinadi va zarur xu- losalar chiqariladi; 4) Nazorat (yoki sinaluvchi) – bu aniq muammo tadqiqotining yakunlanuvchi bosqichidir. U olingan xulosalarni tekshirish va tadqiqot natijalarini umumlashtirish uchun qo‘llaniladi. Uning maqsadi, birinchidan, olingan xulosalar va ishlab chiqilgan metodikani ommaviy pedagogik amaliyotida tekshirib ko‘rish; ikkinchidan, metodikani boshqa o‘quv yurtlari va pedagoglarning ishlarida aprobatsiya qilish; agar nazorat eks- perimenti chiqarilgan xulosalarni tasdiqlasa, tadqiqotchi olingan natijalarni pedagogi- kaning munosib nazariy va metodik mulki kabi umumlashtiradi. Ba’zi pedagogik eksperimentlar mobaynida tadqiqot natijalarini ommaviy o‘qitish va tarbiyalashga joriy qilinishi uchun o‘qitish eksperimentidan ham foydalanilishi mum- kin. ko‘pincha eksperimentning ajratilgan ko‘rinishlari majmuaviy ravishda qo‘llanilib, tadqiqotning bir butun o‘zaro bog‘langan, tizimli modelini tashkil etadi. Pedagogik tadqiqotlar metodikasida alohida o‘rinni tabiiy va laboratoriya eksperi- menti egallaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling