Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words.
Ключевые слова. Педагогический эксперимент, методы, этапы, инструменты,
исследователи, реальность, эффективность, качество, фактор. Article overview the methods and types of the pedagogical experiment. Author gives an opinion on the method of organizing independent work with the aim of mastering didactic con- cepts and evaluating this process. Key words. Pedagogical experiment, methods, stages, tools, researchers, reality, effi- ciency, quality, factor. Abduqahhor ABDUQODIROV, Nizomiy nomidagi TDPU Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori PеDAGOGIk EkSPеRIMеNT – ILMIY TADqIqOT ISHLARINING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH OMILI P edagogika nazariyasini o‘rganayotgan har bir tadqiqotchida olingan u yoki bu nazariy xulosalar qanchalik darajada haqiqiyligini aniqlash ilmiy ishning dolzarbligini ko‘rsatadi. Obyektiv haqiqiylikni bilish yo‘l va usullarini tadqiqot metodlari deb yuritish qabul qilingan. Metodlar yordamida har bir fan o‘rganilayotgan predmet haqida axborot oladi, olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va qayta ishlaydi, ma’lum bilimlar tizimiga qo‘shiladi. Ixtiyoriy pedagogik tadqiqotning yakuniy maqsa- di – o‘rganilayotgan jarayonda tartibning doimiyligini aniqlashdan, ya’ni qonuniyatni belgilashdan iborat. An’anaviy tadqiqot metodlari qatoriga kuzatish, tajribani o‘rganish, ta’lim muassa- salari hujjatlarini o‘rganish, suhbat va intervyu, anketalar, reyting, tarixiy tahlil, model- lash, graf, o‘quvchilar ijodkorligini o‘rganish, pedagogik eksperiment, umumlashtirish va boshqa metodlarni kiritish mumkin. Annotatsiya 53 Kuzatish metodi – bilish va tarbiya ishlari jarayonida hodisalar sodir bo‘lishining haqiqiy ravishda ko‘rishga va hayotdan aniq materiallar yig‘ishga imkoniyat beradi. Il- miy kuzatish deganda, tadqiq qilinayotgan obyektni, jarayonni yoki hodisani tabiiy sha- roitlarda maxsus tashkil etilgan faoliyat tushuniladi. kuzatish samaradorligini ko‘tarish uchun u uzoq muddatli, tizimli, turli tomonlama, haqqoniy va ommaviy bo‘lishi lozim. Tajribani o‘rganish metodi – keng ma’noda tarbiyaning tarixiy aloqalarini belgi- lashga, o‘quv-tarbiyaviy tizimlarda umumiyni, mustahkamlikni ajratishga qaratilgan uyushtirilgan bilish faoliyati tushuniladi. Hozirgi vaqtda bu metoddan ijodiy ishlayotgan alohida pedagog, metodist-olimlar foydalanmoqda. Ta’lim muassasalari hujjatlarini o‘rganish – tadqiqot jarayonida ta’lim (yoki tarbiya) muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini xarakterlaydigan hujjatlari o‘rganiladi. Ular- da sabab-oqibat, bog‘lanishlar, o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘zaro aloqalarni belgilashga yordam beradigan ko‘plab haqqoniy ma’lumotlar mavjud. Hujjatlarni o‘rga- nish qimmatli statistik ma’lumotlarni beradi. Suhbat metodi va intervyu. Pedagogik tadqiqot mobaynida o‘quvchilar va ularning ota-onalari, jamoatchilik vakillari, pedagoglar, tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan suhbat- lar va intervyular katta ahamiyat kasb etadi. Har bir suhbat turining aniq vazifalari, maqsadi va o‘ziga xos metodikasi bo‘lishi zarur. Suhbat yakkama-yakka va jamoaviy darajada o‘tkazilishi mumkin. Suhbat uchun mo‘ljallangan savollar oldindan tayyorlan- gan bo‘lishi darkor. Tarbiyalash va ta’lim jarayonlari jamoaviy tabiatga ega. Ularni o‘r- ganishda eng ko‘p foydalaniladigan metodlar – aniq reja bo‘yicha o‘tkaziladigan ushbu jarayon ishtirokchilarining ommaviy so‘rovlaridir. Bu so‘rovlar og‘zaki (intervyu) yoki yozma (anketalar metodi) bo‘lishi mumkin. Suhbat metodi orqali boshqa metodlardan olib bo‘lmaydigan axborotlar olish mumkin. Bu metod orqali tadqiqotchi hamsuhbati- ning ichki dunyosiga kiradi, uning u yoki bu odatlarini aniqlaydi. Anketalar metodi. Bu o‘quvchilar (zarur bo‘lgan hollarda o‘qituvchi va tarbiya- chilar)ni so‘rash metodi bo‘lib, o‘quvchilar jamoasining bilim sifatlarini ko‘rsatadigan ma’lumotlarni olish, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash, shuningdek, kasbga yo‘l- lashni belgilash uchun ma’lum bir shaklda o‘tkaziladi. So‘rash natijalari qayta ishlanadi va umumlashtiriladi. Reyting metodi Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling