Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

Ключевые  слова.  Педагогический  эксперимент,  методы,  этапы,  инструменты, 
исследователи, реальность, эффективность, качество, фактор. 
Article overview the methods and types of the pedagogical experiment. Author gives an 
opinion on the method of organizing independent work with the aim of mastering didactic con-
cepts and evaluating this process.
Key words. Pedagogical experiment, methods, stages, tools, researchers, reality, effi-
ciency, quality, factor.
Abduqahhor ABDUQODIROV,
Nizomiy nomidagi TDPU 
Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori
pedagogika fanlari doktori
PеDAGOGIk EkSPеRIMеNT – ILMIY 
TADqIqOT ISHLARINING SAMARADORLIGINI 
TA’MINLASH OMILI
P
edagogika nazariyasini o‘rganayotgan har bir tadqiqotchida olingan u yoki 
bu nazariy xulosalar qanchalik darajada haqiqiyligini aniqlash ilmiy ishning 
dolzarbligini ko‘rsatadi. Obyektiv haqiqiylikni bilish yo‘l va usullarini tadqiqot 
metodlari deb yuritish qabul qilingan. Metodlar yordamida har bir fan o‘rganilayotgan 
predmet  haqida  axborot  oladi,  olingan  ma’lumotlarni  tahlil  qiladi  va  qayta  ishlaydi, 
ma’lum bilimlar tizimiga qo‘shiladi. Ixtiyoriy pedagogik tadqiqotning yakuniy maqsa-
di  –  o‘rganilayotgan  jarayonda  tartibning  doimiyligini  aniqlashdan,  ya’ni  qonuniyatni 
belgilashdan iborat.
An’anaviy tadqiqot metodlari qatoriga kuzatish, tajribani o‘rganish, ta’lim muassa-
salari hujjatlarini o‘rganish, suhbat va intervyu, anketalar, reyting, tarixiy tahlil, model-
lash, graf, o‘quvchilar ijodkorligini o‘rganish, pedagogik eksperiment, umumlashtirish 
va boshqa metodlarni kiritish mumkin. 
Annotatsiya


53
Kuzatish metodi – bilish va tarbiya ishlari jarayonida hodisalar sodir bo‘lishining 
haqiqiy ravishda ko‘rishga va hayotdan aniq materiallar yig‘ishga imkoniyat beradi. Il-
miy kuzatish deganda, tadqiq qilinayotgan obyektni, jarayonni yoki hodisani tabiiy sha-
roitlarda maxsus tashkil etilgan faoliyat tushuniladi. kuzatish samaradorligini ko‘tarish 
uchun u uzoq muddatli, tizimli, turli tomonlama, haqqoniy va ommaviy bo‘lishi lozim.
Tajribani  o‘rganish  metodi
  –  keng  ma’noda  tarbiyaning  tarixiy  aloqalarini  belgi-
lashga,  o‘quv-tarbiyaviy  tizimlarda  umumiyni,  mustahkamlikni  ajratishga  qaratilgan 
uyushtirilgan bilish faoliyati tushuniladi. Hozirgi vaqtda bu metoddan ijodiy ishlayotgan 
alohida pedagog, metodist-olimlar foydalanmoqda.
Ta’lim muassasalari hujjatlarini o‘rganish – tadqiqot jarayonida ta’lim (yoki tarbiya) 
muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini xarakterlaydigan hujjatlari o‘rganiladi. Ular-
da sabab-oqibat, bog‘lanishlar, o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘zaro aloqalarni 
belgilashga yordam beradigan ko‘plab haqqoniy ma’lumotlar mavjud. Hujjatlarni o‘rga-
nish qimmatli statistik ma’lumotlarni beradi. 
Suhbat metodi va intervyu.
 Pedagogik tadqiqot mobaynida o‘quvchilar va ularning 
ota-onalari, jamoatchilik vakillari, pedagoglar, tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan suhbat-
lar  va  intervyular  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Har  bir  suhbat  turining  aniq  vazifalari, 
maqsadi va o‘ziga xos metodikasi bo‘lishi zarur. Suhbat yakkama-yakka va jamoaviy 
darajada o‘tkazilishi mumkin. Suhbat uchun mo‘ljallangan savollar oldindan tayyorlan-
gan bo‘lishi darkor. Tarbiyalash va ta’lim jarayonlari jamoaviy tabiatga ega. Ularni o‘r-
ganishda eng ko‘p foydalaniladigan metodlar – aniq reja bo‘yicha o‘tkaziladigan ushbu 
jarayon  ishtirokchilarining  ommaviy  so‘rovlaridir.  Bu  so‘rovlar  og‘zaki  (intervyu)  yoki 
yozma (anketalar metodi) bo‘lishi mumkin. Suhbat metodi orqali boshqa metodlardan 
olib bo‘lmaydigan axborotlar olish mumkin. Bu metod orqali tadqiqotchi hamsuhbati-
ning ichki dunyosiga kiradi, uning u yoki bu odatlarini aniqlaydi.   
Anketalar  metodi.  Bu  o‘quvchilar  (zarur  bo‘lgan  hollarda  o‘qituvchi  va  tarbiya-
chilar)ni so‘rash metodi bo‘lib, o‘quvchilar jamoasining bilim sifatlarini ko‘rsatadigan 
ma’lumotlarni olish, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash, shuningdek, kasbga yo‘l-
lashni belgilash uchun ma’lum bir shaklda o‘tkaziladi. So‘rash natijalari qayta ishlanadi 
va umumlashtiriladi.
Reyting metodi

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling