Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
– o‘smirlar aksariyat hollarda o‘qituvchilarning boladan uy vazifasini bajarmagan- ligining sababini surishtirmasdan unga qoniqarsiz baho qo‘yishlaridan norozi ekanlik- larini ifodalashgan; – bolalar, shuningdek, o‘qituvchilarning noto‘g‘ri javob uchun o‘quvchilarga uzun- dan-uzoq nasihat o‘qishlari yoki to‘g‘ri javobdan adashganliklari uchun o‘quvchilarni izza qilishlari ularning nafsoniyatlariga tegishini ta’kidlab o‘tishgan. O‘smirlarning noroziliklariga yana quyidagilar sabab bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan: – oldindan ogohlantirilmasdan to‘satdan olinadigan nazorat ishlari; – darslarda hazil qilishga o‘rin yo‘qligi, pedagog tomonidan berilgan savolga o‘quvchining javob berishdan bosh tortishi yoki darsga tayyor emasligini ifodalashi o‘qituvchining asabiy baqirishi bilan qarshi olinishi; – uyga berilmagan topshiriqlarning tekshirilishi yoki talab qilinishi va boshqalar. E’tirof etilgan holatlarni inobatga olgan holda pedagogik-kasbiy xatolarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish yuzasidan ayrim tavsiyalar xususida to‘xtalib o‘tamiz. v.A.Mijerikov va T.A.Yuzefauchislarning maslahatlariga asoslanib, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarimizga va pedagogik tajribamizga tayangan tarzda quyidagilarni tavsiya etamiz: 1. kasbingiz yuzasidan amalga oshirayotgan kundalik pedagogik faoliyatingizni “men qo‘llayotgan usul va texnologiyalarning samaradorligiga shubha bilan qarash mumkinmi?” degan nuqtayi nazardan tizimli ravishda tahlil qilib borishni odat qiling. Pedagogik faoliyat jarayonida o‘zingizga boshqalarning ko‘zi bilan qarashga odatla- ning. O‘zingizda mavjud fikrlar, qarashlar bilan ichingizda bahslashib, tortishib ko‘ring. kundalik tuting hamda sizda tug‘ilgan yangi fikr va g‘oyalarni muntazam qayd qilib boring. 2. Chiqaradigan xulosalaringiz oqibat-natijalarini oldindan aytishga va oldindan ko‘ra bilishga harakat qiling. 3. O‘zingiz o‘qitadigan fanga oid barcha pedagogik va psixologik hamda meto- dik adabiyotlarni qunt bilan o‘qib-o‘rganishga harakat qiling. O‘z shaxsiy tajribangiz- ga yuqori baho berishga odatlanmang, xususiy pedagogik faoliyatingizni qotib qolgan qarashlar, qoliplar, tor tasavvurlar asosiga emas, balki hamisha ilmiy asosda tashkil qilishga harakat qiling. 4. “Xatolar daftari”ni tuting. Ularga qimmatli buyumga bo‘lgandek munosabatda bo‘ling. Daftarda qayd qilingan xatolarni muntazam o‘qib borish keyingi faoliyatingizda sizni ularni takrorlamaslikka o‘rgatadi. 5. Xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmang, o‘zingizni tafakkur yuritishning yangi usullari- ga odatlantiring. qo‘rquv orqali o‘zingizni xato qilishdan asray olmaysiz. 6. Yuzaga kelgan ta’limiy vaziyat yoki holatni to‘g‘ri baholash asosida masalani hal qilishning alternativ-muqobil variantini tahlil orqali shakllantirishga tayyor turing. 7. Umumlashtirish, yakuniy xulosaga kelishda (“Men seminar yoki amaliy mash- g‘ulotga hech qanday maxsus tayyorgarliksiz kelgan bo‘lsam ham o‘z qobiliyatim, bilim va salohiyatim tufayli yaxshi baho olishga muvaffaq bo‘ldim, demak, bundan keyingi har qanday mashg‘ulotlarda ham tegishli tayyorgarliklarsiz yuqori baholarni olishim mumkin ekan” qabilidagi) xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. 8. O‘rnatilgan tartib, qotib qolgan stereotiplarga amal qilish va ko‘r-ko‘rona taqlid- dan qoching. Boshqalarning, hatto ustozlaringizning ham har qanday ko‘rsatma yoki fikrlarini tanqidiy tahlilidan o‘tkazmay turib ma’lumot va ijro uchun qabul qilish ga odat- lanmang. Har qanday axborot hamda o‘z-o‘zingizga nisbatan imkon qadar tanqidiy 51 munosabatda bo‘lishga urining. Birovga baho berish yoki muayyan axborotlarni bos- hqalarga yetkazishda, ayniqsa, hamkasblaringizga hech qachon o‘zgalardan eshitgan, birovlarning (isbotlanmagan, ishonchsiz) fikrlariga tayanib ma’lumot yoki baho berish- ga odatlanmang. 9. Oshirib, ko‘pirtirib, qo‘shib gapirishga o‘rganmang. 10. Boshqalarda mavjud tushkun va salbiy holatlarni aslo o‘zingizga qabul qil- mang, ularning xulqi va o‘zini tutishlari sizga noqulayliklar keltirib chiqarishiga imkon bermang. kishilardagi bu kabi xatti-harakatlar, muvaffaqiyatsizliklar zamirida ularning shaxsiy muammolari yotishini hamda o‘z faoliyatlariga tanqidiy nuqtayi nazardan yon- dashgan holda tegishli o‘zgartirishlar kirita olmasliklari yotishini yodda tuting. 11. Mabodo xatoga yo‘l qo‘ysangiz, tushkunlikka tushmang. O‘zingizning naza- riy-intellektual darajangiz va salohiyatingizni doimo rivojlantirib borishga harakat qiling va bunga muvaffaq bo‘ling. 12. Tajribali pedagoglar darslarini muntazam kuzating, ulardan yangi metodlar hamda o‘ziga xos ijod qirralarini o‘zlashtirishga intiling. Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan o‘qituvchilar umu- man xatoga yo‘l qo‘ymaslikka yoki ularni maksimal tarzda kamaytirishga harakat qila- dilar. O‘qituvchi ta’lim jarayonining subyekti sifatida muntazam ravishda ta’lim-tarbiya mazmuniga oid turli xarakter va murakkablikdagi muammo hamda vazifalarni hal qilish faoliyatini amalga oshiradi. Xatolardan mutlaqo holi bo‘lishning imkoni yo‘q. Lekin o‘qi- tuvchini real pedagogik sharoitlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga, sodir etilishi mumkin bo‘l- gan xato hamda nizoli vaziyatlardan ogohlantirish yoki ularning oldini olishga o‘rgatish mumkin. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling