Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words.
Ключевые слова. Педагогическая деятельность, профессионально-педагогическая
ошибка, педагогическая цель, тактические ошибки, учитель, ученик. Article describes the professional and pedagogical mistakes and the reasons for their occurrence in the educational process. Author gives his recommendations for the prevention and elimination of these mistakes. Key words. Pedagogical activity, professional and pedagogical mistake, pedagogical goal, tactical mistakes, teacher, student. A’zam XALIKOV, Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, p.f.d, dotsent PеDAGOGIk XATOLAR vA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI Annotatsiya 49 etilayotgan amallarning oldindan puxta rejalashtirilmasligi esa kasbiy-pedagogik faoli- yatga tamomila zid va yot ekanligining nishonasidir. Pedagogik maqsadni belgilash bilan bog‘liq xatolar: 1. O‘qituvchi tomonidan pedagogik faoliyatning tub mohiyatini to‘g‘ri anglab yet- maslik natijasida dars jarayonini muayyan oldindan belgilab olinmagan maqsadlarsiz amalga oshirish, oqibatda bevosita dars jarayonida yuzaga kelgan tasodifiy maqsad asosida mashg‘ulot tashkil qilish va ta’limda nihoyatda past samaradorlikka erishish. 2. Metodik maqsadlarning nomuvofiqligi natijasida darsning turli bosqichlarida man- tiqiy bog‘lanishlarning amalga oshmay qolishi orqali past sifat ko‘rsatkichiga erishish. E’tirof etilayotgan xatolarning kelib chiqish sabablariga pedagogning o‘z mashg‘u- lotini oldindan aniq va puxta rejalashtira olmasligi, ya’ni aniq ichki ta’limiy-pedagogik maqsadlarni qo‘ya olmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday xatolarning oldini olish uc- hun pedagog birinchi navbatda, o‘z mutaxassislik fanini mukammal bilishi, ikkin chidan, jamiyat ma’naviy hayoti, ijtimoiy vazifalarini teran anglashi, uchinchidan, bolalarning qiziqishlarini yaxshi bilishi va ularni ta’lim maqsadlariga aniq yo‘naltirishi, eng asosiysi, ta’lim faoliyati maqsadlarini mukammal belgilay olishi talab etiladi. Buning uchun esa o‘qituvchi ta’lim maqsadlarini belgilash metodikasini egallash ustida maxsus shug‘ul- lanishi kerak bo‘ladi. Pedagogik faoliyatni rejalashtirishdagi xatolar mashg‘ulot maqsadini belgilashda- gi xatolar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular o‘zaro sinxron tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur xatolar bilan bog‘liq jarayonni chuqur tahlil qilish, uning asl mohiyatini aniqlash maqsadida ularni alohida guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Taktik xatolarga pedagogik hamkorlikni, muloqotni, tashkil qilish jarayonidagi hamda odob doirasidan chiqish bilan xarakterlanadigan xatolarni kiritish mumkin. Shu- ningdek, didaktik ta’sir bilan bilan bog‘liq quyidagi xato turlari ham uchraydi: a) bevosita o‘zi o‘qitadigan faniga tegishli mavzularni o‘qitish bilan belgilanadigan uslubiy xarakterdagi xatolar; b) bolalarning dars jarayonidagi o‘quv-bilish faoliyati (pedagogik menedjment)ni tashkil qilish bilan bog‘liq xatolar. O‘qituvchining bevosita o‘zi o‘qitadigan faniga tegishli mavzularni o‘qitish bilan belgilanadigan uslubiy xarakterdagi xatolar ularni tushuntirishdagi chalkashlik, tizim- sizlik, o‘qituvchi nutqining murakkabligi, o‘quv materialini yetkazib berishdagi emotsio- nallik yoki uning yetishmasligi, dars vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olmaslik, ta’lim metodlarini tanlash hamda texnika vositalaridan maqsadli foydalana olmaslik kabi holatlar bilan asoslanadi. Demak, pedagogik hamkorlik faoliyati bilan bog‘liq xatolarni olimlar pedagoglar- ning uslubiy nuqsonlari sifatida tasniflashadilar. v.I.Juravlevning “Pedagogik konfliktologiya asoslari” kitobida sanab o‘tgan xatolar o‘quvchi shaxsi tomonidan ifodalanganligi bois, u o‘qituvchiga ta’lim jarayonining bevo- sita ishtirokchisi sifatida o‘ziga “tashqari”dan turib nazar tashlash imkonini yaratib beradi. v.I.Juravlev dars jarayonida o‘quvchilar tomonidan aniqlanadigan o‘qituvchilar- ning xatolari sirasiga o‘quvchilarning bilimini baholash paytidagi qat’iyatsizliklarini alo- hida e’tirof etadi. O‘quvchilar mazkur jarayon bilan bog‘liq quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratishadi: – bolalarning nostandart tarzda javob berishlarini xatoga yo‘yishadi va ulardan dastur va standartda belgilangan shakl hamda tartibda yoki o‘zlari xohlagan tarzda javob berishlarini talab qilish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling