Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
1) o‘quvchilarni tanqidiy firklash ko‘nikmalarini egallashga ruhan tayyorlash; 2) o‘quvchilarning o‘z fikrlari qat’iyligiga bo‘lgan ishonchini barqarorlashtirish; 3) muayyan sinf o‘quvchilarida jamoaviy tarzda tanqidiy fikr yuritishga yo‘nalti- rilgan pedagogik vaziyatni vujudga keltirish amaliyotini tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishi o‘quvchiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: – fikrlash jarayoni jadallashadi; – o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘ya boshlaydilar hamda ushbu maqsadga eri- shish yo‘llarini izlaydilar; – o‘zaro bir-birlari bilan faol muloqotga kirishish ko‘nikmasini egallay boshlaydilar; – bilim olish, yangi axborotlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish ortadi; – o‘quv-biluv jarayonida o‘quvchilarda faollik ta’minlanadi; – ular orasida vujudga kelgan rang-barang fikrlarni tinglash va mushohada qilish ishtiyoqi kuchayadi; – o‘z fikrlarini dadil bayon qilish ehtiyoji vujudga keladi; – egallagan bilim va tushunchalarini qayta ishlash, ular yordamida fikr ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish jarayonini tizimli tashkil etish maqsadga muvofiqdir. DTS va o‘quv dasturlarining tahlillari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda mustaqil fikr- lash uchun talablar belgilab berilgan bo‘lsa-da, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakl- lantirishga oid muayyan ko‘nikmalarni tarkib toptirish nazarda tutilmagan. Amaldagi darsliklarda ham o‘quvchining tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladigan o‘quv materiallari kam uchraydi. O‘quvchilar turli o‘quv predmetlarini o‘zlash- tirish jarayonida bir tomondan muayyan bilimlarga ega bo‘lsalar, ikkinchi tomondan O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti va turli sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishadi. Boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlari, darsliklari, chunonchi, O‘qish, Tabiatshunoslik, Ona tili darsliklarining tahliliy natijalari shuni ko‘rsatdiki, ularda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini shakllantirish bilan bog‘liq talablar aniq ifodalanmagan. Amaldagi darsliklar (O‘qish, Ona tili)da 3-,4-sinf o‘quvchilari uchun taqdim qilinayotgan o‘quv materiali va ular bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar ko‘p hollarda tahlil qilish, taqqoslash, izohlash, bahs- lashish, yangi muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilma- gan, o‘quvchilarning fikrlash jarayonini baholashga alohida e’tibor berilmagan. Ta’limiy topshiriqlar aksariyat hollarda Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling