“Tushunish” darajasida topshiriqlar:
1-topshiriq. Ertak janrining modelini tuzing.
Ertakning tuzilish modeli
Zachin
Bor ekanu yo‘q ekan, och ekanu to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul
ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi
ekan, g‘oz karnaychi ekan.
Kirish
O‘tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir ho‘kizi bor ekan.
Asosiy qism
Eshakvoy yo‘lda yo‘ldosh bo‘layotgan har bir jonivorning “Susambil qanday
joy?” degan savoliga “Susambil – o‘tning bo‘lig‘i, suvning tinig‘i, unda azob-
uqubat yo‘q, maza qilib yurasan”, deb javob beradi.
Jonivorlarning ko‘zlagan maqsadlariga erishishlarida ularning sabr-toqatli
bo‘lganliklari, mashaqqatlarga chidashgani muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mashaqqatlarga bardosh bergan jonivorlar jannatmakon go‘sha – Susambilga
yetib keladilar, shu joyda rohat-farog‘atda umr kechiradilar.
Jonivorlarning o‘zaro ahilliklari, birdamligi ularning tashqi dushman – bo‘rilar
galasi hujumidan qutqaradi. Bo‘rilar podshohi Susambilni tashlab, yetti
tog‘ning narigi tomoniga qochib ketadi.
Xulosa
Susambilliklar endi tamom erkinlikka chiqib, og‘zi oshga tegib, sal kunda
semirib ketibdilar. Ular goho xo‘jayinlarinikida ko‘rgan kunlari esga tushsa,
o‘kinib, bu yerdagi rohatlarni ko‘rib sevinib, Susambilning ovini ovlab, dovini
dovlab, mazza qilib yurishaveribdi.
Tugallanma
Shu bilan murod-maqsadlariga yetishibdi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |