“Mumkin emas...” o‘yini
O‘yinning maqsadi: ishtirokchilarda hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni yechish yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
O‘yinning borishi:
guruh ikkiga bo‘linadi. Birinchi guruh o‘z xohish-istaklarini bayon
qiladi, ikkinchi guruh esa bunga rad javobini berishi kerak. O‘n minutdan keyin guruhlar
o‘z o‘rinlarini almashadilar. O‘yin taxminan quyidagicha boshlanishi mumkin:
– Men bugun kechqurun diskotekaga bormoqchi edim.
– Yo‘q, mumkin emas, kech bo‘lib qoladi. Yotoqxonaga soat to‘qqizdan keyin
kiritilmaydi.
– Men istalgan narsamni istalgan vaqtda sotib olishim mumkin.
– Yo‘q, bunday qila olmaysan. Chunki endi o‘zing uchun zarur barcha narsalarni o‘z
hisobingdan sotib olishing kerak.
O‘yindan so‘ng xohishlarni rad qilish uchun qo‘llanilgan dalillar, ularning sabablari
va mazmuni tahlil qilib chiqiladi. Boshlovchi quyidagicha xulosa qilsa bo‘ladi: “Asosli va
asossiz rad etishlar bor. ko‘pincha sizga ba’zi ta’qiqlar asossizday tuyulishi mumkin,
biroq ularda ham maqsad, mazmun borligini inkor eta olmaymiz. Agar biz istagimiz nega
rad etilayotganligini anglasak, tushunsak, bunga ko‘nikishimiz osonroq bo‘ladi. Ba’zan
o‘zimiz qilayotgan xatti-harakatlarimiz, istagimiz noo‘rin ekanligini ham anglab turamiz.
Bunday holda tushunishimiz qiyin bo‘lgan kechinmalarni his qilamiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: |