Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1,2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
qo‘lga kiritib, keyingi turda ishtirok etgan. (2018-yilda esa ushbu test sinovi respublika bosqichida olinadigan bo‘ldi.) Ushbu test sinovida atigi 20-30 ball olgan o‘qituvchilar ham borligi achinarlidir. yetarlicha bilim darajasiga va pedagogik mahoratga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘qitadigan bo‘lsa, farzandlarimizning bilim darajasi qanday bo‘ladi, ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘larning, eng muhimi farzandlarimizning boy berilgan umrining o‘rnini qanday to‘ldirish mumkin. Shuning uchun, mening fikrimcha, o‘z ustida ishlash va malaka oshirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, o‘qituvchilarni zarur metodik vositalar bilan ta’minlash, shuningdek, yuqoridagi kabi sinovlarni har o‘quv yili yakunida o‘tkazish hamda sinov natijalari va o‘quvchilar bilim darajasi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib rag‘batlantirish yoki chegirmalarni joriy etish o‘qituvchilarning pedagogik mahorati hamda bilim darajasini oshirilishiga xizmat qiladi. Bunda barcha jarayonlarning adolatlilik va shafoflilik prinsiplari, jamoatchilik nazorati asosida amalga oshirilishi muhimdir. internet tizimi orqali o‘zbek tilida tayyorlangan ochiq dars ishlanmalari, slaydlar va boshqa shu kabi elektron o‘quv materiallarini topish ham amri mahol. Barcha fanning har bir dars mashg‘uloti uchun eng zamonaviy multimedia vositalaridan, zamonaviy ilmiy yutuqlardan foydalanilgan holda elektron o‘quv materiallarini yaratish va bu yo‘nalishdagi faoliyatni rag‘batlantirish zarur. Buning uchun o‘qituvchilarni metodik qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish, uning moliyaviy manbasi etib, jumladan, ish haqining 0,1 foizini belgilash, har bir fanning har bir dars mashg‘uloti uchun elektron ishlanmalar tanlovini joriy etish, tanlov jarayonini shaffof va adolatli o‘tkazish hamda jamg‘arma hisobidan g‘oliblarni munosib taqdirlash bu sohadagi muammolarni bartaraf etilishiga xizmat qiladi. Ta’lim sifatining qay darajada ekanligi ko‘rsatkichlaridan yana biri, oliy ta’lim muassasalariga qabul natijalaridir. Oxirgi uch o‘quv yili yakuniga ko‘ra, o‘sha yildagi bitiruvchilarning atigi uchdan birigina oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan. Har yilgi oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qabul kvotasi doirasida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabalarning 30 foizga yaqin qismigina o‘sha yildagi bitiruvchilardan iborat, xolos. nima uchun farzandlarimizning 65-70 foizi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun hujjat ham topshirmayapti, nima uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabalarning 70 foizi bir necha yil mustaqil hamda repititor yordamida tayyorgarlik ko‘ribgina o‘qishga kirmoqda. nima uchun umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 11-12 yil davomida o‘qigan aksariyat o‘quvchi birinchi yilning o‘zidayoq qo‘shimcha kurslarga qatnamasdan o‘qishga kira olmayapti degan og‘ir savollar har birimizni o‘ylantirishi zarur. Joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalari uchun ajratilgan kvotaning 13 mingga yaqini abiturientlarning minimum ballni ham qo‘lga kirita olmaganliklari sababli bo‘sh qoldi. Bu ko‘rsatkich ham ta’lim sifatining avvalgi yillardan unchalik farq qilmaganligini ko‘rsatadi. Ushbu holat bo‘yicha bo‘sh qolgan kvota o‘rinlariga bir xil fanlardan test-sinovi topshirgan boshqa ta’lim yo‘nalishlariga kira olmagan abiturientlar hisobiga ixtiyoriylik va yuqori ball olganligi ketma-ketligi asosida to‘ldirish zarur. yuqoridagi holatga olib kelgan sabablardan biri, menimcha, 10-11 sinflarda o‘qitilayotgan fanlar sonining ko‘pligidir. Misol uchun, ta’lim sifati yuqori bo‘lgan horijiy davlatlarda o‘qitiladigan fanlar soni 10-12 tani tashkil etgani holda bizda 22 tagacha fan o‘qitilmoqda. albatta, har bir o‘qitilayotgan fanning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini asoslash mumkin. Biroq bunday fanlarni imkon qadar 9- sinfga qadar o‘qitish hamda 10-11-sinflarda esa ma’lum fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarur. Buning uchun, mavjud fan soatlarini 30 foizigacha o‘zgartirish vakolatini maktablarga berish lozim. 13 respublikamizdagi o‘rganilgan tuman va shaharlardagi 30 foizgacha umumta’lim maktablarining informatika xonalari o‘qituvchi va o‘quvchi uchun kompyuter texnikasi jamlanmalari bilan umuman ta’minlanmagan, bunday jihozlar bilan ta’minlangan umumta’lim maktablaridagi 50 foizgacha kompyuterlar esa yaroqsiz holatga kelib qolgan, yaroqlilari ham ma’naviy eskirgan. Bundan tashqari, to‘liq jihozlangan bitta informatika xonasidan hafta davomida eng kamida 40 soat dars mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin bo‘lgani holda, aksariyat umumta’lim maktablarida informatika xonasidan hafta davomida atigi 9-18 soatgacha foydalanilmoqda. kompyuter texnikasi jamlanmalari bo‘yicha bu kabi yetishmovchilikni bartaraf etish uchun eng kamida 150-200 mlrd. so‘m mablag‘ talab etiladi. Umumta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasiga ko‘ra, informatika va axborot texnologiyalari fani haftada 5,6,7-sinflar uchun 0,5 soat, 8-sinf uchun 1 soat hamda 9-10 sinf uchun 2 soatdan o‘qitilishi belgilangan. kompyuter texnikasi bilan to‘liq ta’minlangan informatika xonalaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali yuqoridagi muammoni hal etish maqsadida, hududdagi har ikkita umumta’lim maktablari uchun bitta informatika xonasiga kompyuter texnikasini ajratish, informatika va axborot texnologiyalari fanini haftalik soatini ikki barobarga oshirish hisobiga faqat o‘quv yilining yarmi davrida o‘qitiladi. Bunda bitta informatika xonasi jihozlangan ikkita umumta’lim maktabida o‘quv yilining boshqa yarmida informatika fani o‘qitiladi va kompyuter texnikasi jamlanmalaridan o‘quv yili davomida ikkita maktab navbatma-navbat foydalanishi nazarda tutiladi. Bu jarayonni amalga oshirishning tartiblari, yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi. Ushbu taklif joriy etilganda informatika o‘qituvchisiga shtat birligiga asosan haq to‘lanishi mumkin. kompyuter texnikasi mavjud bo‘lmagan maktablardagi o‘quvchilarning infor- ma tika fani bo‘yicha olayotgan bilim darajasini hamda kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan maktablardagi kompyuterlarning eskirib boraverishini, ularni ta’mirlash va zamonaviylariga almashtirish zaruriyati kuchayib borishini inobatga olsak, ushbu taklifni amaliyotda joriy etishning sabab va imkoniyati kuchayadi. Bu kabi tartibni labaratoriya mashg‘ulotlari olib boriladigan fanlar uchun ham tatbiq etish mumkin. respublika bo‘yicha bitta farrosh uchun tozalash hududi 700 kv.metr etib belgilanganligi (ma’lumot uchun oldin va ko‘pgina MDH davlatlarida ham 500 kv.metr bo‘lgan) hamda maktablarda ikki smenali mashg‘ulotlarning tashkil etilganligi farroshlar mehnatini og‘irlashishiga olib kelmoqda. Ular uchun tozalash hududini kamaytirish hamda bir smenadan ortiq faoliyat olib borayotgan ta’lim muassaslarida qo‘shimcha farroshlik shtatlarini kiritish zarur. Buning uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larning moliyalashtirish manbasi sifatida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish lozim. natijada, 10 minglab aholini doimiy ish bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Darsliklar bilan ta’minlash o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlarining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Biroq hududlardagi haqiqiy holatni o‘rganish tashkil etilgan tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganilganda aksariyat ta’lim muasasalarida darsliklar bilan ta’minlash tizimida ham kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, o‘tgan o‘quv yilining boshlanganiga 4 oydan oshganiga qaramasdan o‘rganish o‘tkazilgan barcha umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning darsliklar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, eski darsliklar bilan ta’minlanganligi, tuman xalq ta’lim bo‘limlari tomonidan o‘quvchilarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling