viy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish
tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori ta’lim tizimida yangi davrni boshlab berdi.
Ushbu hujjatda haqli ravishda o‘qituvchi, murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nu-
fuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun
talabiga mutlaqo javob bermasligi, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mus-
taqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani
qayd etilgan.
Shu bilan birga, qarorning 3-bandida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari-
ning bazaviy tarif stavkalarini oshirish ko‘zda tutilgan.
Farzand – yaratganning buyuk in’omi, nasllar davomiyligini ta’minlovchi oltin
halqa. Shu bois har bir ota-ona jajji bolasining qo‘lidan tutib maktabgacha ta’lim mu-
assasasiga, maktabga olib borishni orzu qiladi. Jigargo‘shasining unib-o‘sib, ulg‘ayib,
el-yurtga nafi tegadigan inson bo‘lishini istaydi. nazarimizda, bu istak so‘nggi yillarda
biroz so‘ngandek.
Buning sababi nimada? nega shunday bo‘lyapti?
Shu yil 15-avgust kuni “Ma’rifat” gazetasining 65-sonida “Muhimi, ilk qadamlar
tashlandi, buyog‘iga ortga chekinish yo‘q”sarlavha ostida O‘zbekiston respublikasi
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan suhbat chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |