Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
jihatdan taraqqiy etishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlaydi. ya’ni, bolalar-
ning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning “Diqqatlariga suyalgan, vijdonla-
riga yuklangan muqaddas bir vazifa”, “Fikrining quvvati, ziynati, kengligi, muallimning 
tarbiyasiga bog‘liqdur”. 
yangi  o‘quv  yilidan  xalq  ta’limi  muassasalari  vasiylik  kengashlarini  bekor  qilib, 
ular  o‘rnida  kuzatuv  kengashlari  tashkil  etilar  ekan.  Uning  a’zolari  yuridik  shaxslar,      
ota-onalar  qo‘mitalari  vakillari,  sobiq  bitiruvchilar  va  homiylar,  shuningdek,  fuqarolik 
jamiyati institutlari vakillari bo‘lishi rejalashtirilgan.
kuzatuv kengashlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi ko‘zda tu-
tilyapti: 
– Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan ta’lim mu-
assasalari direktorlarini saylash, shuningdek, ularni lavozimidan ozod etish bo‘yicha 
takliflar kiritish;
– o‘quv muassasalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha 
takliflar kiritish;
– ta’lim muassasalarining moliyaviy va biznes faoliyati, daromad va byudjet xara-
jatlari, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa vositalarni yaxshilash bo‘yicha direk-
torlar hisobotlarini tinglash;
– yillik moliyaviy rejalar va xarajatlar smetalarini tasdiqlash;
– ta’lim muassasasining direktori tomonidan pullik xizmatlar uchun tariflar miqdori, 
ta’lim muassasasi binolari va boshqa mulklarining ijaraga berilishini tasdiqlash;
– ta’lim sifati, o‘qituvchilarning bilim va pedagogik mahorati, o‘quvchilarga yaratil-
gan sharoitlar yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish; 
–  o‘quvchilar  va  ularning  ota-onalarining  murojaatlarini  ko‘rib  chiqish,  ularning 
pedagog va rahbar xodimlar haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar 
o‘tkazish; 
– ta’lim muassasasini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarda ishtirok etish.
– kelgusida maktab direktorlari qay tarzda tayinlanadi?
Ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodni joylarda davlat hokimiyati or-
ganlari  tomonidan  tayinlash  amaliyoti  maktab  boshqaruvining  samarasiz  tuzilmasi 
hamda vakolatlarining noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keldi. Direktor zimmasiga asosiy 
faoliyatiga tegishli bo‘lmagan juda ko‘p vazifalar yuklatilib, direktor o‘rinbosarlarining 
javobgarligi  susaydi,  o‘qituvchilarning  ilg‘or  tajribasi  va  fidokorona  mehnati  uchun 
rag‘bat yo‘qoldi.
Muxtasar aytganda, ertangi kunimiz, kelajagimizning yanada porloq bo‘lishini bel-
gilovchi omillar ko‘p, sabablar bisyor. lekin ularning hech biri barkamol avlodni tarbi-
yalashdek muhim ahamiyatga ega emas. Buni uddalash esa o‘qituvchilar zimmasida. 
Demak, o‘qituvchilarni hurmat qilish, ularga zarur shart-sharoit yaratib berish – buyuk 
kelajagimiz kafolatidir.


7

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling