Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
lariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlar belgilanib, 1 bu borada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish- ga erishish muhimdir. Dunyo rivojlanishining asosiy tendensiyalari orasida jamiyat hayotining barcha sohalarida media vositalarining ta’siri muammolari dolzarblashayotgan paytda infor- matsion jamiyatga o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. XXi asrda axborot, bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish va- zifasi jahon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omiliga aylanib bormoqda. Bu esa ta’lim tizimining yangi, innovatsion tuzilmasini yaratishni taqozo etmoqda. negaki, yan- gilangan iqtisodiyot innovatsion ta’lim tizimisiz rivojlana olmaydi. Bilimlar hozirgi jahon xo‘jalik tizimining qudratli resursi va boyligi ekanligi bois, zamonaviy ta’lim tizimi ham dunyo standartlariga hamohang bo‘lishi tabiiy. Milliy ta’lim tizimining modernizatsiya qilinayotgan zamonaviy bosqichi fundamental o‘zgarishlar va tizimli yondashuv bilan xarakterlanadi. Zero, shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda yosh avlodni yetuk kadrlar qilib tayyorlashga mas’ul bo‘lgan pedagoglar oldiga qo‘yilayotgan talablar nihoyatda yuqori bo‘lib, ular sifat jihatidan yangi, intellektual, ma’nan barkamol va yuksak profes- sional salohiyatli shaxslarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Zotan, bugungi globallashuv jarayonlarida barcha sohalar qatori ta’lim-tarbiya tizi- mida ham media aloqa vositalari kirib bormagan jabhaning o‘zi yo‘q. ilg‘or pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga jalb etish, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or usullarini amaliyotda qo‘llashda ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarining roli tobora ahamiyat kasb etmoqda. O‘z navbatida, bugungi taraqqiyot zamoni yoshla- rida ham ushbu vositalardan foydalanishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq kuchli. Soha istiqbolini, yoshlarimiz kamolini axborot zamoni va makonidan, demakki, media axborot vositalaridan ayro tasavvur etib bo‘lmas ekan, hamma gap ularning mazkur vositalardan foydalanish borasidagi tushunchalarini, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirib borishda. Bu muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa global tarmoq hisoblangan internetning afzal jihatlaridan oqilona va samarali foydalanish, uning za- rarli ta’sirlari va salbiy jihatlari, ya’ni axborot xurujlaridan farzandlarimizni himoya qilish kabilardan iboratdir. Bugungi kunda internet orqali amalga oshirilayotgan axborot xurujlari dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavf- sizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo‘shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto‘g‘ri tushinilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko‘ringan, ammo mohiyatan inson ongiga sal- biy ta’sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko‘payib borayotganligi hech kimga sir emas. aynan jamiyat hayotiga ta’sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning oldini olishda aholini mediasavodli qilish zarur degan fikrlar ko‘paymoqda. Buning uchun esa: – huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshi rilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushinish; – OaV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish; – axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyat- da to‘g‘ri qaror qabul qilish; – insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”; 1 Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari risola. – T., 2017, 70-71-b. 123 – OaV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish; – axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, kimning man- faatlarini o‘zida aks etayapti degan savollarga javob topa olish zarur. Mediasavodxonlik OaV bilan shaxs o‘rtasidagi munosabatdir. informatsion mada- niyat jamiyatning har bir a’zosi yuqori yoki quyi darajadagi mediasavodxonlikka ega bo‘ladi. Tadqiqotimiz doirasida nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika institutining “fizika va matematika” fakulteti hamda Tosh- kent axborot texnologiyalari universiteti “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so- hasida kasb ta’lim” fakulteti talabalari o‘rtasida ularning mediakompetentlik darajasini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 5 ta savol bo‘yicha i- va ii- bosqi- chlardagi 144 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi. Quyida so‘rovnoma natijalarini tahlil qilib o‘tamiz. Siz informatsion ma’lumotni ko‘proq qayerdan olasiz? (Quyida savollarga ishtirok- chilarning necha foizi qanday javob berganini keltirib o‘tiladi.) Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling