Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

Annotatsiya


61
tisodiy muhitga tez moslasha biladigan, mustaqil faoliyatini oqilona tashkil qila oladigan 
insonni tarbiyalash kabi muhim vazifani qo‘ymoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnologi-
yalardan foydalanish ta’lim tarbiyaning samarali natijalari kafolati bo‘lib, ertangi kunimiz 
darajasini belgilovchi muhim omildir.
Ta’lim jarayonidagi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samarador-
ligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb mavzulari-
dan biridir. O‘quvchilarni fikr doirasini, dunyoqarashini o‘stirish, ularni erkin tinglovchi-
dan, erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhim. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, 
o‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i  lozim. ana shu vaziyatni uddalashda  inno-
vatsiya faoliyati ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas’-
uliyatlari cheksizdir.  Bugungi yangilanish, ma’naviy yuksalish davrida  har tomonlama 
yetuk, bilimdon, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hozirgi  kunning asosiy talablaridan biridir. 
Bunday mas’uliyatli va sharafli vazifalarni hal etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining 
o‘rni va xizmati kattadir. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi dars jarayonida o‘quvchilarning bir qolipga tushib qol-
masligi uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy 
etish bilan birga, multimediali ishlanmalardan samarali foydalangan holda o‘qitishning 
o‘yinli shakllari va mediatexnologiyalarini qo‘llash imkonini egallagani bilan o‘zining kom-
petentligini namoyon qila oladi.
Boshlang‘ich sinflarda bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini 
unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson, vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foyda-
lanish va darslar o‘tish yaxshi samara beradi. ko‘proq  atrof-olam bilan bog‘lab o‘tilgan 
darslar,  sayohat  darslari    ham  bolalarni  ongini,  dunyoqarashini,  erkin  fikrlash,  bayon 
etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pe-
dagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor 
kundan-kunga kuchayib bormoqda. O‘qituvchi bunda bevosita va bilvosita ishtirok etib, 
ta’lim-tarbiya jarayonida boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Shu bois 
ta’lim muassasalarida zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni 
katta. Ta’lim metodlaridan foydalanishning samaradorligi va muvaffaqiyati ular o‘quvchi-
lar mustaqilligi hamda  ijodiy faolligini rivojlantirishga qanchalik yordam berishiga bog‘liq. 
O‘qituvchi o‘quvchiga mustaqil ko‘rsatishi uchun sharoit yaratsa, qo‘llanilgan metod sa-
marali bo‘ladi. Ta’lim  metodlarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, psixo-
logik-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarlik namoyon bo‘ladi. Xuddi anu shu 
omillar ta’lim metodlarini samaradorligini belgilaydi. 
Bizga ma’lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, usul va 
vositalarni tasvirlashga to‘g‘ri kelgan. O‘qitish  jarayonida yuqori natijaga erishish uchun 
dars jarayonini oldindan ketma-ketligini mo‘ljallash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi bunda pred-
metning o‘ziga xos tomonlarini, o‘quv jarayonlari  hamda sharoitlarini o‘quvchilarning  
ehtiyojini va bilim saviyalarini, sharoitga qarab texnologiyalarni tanlashi lozim. innovatsi-
on texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qi-
tuvchi va o‘quvchilarni birgalikda faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchining faoli-
yati o‘quv materiallarini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, 
fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarni mustaqil mashg‘ulotlarga 
rahbarlik qilish, ularning bilim ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan 
iborat. 
Dars – ta’lim-tarbiya jarayoning markazi hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab-
da darsga alohida ahamiyat qaratiladi va o‘qituvchining zamon talabiga mos dars o‘tishi 
talab etiladi.To‘g‘ri tashkil etilmagan dars o‘quvchilarning o‘qish-bilish faolligini nazorat 


62

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling