Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
tolik yuzasidan zaruriy yordamlar ko‘rsatilib, ishlardagi mavjud kamchilik va xatolikni bartaraf etilishiga erishishga va individual xususiyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga tenglashtirilishiga harakat qilinadi. 2-guruh ishtirokchilari bilan ishlashda ularning mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o‘z ustida ishlashiga alohida e’tibor qaratilib, har bir kunda kamida 2 soat o‘tilgan mavzu bo‘yicha mustaqil ish bajarishi qat’iy nazorat qilib boriladi. 2-asosiy guruh mashg‘ulotlari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 1-yo‘nalish. Tasviriy san’at fani bo‘yicha zarur bo‘lgan nazariy, amaliy bilimlar va malakalarni iqtidorli o‘quvchilar ongiga singdirib borish. Bu mashg‘ulot jarayoni uchun quyidagi mavzularni o‘tish tavsiya qilinadi: – geometrik jismlarning alohida va o‘xshash narsalarning tasvirini, bir necha geo metrik jismlardan tuzilgan natyurmotlarni qalamtasvirda va rangtasvirda ishlash; – uy-ro‘zg‘or buyumlari, mevalar, sabzavotlardan tuzilgan natyurmortlarni ish- lash; – odam portretini va gavdasini hamda tabiat manzaralarini natura asosida ish- lash. 2-yo‘nalish. O‘quvchilarni respublika va xalqaro miqyosidagi tanlovlar va ko‘r- gazmalarga tayyorlash. Mashg‘ulotlar uchun rejalashtiriladigan mavzular kompozitsion tasvirni ishlash- dan iborat bo‘ladi. respublika va xalqaro tanlov, ko‘rgazmalarning talabi asosidagi kompozitsion tasvirlarni bajartirish va tayyorlash orqali iqtidorli o‘quvchilarga kom- pozitsion tasvirlarni ishlash bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikma singdirib, qobiliyatlari rivojlantirilib boriladi. O‘quvchilarning tayyor bo‘lgan ijodiy ishlari respublika va xalqaro tanlov, ko‘rgaz- malarga yuborilib, ularning bilimini sinovdan o‘tkazish ta’minlanishi orqali mustaqil o‘z ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy qobiliyatlari rivojlantirilib boriladi. Erishgan yuqori natijalari uchun respublikamizda iqtidorli o‘quvchi-yoshlar uchun ta’sis etilgan Davlat mukofotlari, masalan, Zulfiya nomidagi, yoshlar ittifoqi mukofotlariga tavsiya etilishi, OTMlarga imtiyozli ravishda o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 2-guruh bilan olib boriladigan har ikkala yo‘nalishdagi mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda o‘tilgan mavzu va tanlov hamda ko‘rgazmalarga tayyorlanish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha har kuni kamida 2 soat mustaqil o‘z ustida ishlashi nazorat qilib boriladi. Chizmachilik fanidan iqtidorli o‘quvchilarni yakka tartibda tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar: Tasviriy san’at fanidan yakka tartibda tayyorlash mashg‘ulotlari kabi bu ham 2 guruhda olib boriladi. 1-guruh. iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash guruhi. O‘qituvchilar to- monidan chizmachilik darsi jarayonida iqtidorli o‘quvchilar aniqlanib, jalb qilinadi. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar orasidan eng iqtidorlilari va kelajakda fan yo‘nalishida kasb tanlashga moyilligi mavjud bo‘lganlari aniqlanib, 2-asosiy guruh- ga jalb etiladi. Mavzular 8-sinf darsligi asosida rejalashtiriladi, o‘ta iqtidorli o‘quvchilarni tan- lashda nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish va chizmalarni chizish qobiliyatiga e’tibor qaratiladi. 79 2-guruh. kasbga yo‘naltirish guruhi. guruh mashg‘ulotlari 2 yo‘nalishda: 1-yo‘nalish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar ongiga nazariy bilimlarni singdi- rib, grafik ishlarni bajarish qobiliyatini rivojlantirib borish rejalashtiriladi. 2-yo‘nalish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar fan olimpiadalariga tayyorlana- di. Mavzular 8-9-sinf darsliklari asosida rejalashtiriladi. Fan olimpiadalarining tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘quvchilar viloyat va respublika bosqi- chiga mazkur bosqich talablari darajasiga moslab ishlangan rejalar asosida tayyor- lanadi. Maktab chizmachilik ta’limining maqsadi o‘quvchilarni murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o‘rgatishdan iborat. agar o‘quvchi grafik savodxon bo‘lsa hayotda barcha chizmaga oid ishlarni tezda tushunish va bajarib berish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Haqiqatdan ham tasviriy san’at va chizmachilik fanining inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Chunki bola, avvalo, dunyoni rasmlardagi kabi idrok qiladi, ko‘rgan nar- sasini qaytaradi ya’ni, psixologiyada amaliy tafakkur tushunchasi bo‘yicha ushlab ko‘rib, o‘zi ijro etib o‘rganadi. Hali yaratayotgan obrazlari abstrakt-mavhum holatda bo‘lsada u qilgan ishdan estetik zavq oladi va borliqni o‘zida aks ettiradi. Tasviriy san’at va chizmachilik fani ma’naviy-madaniyatning ham asosiy qismi- dir. U bolalarda, inson hayotida badiiy madaniyatni uyg‘un shakllanishiga xizmat qi- ladi. Shaxs uchun muhim bo‘lgan sifatlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Borliq, go‘zallik, dizayn estetikasi bu fanlarning asosini tashkil qiladi. Xulosa qilib aytganda, tasviriy san’at va chizmachilik fanlaridan tashkil etiladigan yakka tartibda kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar ongiga naza- riy bilimlarni mukammal tarzda singdirib borish va amaliy ishlarni izchil davom ettirish qobiliyatlari rivojlantirilib, respublika va xalqaro miqyosidagi tanlovlar va Olimpiada- larda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, kelajakda mazkur fan yo‘nalishida tanlagan kasbining fidoyilari bo‘lishini shakllantirish maqsad qilib olinadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling