“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
darsliklar bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlari haqiqiy holatga mos kelmasligi
hamda ta’minlanganlik foizi oshirib ko‘rsatilganligi aniqlandi.
Muhokamaga tashlamoqchi bo‘lgan masala bu farzandlarimizning sifatli bilim
olishlaridagi ota-onalarning o‘rnini va mas’uliyatini oshirish hamda javobgarligini
kuchaytirish masalasidir. Haqiqatan ham, aksariyat ota-onalar o‘z farzandlarining
bilim olishlarida, davomatiga, tarbiyalanishida faqatgina ta’lim muassasasini yagona
javobgar deb biladilar. Vaholanki, farzandlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishlarida,
ularga ta’sirchan vosita sifatida ota-onaning o‘rni muhim. Shuning uchun xuddi ta’lim
sifati yuqori bo‘lgan qator rivojlangan davlatlarda bo‘lgani singari farzandlarining uy
vazifalarini bajarishlariga, o‘quv mashg‘ulotlaridagi davomatiga, ta’lim muassasasidagi
o‘zinini tutishi, jumladan, o‘qituvchilarga munosabatiga, kiyinishiga nisbatan ota-
onalarning o‘rnini va mas’uliyatini oshirish hamda qonunchilikda ularning javobgarligini
belgilash zarur.
Xulosa o‘rnida, yuqorida bildirilgan mulohazalar va takliflar uzluksiz ta’lim tizimini
rivojlantirishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |