Odinaxon JAMOLDINOVA,
O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi
a’zosi, p.f.d.
JAMIYATDA SOG‘LOM TURMUSH
MADANIYATINI SHAkLLANTIRISHNING
HUQUQIY ASOSLARI
I
nsonning sog‘lom turmush madaniyati uning jamiyatdagi ijtimoiylashuvi nati-
jasidir. Zero, jamiyatning sog‘lomligi har bir insonning yuqori darajada sog‘-
lom turmush madaniyatiga ega bo‘lishini taqozo etadi. agar jamiyatda mav-
jud barcha institutlar tomonidan inson ma’naviy va jismoniy salomatligini muhofaza
qilishga qaratilgan shart-sharoit yaratilsa, o‘sha jamiyatda yashayotgan har bir
insonning sog‘lom turmush madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sog‘lom turmush madaniyati deganda, ma’naviy, jismoniy sog‘lomlik haqida
tibbiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan holda
ularni kundalik hayotiy ehtiyojga aylantirib yashash hamda sog‘lom turmush kechirish
g‘oyasini targ‘ib qilish demakdir.
Sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish uchun avvalo, shaxs, oila, jamiyat har
tomonlama tayyor bo‘lmog‘i va jamiyatdagi sharoitlar talabiga javob bermog‘i lozimligi
ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan. Shunday ekan, jamiyatning eng faol qatlami
bo‘lgan yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzluksiz ta’lim tizimi,
Annotatsiya
16
Do'stlaringiz bilan baham: |